"Ipni ekonom qilamiz deb, to'rni teshigini katta katta qilib to'qishgan" - "Mashal" - "Qo'qon-1912" o'yinidagi gol haqida "Tvitter nima deydi?"
10 apr 2021 15:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630284_original.jpg)
![](/upload/storage/630284_220.jpg)
"Ipni ekonom qilamiz deb, to'rni teshigini katta katta qilib to'qishgan" - "Mashal" - "Qo'qon-1912" o'yinidagi gol haqida "Tvitter nima deydi?"
Muborakning "Mashal" jamoasi o'z maydonida "Qo'qon-1912" klubini qabul qildi. Uchrashuv 0:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi. O'yindagi birinchi gol darvozaning yon to'ri orqali darvoza kirib ketdi va ushbu holatni bosh hakam gol, deya hisobladi.
SHundan so'ng ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Tvitter tarmog'ida mazkur vaziyat turli fikrlar, sarkazmlarga sabab bo'ldi. Ulardan eng saralarini havola etamiz.
"No VAR, no party":
Uzbekistan Superleague
PFC Mashal - Kokand 1912
Ball goes through torn gate net and goal!
Mashal 0:1 Kokand 1912
No VAR, no party! pic.twitter.com/MsKBxECDLc
— Championat.asia English (@championatasia1) April 9, 2021
"No Neuer, no party":
UPD: No Neuer, no party! pic.twitter.com/HovNTJsoJD
— Championat.asia English (@championatasia1) April 9, 2021
Barak Obama (AQSHning 44-prezidenti) ham hayratda):
https://t.co/wl1khEsDGp pic.twitter.com/5gCnYGbyh8
— Abror Kodirov (@Abror_Kodirov) April 9, 2021
Hakam ham inson, u ham adashadi:
Hakamni ko‘rmay qolishi inson faktori, to‘rni tikib qo‘yishi kerak edi. https://t.co/FOCJnth8CE
— Farruxbek (@Vodiylik) April 9, 2021
"SHarmanda!"
SHarmanda! Muborakda yo'q gol hisoblandi! Teshik to'r!
— nemec (@begamovshakhboz) April 9, 2021
Hojiboy Tojiboev aytganidek "bir jahlim chiqadi, bir kulgim keladi":
Muborakda komediya. To'p darvoza yirtig'idan ichkariga kiribdi
— Olim Tolipov (@OlimTolipov) April 9, 2021
Sarkazmli tvit:
Mashal tarkibiga qora qora,duxi yo'q bolachalarni yig'vopti)Birortasi xakamni sakrab tepmadiya)..Bizi Farg'onada shunaqa qilig'i bor sudyalarni tepib, qovurg'asini sindirishardi))
— Ovchi (@ovchi_uz) April 9, 2021
Yon hakam "eng namunali yosh hakam bo'lgan":
Bugun eng namunali yon hakam deb taqdirlangan Serazitdinov ushbu mukofotga loyiqligini ajoyib tarzda isbotladi :-)
O'yindan avval yaxshiroq tekshirish kerak, teshiklarni... https://t.co/bx8KyneGpp pic.twitter.com/EUYyqoFfML
— nemec (@begamovshakhboz) April 9, 2021
SHunaqasi bo'lib turadimi?
SHunaqasi ham bo'b turadi.... Laynsmen Ruslan Serazetdinov setkani tekshirmagan. Mezbonlarni o'zida ham ayb bor. pic.twitter.com/gWNBEwl7s5
— Usmon (@Usmon_IX) April 9, 2021
Futbolchi o'sha lahzada qabul qilish mumkin bo'lgan yana bir qaror:
Masanal, "Qo'qon"ning zarba bergan futbolchisi hakamga borib gol bo'lmaganini aytsa qahramonga aylardi. Keyin o'nlab gol ursa ham tarixga kirolmasligi mumkin, lekin mard bo'lib kirish imkoni bor edi.
— Orif (@OrifTolipov) April 9, 2021
"Hakamaka"
"Mashal" va "Qo'qon 1912" o'yinidagi qovunni ko'rib, amaldorlarimiz qovun tushirish chellendjini tantanali ravishda futbol hakamlariga berganmikan deb o'ylab qoldim.
Kap-katta bobom tenggi hakam teshikni farqiga bormas ekan, har teshikdan kirgani gol bo'lavermaydida endi HAKAMAKA...
— Artikoff (@Artikov_Otabek) April 9, 2021
Siz shunday qilarmidingiz?
Agarda bugun Qo'qon-1912 futbolchilari nohaq goldan keyin uz darbozalariga yul ochib berishganda,Yil qaxramonlari bulishardi.Fair play nakd ularniki bulardi.Premiya kuchlilik qildi)
— Fakhriddin Isamukhamedov (@Fakhriddn) April 9, 2021
Uchrashuv komissari haqida:
Uchrashuv komissari degan avliyo bor, o'yinga borib faqat eb, mexmonxonada yashab kelish uchunmas, darvoza to'rlarini sifatliligini tekshirish, maydon chiziqlarini tekshirish va uchrashuvni tashkillashtirish uchun javobgar sanaladi. Mashal darvozasiga urilgan golda PFL oppoq bo'lib chiqyaptimi?
— Tolipov (@tolipov_o) April 9, 2021
Namanganlik muxlislarga murojaat:
Muborakda hakam darvozaning yirtiq to'ridan o'tib ketgan to'pni gol deb hisoblab yubordi. Xo'sh, hurmatli namanganlik ishqibozlar, aytinglarchi, Mashal muxlislari ham tv mashinasini toshbo'ron qilishi, IIB xodimlariga tashlanishi va prezidentga murojaat qilishi kerakmi?
— G‘ayrat Yo‘ldosh (@Gayrat_Yuldosh) April 9, 2021
PFL rahbarining telefon raqami haqida sarkazm:
Mashal muxlislari uchun kichik eloncha!
Agar qaysidir biringizga Diyor Imomxo'jaevni nomeri kerak bo'lsa murojaat qilinglar)))
— Navqiron (@Navqiron) April 9, 2021
Inovaciya?!
Ipni ekonom qilamiz deb, to'rni teshigini katta katta qilib to'qishgan. Juda ko'p muammolarning aybi ekonomika
— Herolion (@Aslanov_K) April 9, 2021
Hayrat!
Bu gol hisoblandimi
— Dildora Holbaeva (@dildoraholbaeva) April 9, 2021
Og'abek Samisov tayyorladi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar