Inzagi: "Mavsum startiga qadar "Inter" yuqori holatda bo'ladi"
18 iyu 2021 17:57
Yangiliklar
Inzagi: "Mavsum startiga qadar "Inter" yuqori holatda bo'ladi"
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Lugano mintaqasi kubogida "Lugano" (2:2, pen. ser. 6:5) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Bu o'rtoqlik o'yini og'ir o'tishini bilardim. SHuning uchun yigitlar o'yinga jiddiy qarashdi. Ikki to'p farqi bilan mag'lub bo'layotgan vaqtimizda ham taslim bo'lmadik. Oxirigacha kurashganimizdan xursandman.
Sekinlik bilan tarkibga qaytayotgan futbolchilarni jamoaga qo'shamiz. Ayni damda Stefan de Vrey va Marselo Brozovich bu yo'lda ishlamoqda. 22 avgustga qadar eng yuqori jismoniy holatda bo'lamiz", - dedi Inzagi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar