So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  3 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  7 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  1 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  1 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  1 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  25 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13

Intervyu. Youtube.com'da 7 milliondan ortiq tomosha, Osiyo chempionatida gol urgan o'zbekistonlik darvozabon bilan suhbat Yangiliklar

Intervyu. Youtube.com'da 7 milliondan ortiq tomosha, Osiyo chempionatida gol urgan o'zbekistonlik darvozabon bilan suhbat

Jahon miqyosida hujumchilardan kam bo'lmagan holda goleadorlik hislatlarini namoyish qilgan darvozabonlarga ko'p bor guvoh bo'lganmiz.

Xose Luis CHelavert, Rojerio Seni va boshqalar. Suhbatdoshimiz yosh va iqtidorli posbon Jasur Umrzoqov ham darvoza chizig'ida harakat qilsada ayrim hollarda gol urib jamoadoshlariga yordam berishga intiladi. Uning ayniqsa, 2016 yil Hindistondagi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida KXDR darvozasigi kiritgan to'pi bir necha yildirki ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinadi. Yodingizda bo'lsa, mazkur bahsdan so'ng bir qator mojarolar kelib chiqqandi. Biz bu borada futbolchi bilan suhbatlashib bir qator savollar bilan yuzlandik.

- Jasurbek, bilamiz ommaga va muxlislarga Goadagi qita chempionati orqali tanilgansiz. SHunday bo'lsada, millionlar o'yiniga kirib kelishingiz va ilk qadamlaringiz, birinchi murabbiyingiz haqidagi malumotlar sizni bilmaganlar uchun qiziq bo'lishi tabiiy...

- Futbol sport turiga mehr qo'yishimga va unga qiziqshimga otamni sababchi qilib ko'rsatishim mumkin. Qo'qonda joylashgan futbol maktabiga borganimda meni Narimon Asanov qo'l ostiga olgan va futbol alifbosidan dars bergan. Mana necha yildirki hali ham maslahatlarini ayamaydilar. Birinchi qadamni aynan Narimon akaning ustozligida tashladim.

- “Bunyodkor”ga kelishingiz tarixi kimga yoki nimaga bog'liq? Aksariyat hollarda murabbiylar selekciya orqali futbolchilarni poytaxtga olib kelishadi...

- Mahalliy “Spartak” jamoasi bilan Toshkentga o'rtoqlik uchrashuviga kelganmiz. Bir nechta o'yinlarda ishtirok etganmiz. Ortga uyimga qaytganimdan so'ng yani to'rt, besh kun o'tib yurtimizdagi taniqli yoshlar murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev otamga telefon qilib poytaxtga o'quv-mashg'ulot yig'iniga taklif qilgan. Sinovdan o'tganimdan so'ng meni “Bunyodkor” akademiyasiga qabul qilishgan. Ochig'i, bu ish oson bitmagan.

- Darhaqiqat, Otabek G'ulomxo'jaev ko'plab futbolchilarni tarbiyalagan, katta futbolchi bo'lib etishishida katta hissa qo'shgan...

- Ushbu murabbiy menga otamdek ulug' desam yanglishmayman. Ular bilan birga ishlash katta baht edi men uchun. Aytganingizdek, professional futbolga kirib kelishimda Otabek akaning xizmatlari beqiyos. Kelajakda yana ustozim bilan birga ishlash nasib qiladi deb o'ylayman.



- Endi bevosita Hindistonning Goa shtati mezbonlik qilgan Osiyo chempionati haqida to'xtalsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Siz uchun o'ziga xos ahamiyatga ega musobaqadan qanday xotiralar qolgan?

- Turnir men uchun esda qolarli lahzalarni taqdim qilgan. Guruhda mag'lubiyatsiz seriya qayd etdik. Ammo, xalqimiz uchun eng zarur va kerakli uchrashuvda Iroqqa mag'lub bo'ldik. O'sha kuni qattiq hafa bo'lib kayfiyatim tushib ketgandi. Na iloj mag'lubiyat futbolning bir qismi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqardim. Omadimiz kelmagandi o'sha kuni.

- Guruh g'olibligini beruvchi uchinchi turda KXDRga qarshi uchrashuvda darvozadan darvozaga gol urdingiz. Odatda, bu kam uchradigan holat sanaladi. Xo'sh to'p kiritdingiz va terma jamoamiz 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Haqiqiy mojaro esa keyin yuzaga chiqdi. KXDR keyingi bosqichda osonroq raqibga tushish uchun ularning o'zi o'yinni O'zbekistonga berdi. Bu erda O'zbekistonning hech qanday aloqasi yo'q. Koreyalik darvozabon qaytarsa bo'ladigan va etib oladigan to'pni atayin yiqilib o'tkazib yubordi. Oradan malum vaqt o'tgach OFK mutasaddilari buni sezgan holda KXDRni barcha turnirlardan chetlatdi. O'zingiz ko'rgan vaziyatga batafsil izoh bera olasizmi? SHaxsan o'yin davomida yoki takroran ko'rganda, epizodlarda, urilgan gollarda raqibning ataylab yutqazib bergani sezildimi?

- KXDR bilan yaxshi o'yin o'tkazganmiz. Biz shunchaki oldimizga qo'yilgan vazifani bajarganmiz, xolos. Guruhda yuz foizli natija qayd etishni istaganmiz. Raqib chorak finalda kuchsiz terma jamoa bilan o'ynadi degan gapingizga qo'shilmayman. Negaki, ular Ummonga qarshi o'yinning 84-daqiqasida darvozalaridan to'p olib chiqqan. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda hujumga o'tib ikkita gol urishgan va g'alabani nishonlashgan. Koreyaliklar bilan bellashuv kelishilgan degan fikrga qo'shilmayman. Hamma o'z vazifasini qilgan. Golimga keladigan bo'lsak, tasodifmi yoki haqiqatdan shunday bo'lganligini o'zim ham hiligacha bilmayman. Hali hamon jumboq bo'lib qolmoqda. Keyinchalik golimni takroran yana ko'rib chiqdim. Balki, raqib posbonining yiqilib tushishiga kuchli yomg'ir sabab bo'lgandir. OFKning qarorini esa muhokama qilmayman.


Ushbu gol youtube.com video xostingida 7 million martadan ziyodroq ko'rilgan. 




- Bu hozirgacha faoliyatizdagi urgan yagona gol bo'lib turibdimi yoki klubda ham amalga oshirib ko'rdingizmi?

- “Bunyodkor”da huddi shunaqa emas balki, burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng boshim bilan gol urganman. Menimcha, barcha eslasa kerak.

- Temur Olimxo'jaev ustozlik qilgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichida chiroyli o'yin ko'rsatgandi. Garchi, Jahon chempionatiga chiqa olmagan bo'lsakda, Oston Urunov, Asadbek Sobirjonov, Rasul Yuldashev kabi futbolchilar bugunga kelib katta futbolda o'zlarini ko'rsatishmoqda. Sizga bu borada nima to'sqinlik qildi. Raqobatmi yoki...
- Klubda raqobat kuchli. O'sishda va o'z ustimda ishlashda davom etaman. Orzularim va maqsadlarim katta. Ko'proq ishlashga va o'rganishga harakat qilaman.

- “Bunyodkor” o'rinbosarlariga Viktor Karpenko ustozlik qilmoqda. Karpenko tarixda kuchli yarim himoyachilardan biri bo'lganligini yana takidlashga hojat yo'q. Murabbiy sifatida falsafasi va uslubi, talablari qanday ekan?

- Viktor Karpenko professional inson va murabbiy. Uning uchun futbolchining jamoadagi o'rni birinchi o'rinda turadi. Mashg'ulotlar va o'yinlardan oldin turli qiziqarli videolar orqali nazariy mashg'ulotlarni o'tadi. Barcha ishlarni yuqori saviyada tashkil qiladi. Klubning yoshlar jamoasida haqiqiy o'z ishining ustalari jamlangan.

- SHu paytga qadar ko'plab darvozabonlar jamoada o'ynadi va muxlislar qalbidan joy oldi. Ignatiy Nesterov, Pavel Bugalo, Murod Zuhurov, Akbar To'raev va hokazo. Ulardan qaysi birining harakatlariga havas qilgansiz va kuchli deb o'ylaysiz?

- Bugalo va Zuhurov bilan birga mashg'ulotlarda qatnashganman. Men uchun doimiy ravishda Pavel Bugalo birinchi raqamli posbon bo'lib qoladi. Nesterov va qolganlar keyingi o'rinda.

- Jamoa mag'lubiyatni qabul qilib olsa birinchi bo'lib tana toshlari darvozabonlarga otiladi. Siz hali yosh futbolchi hisoblanasiz. Bosim va tanqidlarga o'zingizni tayyorlab boryapsizmi?

- Albatta. Ishqibozlarning tanqidlariga va bosimiga bolaligimdan o'rganib borganman. Menimcha, bunga normal holat sifatida qarash kerak.

- Karantin davrida sport formangizni ushlab turish uchun qanday usullardan foydalanyapsiz?

- Erta tongda engil mashqlarni bajaryapman. 3-4 kilometr yuguryapman. Murabbiyimiz Marat Galimov tuzib bergan reja va dastur asosida shug'ullanmoqdaman.



- Siz uchun O'zbekiston chempionatida o'ynagan eng kuchli xorijlik kiper...

- Milan Mitrovich.

- Eng katta olgan maoshingiz...

- 880 ming so'm.

- Olimpiya terma jamoasi bilan Olimpiyadada qatnashish yoki milliy terma jamoa bilan Jahon chempionatiga borish...

- Eng oliy maqsadim O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan mundialda qatnashish.

- Penaltilar seriyasida qaysi futbolchiga qarshi o'ynagan bo'lardingiz?

- Yurtimizdagi penaltilar qiroli Murod Holmuhammedovga qarshi darvozada turgan bo'lardim.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика