So’nggi yangiliklar

20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  1 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  57 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  6 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  1 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  11 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  2 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Iordaniya murabbiyi: Biz Urugvaydan ko'p narsa o'rganishimiz kerak Yangiliklar

Iordaniya murabbiyi: Biz Urugvaydan ko'p narsa o'rganishimiz kerak

Kecha Iordaniya terma jamoasi JCH-2014 pley-off bosqichining birinchi uchrashuvida Urugvaydan 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida iordanlar ustozi Hossam Hassan jamoasi Urugvaydan ko'p narsa o'rganishi kerakligi haqida gapirdi.

“Men yakuniy natijadan juda xafaman, - dedi misrlik murabbiy. – Ammo shu o'rinda shogirdlarimning mana shunday qiyin bellashuvda oxirigacha to'p surishganini ham takidlab o'tishim kerak. Bugungi yirik mag'lubiyatda aybni to'liq o'z zimmamga olaman. SHogirdlarimning hech biri to'g'risida tanqidiy fikr bildirmoqchi emasman. Urugvay – jahon miqyosidagi jamoa va ulardan ko'p narsani o'rgansak arziydi”.

“Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, lekin to'p kirita olmadik. Qolaversa, himoyalanishda xatolarga yo'l qo'ydik. O'z maydonimizda muxlislarni xursand qilishni maqsad qilgandik, ammo buni uddalay olmadik. Sizga aytsam, Avstraliya, J.Koreya, Yaponiya singari Osiyoning eng kuchli jamoalari ham yirik hisoblarda mag'lub bo'lishgan va eng muhimi, ular mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqara olishgan. Biz ham rivojlanish uchun mana shu yo'lni tanlashimiz lozim.”

“Aytib o'tganimdek, yirik mag'lubiyatda hech bir shogirdimni ayblay olmayman. CHunki o'yinchilarning aksariyati bunday kuchli raqibga qarshi birinchi bor maydonga tushishdi. O'ylaymanki, yakuniy hisob o'yinga mos emas, sababi raqib bizni himoyaga qamab qo'ygani yo'q. SHogirdlarim qo'ldan kelgancha harakat qilishdi, ammo raqib safida mohir futbolchilarning ko'pligi Urugvayning g'alabasiga xizmat qildi”.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика