So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Iordaniya bosh murabbiyi: "Bugungi g'alaba barcha iordaniyaliklarga sovg'a" Yangiliklar

Iordaniya bosh murabbiyi: "Bugungi g'alaba barcha iordaniyaliklarga sovg'a"

U-20 Osiyo chempionati 1-turi doirasida Tojikiston termasiga qarshi o'yindan keyin Iordaniya bosh murabbiyi Islom Jamil al-Diabat hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sief Darvesh o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida qisqacha fikr bildirsangiz?

Islom Jamil al-Diabat: - Men yigitlarim bilan juda faxrlanaman, 97 daqiqa kurashdik, lekin yaratganga shukr g'alaba qozondik. Biz taktika yoki mahorat sabab g'olib bo'ldik deb o'ylamayman, bizda katta xohish bor edi, chunki biz Iordaniya sharafini himoya qilayapmiz va bugungi g'alaba barcha iordaniyaliklarga sovg'a.

- Yigitlar yosh va har doim ham o'z emociyalarini o'shlab tura olishmaydi va ayniqsa bir kishi kam bo'lib qolganda, qizil kartochkadan so'ng jamoa o'zini yoqotib qo'ymadi va uslub dan chiqmagan holda g'alaba qozondi. Bunga sabab nima?

Islom Jamil al-Diabat: - Bizning yigitlar Eron bilan bo'lgan nazorat uchrashuvida ham shunday holatga tushishgandi, lekin yigitlar o'zini yoqotishmadi va yaxshi o'yin namoyish etishdi va shu sabab men ularning mexnatiga katta baho beraman va ulardan fahrlanaman. Agar yaratgan zot bugun bizning g'alaba qozonishimizni istamaganida, xech nima bo'lmasdi va biz g'alaba qozona olmas edik

- Janubiy Koreya ham bugun g'alaba qozondi va keyingi uchrashuv Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi, keyingi raqib haqida fikrlaringizni aytib o'tsangiz?

Islom Jamil al-Diabat: - Janubiy Koreyani kuchli raqib, lekin bugungi o'yin bizning bizning uslubimiz emas, biz pressing va xujum qilib o'ynaymiz. Bugun qizil kartochka tufayli, o'zimizning uslubimizda o'ynay olmadik, umid qilamanki Koreyaga qarshi o'z o'yinimizni namoyish etamiz.

- O'yin haqida fikringiz?

Sief Darvesh: - Hudoga shukur, bugun g'alaba qozondik, uchrashuvdagi eng yaxshi o'yinchi bo'lganimdan xursandman va bugungi g'alabani halkimizga bag'ishlayman. Jamoadoshlarimga ham minnatdorchilik bildiraman, qizil kartochkadan so'ng, jamoaviy o'yin namoyish etdik va g'alaba qozondik.

- 10 kishi bo'lib o'ynaganingizga qarmay juda ko'p golli vaziyatlar yaratildi, nega qolgan vaziyatlardan foydalana olmadingiz?

Sief Darvesh: - Bunga sabab bizning jismoniy holatimiz deb o'ylayman chunki, o'yin boshidanoq 10 kishi bo'lib o'ynadik va o'yin so'ngida charchab qolgan edik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика