So’nggi yangiliklar

12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  0 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  0 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  1 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  2 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  3 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  6 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4 07:26CAFA. Бугун Туркманистонга қарши майдонга тушамиз  20 02:00Санчо "Астон Вилла"га ўтди  2

Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Bugun g'alabaga biz ko'proq loyiq edik" Yangiliklar

Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Bugun g'alabaga biz ko'proq loyiq edik"

Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Koreya Respublikasi va Iordaniya o'rtasidagi o'yindan so'ng, iordaniyaliklar bosh murabbiyi Husayn Ammuta va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Yazan Al Naimat matbuot anjumanida qatnashdi.

- Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Yazan Al Naimatning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Juda ajoyib hislar og'ushidaman. Jamoamizni ushbu o'yin tayyorgarlik ko'rishiga yordam bergan barchaga rahmat.

- Janob murabbiy, o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday? Ikkinchi bo'limdagi xatolarga nima sabab bo'ldi?

- Xatolar qilish normal holat. O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Eng muhimi bugungi o'yinimiz juda yaxshi bo'ldi. O'ziga bo'lgan ishonch bugungi o'yinda jamoamizning eng kuchli nuqtasi bo'ldi. O'zgarishlar qilish normal holat. Tempni saqlab qolish uchun o'zgarishlarni amalga oshirdim. 

- Kecha Iroq, bugun Iordaniya hammani qoyil qoldirdi. Bu natijada muxlislarning o'rni qanday bo'ldi?

- Muxlislarga katta rahmat aytishimiz kerak. Albatta, ularning borligi futbolchilarga motivaciya beradi. Jamoadagi kayfiyat va ruh muhim hisoblanadi. Barcha arab jamoalariga shunday o'yin tilayman. Har bir terma jamoa o'ziga ishonishi kerak. Biz o'yinlarga ijobiy kayfiyatda tayyorlanamiz. O'yinchilar ham ruhan, ham jismonan o'yinga tayyor bo'lishlari kerak. Biz bugun durangdan ko'ra g'alabaga ko'proq munosib edik. 

- Yaponiyadan uchralgan 6:1 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin nimalardir o'rgandingizmi? Himoyamiz haqida ham gapirib o'tsangiz...

- O'rtoqlik o'yinlaridagi asosiy maqsad xatolarni bilib olish. Kuchliroq jamoalar sizning kamchiligingizni aniq ko'rsatib berishadi. Biz hali ham ko'p ish qilish kerak. Himoyadagi xatolarimiz borgan sari kamayib bormoqda. Hujum chizig'imiz yaxshilandi. Ikki o'yinda oltita gol urdik. 

- Bugun jamoaning uchta o'yinchisi sariq kartochka oldi. Bahraynga qarshi o'yinda bu qanchalik tasir o'tkazadi?

- Sariq kartochkalar natijaga erishish uchun olinadi. Gol o'tkazib yuborish yoki mag'lubiyatga uchrashdan ko'ra kartochka olgan ancha afzal. Men sariq kartochkalar hisob-kitobini olib bormayman. Sariq kartochka yoki qizil kartochka qoniqarli natija oldida hech narsa emas.

- Bugun jamoa zo'r o'yin ko'rsatdi. Bu darajaga kelish oson bo'lmagani aniq. Jamoaning tayyorgarligi haqida nimalar deya olasiz?

- Yolg'on gapirmayman, mening vazifam jamoamni himoya qilish, ammo tayyorgarlik bosqichimiz juda qiyin bo'ldi. Biz o'zimizda bor imkoniyatlardan kelib chiqib tayyorgarlik ko'ryaapmiz. Bir yarim oy oldin bu natijani tasavvur qilish qiyin edi. Biroq, biz shu darajaga keldik va hozirgi o'yinni ko'rsatyapmiz. Keyingi o'yinlarda bundanda yaxshi harakat qilamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика