So’nggi yangiliklar

10:08Терма жамоамиз етакчиси фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 09:41Ҳусанов жамоаси ҳужумдаги рақобатни кучайтириш мақсадида «Интер»дан ҳужумчи олди  0 09:15Вилоят ҳокими «Насаф» жамоаси аъзолари билан учрашди  4 08:47«Ўзимизга муаммо яратиб, қаҳрамонларча ғалаба қозондик». Вадим Абрамов Олмалиқдаги ғалаба ва қизил карточка вазияти ҳақида  1 08:22Ўткир Юсупов "Фулад"даги дастлабки икки ўйинида Эронда ҳеч ким қила олмаган ишни бажарди  10 07:50Суперлига. Бугун охирги учрашувларида ғалабасиз кетаётган жамоалар ўзаро баҳс олиб боради  4 07:21ЎзФҲМ томонидан ушбу вазиятда «Динамо» посбонига нима сабабдан қизил карточка кўрсатилгани тушунтириб берилди  0 07:10Лига 1. ПСЖ - "Монпелье", ПСЖ рақиб ҳимоясини тешиб ташлади  1 02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  1 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  0 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  4 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3

Intervyu. Timur Kapadze Kuper haqidagi o'z fikrlarini ochiqchasiga aytib o'tdi Yangiliklar

Intervyu. Timur Kapadze Kuper haqidagi o'z fikrlarini ochiqchasiga aytib o'tdi

Farg'ona viloyati “Hokim kubogi” “V” guruhi 2-tur doirasida o'tkazilgan “Cementchi” – “Lokomotiv U-21” uchrashuvidan so'ng toshkentliklar bosh murabbiyi Timur Kapadze saytimizga intervyu berdi.


Milliy terma jamoa bizning, xalqimizning yuzi hisoblanadi. Biz har doim va har qachon terma jamoa manfaatlari uchun ishlashga tayyormiz. O'zim milliy terma jamoa safida ko'plab uchrashuvlar o'tkazganman, ko'p ter to'kkanman. Milliy terma jamoa men uchun eng yuqori darajada turuvchi eng asosiy va eng muhim hisoblanadi,  milliy terma jamoa safida maydonga tushdingmi, hamma narsani unutib maydonda boringni berishing kerak. Milliy terma jamoasi safida 119ta uchrashuvda maydonga tushganman, yaxshimi yomonmi, maydonda borimni berib harakat qilganman. Har qanday jamoada bosh murabbiy bo'lib yurishning o'ziga yarasha masuliyati bor, yordamchi murabbiy bo'lib yurish bilan bosh murabbiy bo'lishning katta farqi bor.

O'z navbatida milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo'lish – bu juda ulkan sharaf va juda katta masuliyat hisoblanadi. Bilasizmi, bunda voqealar rivoji qanday shakllanishiga bog'liq. SHunday bo'lishi mumkinki, murabbiylik faoliyatingni boshlamasdan turib yakunlash ham mumkin. Milliy terma jamoa murabbiyligiga taklif etilganimda ko'pchilik mutaxassislar “o'ylab ish qilayapsanmi, kerak bo'lsa faoliyatingni boshlamasdan tugatishing mumkin” kabi fikrlarni aytib o'tishdi. Ayrimlar esa bu borada qo'llab-quvvatlashdi. Men uchun milliy terma jamoaga taklif kutilmagan edi. Aslida klubda yordamchi murabbiy bo'lib ishlab, keyinroq o'zimning alohida jamoamni shakllantirish va futbolchilik faoliyatim davomida to'plagan tajribalarimga asoslangan nazariyalarimni shogirdlarimga o'rgatmoqchi edim, o'zimning murabbiylar shtabimni tashkil etmoqchi edim, takror aytaman, men milliy terma jamoa bosh murabbiyligini eng yuqori daraja deb hisoblayman.



Terma jamoaga murabbiy sifatida kelganimda mening murabbiylar shtabim, o'zimning murabbiylik bo'yicha rejam yo'q edi. SHu sabab menda katta xavotir bor edi. Bundan tashqari milliy terma jamoamizga raqib sifatida tanlangan jamoalarning darajasi yuqori edi. Ko'plab futbolchilari Evropada to'p tepadigan Senegal, Urugvay davlatlari bilan men kabi murabbiylik faoliyatini endi boshlayotgan inson bilan juda qiyin edi. O'FA rahbariyati terma jamoada birinchi kunim emasligini, menga barcha sharoitlarni yaratib berishlarini aytishdi. Haqiqatdan ham milliy terma jamoani yaxshi bilaman, bu tomonidan xavotir yo'q edi. Lekin murabbiylik borasidachi? SHunisi meni o'ylantirayotgan edi. Rahbariyatning shu kabi fikrlari, ishonchini ko'rib turib ortga yo'lim qolmaganligini tushundim va ularning taklifini qabul qildim. O'sha kunlarda mendagi hissiyotlar qanday kechganligini o'zim bilaman, uchrashuvlargacha vaqt oz edi. Darhol variantlarni ko'rib chiqib murabbiylar shtabini shakllantirdik, milliy terma jamoamiz safida to'p tepgan va ayni damda xorijda o'ynayotgan futbolchilar bilan telefon orqali bog'landim, ularning terma jamoaga bo'lgan munosabatini so'radim, kutganimdek ular milliy terma jamoa uchun borlarini berib harakat qilishlarini, har doim tayyor ekanliklarini aytib o'tishdi. Ularning ko'pchiligi bilan birga o'ynaganman, ular meni murabbiy sifatida qanday qabul qilishi bo'yicha xavotirim bor edi.

Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov va boshqa futbolchilar meni qo'llab-quvvatlashdi. Birinchi navbatda barcha futbolchilarga tushuntirdim, biz jahon chempionatiga chiqmadik, lekin mana rahbariyat Jahon chempionatida o'ynaydigan terma jamoalar bilan uchrashuvlar tashkil etib berayapti, biz jahon chempionatining bir guruhidamiz deb hisoblaylik va bu jamoalar bilan o'ynab ko'raylik deb. Meni oldimda qo'yilgan vazifalardan biri futbolchilardagi xotirjamlik kayfiyatini uyg'otish, bu kabi kuchli jamoalarga qarshi o'zimizning taktikamizni shakllantirish edi. Agar biz o'z uslubmizga ega bo'lmasak sodda qilib aytganda futbol o'ynamasak, bu jamoalar bizni yirik hisobda yutib qo'yishi tayin edi. CHunki ularning barchasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan va deyarli tayyor holatdagi jamoalar edi. SHu kabi omillarni hisobga olgan xolda bir oy davomida juda ko'p ishladim, mutaxassislar bilan gaplashdim, o'z fikrlarimni aytdim. Har bir mutaxassisni aytdim. Har bir mutaxassisning o'z dunyoqarashi bor, men ular bilan gaplashganimda turlicha qarashlarni ko'rdim. Mana shu 4 ta jamoa bilan 4 xil tarkibda o'ynadik. Mana Senegal va Marokash terma jamoalari bilan bo'lgan uchrashuvlarni oladigan bo'lsak, Toshkentda yig'ildik, ular bilan uchrashuv o'tkazish uchun jo'nab ketdik, deyarli ikki kun davomida yo'lda bo'ldik, keyin mashg'ulotlar o'tkazdik. Marokash va Senegalga qarshi maydonga tushdik, shu ikki o'yinning o'zida bizda ikki xil tarkib o'ynadi. Bir uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilar ikkinchi o'yinda ham o'ynaganda, xato va kamchiliklari bo'lmasmidi? CHunki futbolchining o'zi ham, murabbiy ham uchrashuvlarga qarab xulosa chiqarishi mumkin.      

O'ylaymanki, jamoa azolari men tanlagan uslubda va o'yindan oldin berilgan vazifalarga amal qilib o'ynashdi. Murabbiylik sohasidagi ilk o'yinimda yutqazmadik, buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Dastlab biz g'alaba qozonayotgan edik, keyinroq xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Har bir uchrashuvda futbolchilar raqibdan cho'chimasdan o'ynashdi, bu bizga kerakli bo'lgan eng muhim narsa edi. Bizning futbolchilarda to'p bilan munosabati yaxshi, ularda bu bo'yicha qobiliyat bor. SHu sabab men ularning kuchli tomonlariga etibor qaratishga harakat qildim. SHuningdek jamoamizning himoya, yarim himoya va hujumda qanday o'ynashi bo'yicha ko'p ishladik.

Toshkentga qaytganimizdan so'ng oldimizda Eron bilan uchrashuv bor edi. Rahbariyat tomonidan ushbu o'yinga terma jamoa kelajagi bo'lgan yoshlarni olib borish va tarkibni shakllantirish vazifasi qo'yildi. Bu o'yinga ham kam fursat qolganda yig'ildik, bir yarim kun davomida yo'l yurdik, mashg'ulot o'tkazishga yana shuncha muddat vaqtimiz bor edi. Darxol mashg'ulotlar o'tkazdik, bunda ham futbolchilarni kuchli tomonlariga etibor qaratdim, ulardagi hayajon orqali yuzaga keladigan qo'rquvni engishlariga yordam berishmiz arur edi. Eron bilan uchrashuvga borganimizda, dastlab ular yosh tarkib bilan kelganimizga ranjishdi. Lekin o'yindan keyingi matbuot anjumanida ular bizga yaxshi uchrashuv o'tkazganligimizni, Eron terma jamoasining kamchiliklarini ko'rsatib bera olganligimizni takidlashdi.

Umuman olganda bu fikrlardan xulosa qilish mumkinki, ko'z tegmasin, xudo xohlasa milliy terma jamoamizning kelajagi porloq bo'ladi. Undan keyin oldimizda kuchli raqib Urugvay terma jamoasi bilan uchrashuv bor edi. Bilasizmi, bizni uzoq yo'l yurishimiz lozimligi va moslashish uchun kamida 4-5 kun vaqt ketishini aytganimda, rahbariyat chempionatimizdagi tur uchrashuvlar sanasiga o'zgartirish kiritib, bizga sharoit yaratib berdi, buning uchun ularga rahmat. Urugvay bilan borib o'ynadik, futbolchilarmiz o'sha mashhur  Suares, Kavani kabi yulduzlarga qarshi to'p tepishdi, meni xursand qiladigan jihati garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, yigitlar raqibdan cho'chimasdan munosib o'ynashga harakat qilishida, xattoki ayrim vaziyatlarda ularni to'psiz qoldira olishdi, raqib darvozasiga zarbalar berishdi. Xulosa qilish mumkinki, agar yaxshi tayyorgarlik bo'lsa, jamoaviy o'yinni shakllantira olsak, bizning yigitlar har qanday raqibga qarshi o'ynar olar ekan.




Milliy terma jamoamizning Osiyo kubogidagi ishtiroki haqida o'z munosabatimni aytib o'tadigan bo'lsam, bu musobaqada bizning yigitlar o'zlarini bor mahoratlarini ko'rsatib bera olishmadi. To'g'ri Eldor SHomurodovning ko'rsatgan o'yinlari muxlislarda yaxshi taasurot qoldirdi. Odil Ahmedov, Javohir Siddiqov, Jaloliddin Masharipov, Ikrom Aliboev kabi futbolchilar o'z darajalarida o'ynashlari uchun o'yinlarga tanlangan taktika bir oz to'g'ri kelmadi. Biz bilamizku, bu futbolchilarning imkoniyatlari qay darajada ekanligini? Futbolchilar murabbiy tomonidan berilgan vazifani bajarishdi, bu borada ularni ayblash noto'g'ri bo'lardi.  Lekin umuman olganda Ektor Kuper yomon jamoa shakllantirmaganligi ko'rinib turibdi. Hozir unga tegish kerak emas, o'zi xorijdan murabbiy olib kelishni qancha orziqib kutdik, endi unga hozir javob bersak, o'rniga kimni olib kelamiz? Tayyor variant bormi bizda? Hozir shunaqa vaziyat hukmronki, ayrimlar Kuperni qolishini, ayrimlar esa ketishini istashmoqda.

To'g'risini aytaman, Osiyo kubogida jamoamiz har bir o'yinda har-xil o'yin ko'rsatdi. Bu o'yinlar bilan hozir Ektor Kuperga nisbatan xulosa qilish qiyin. Bizda chempionatdan oldin o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etmaganligimiz uchun xavotir bor edi, hamma birinchi o'yinni intiqlik bilan kutdi, chunki nima bo'lishini hech kim bilmas edi, ikkilanishlar ko'p edi. Ochig'i agar o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilganda, Kuper SHomurodovni birinchi o'yinning o'zdayoq asosiy tarkibda tushirgan bo'lardi. Ko'p xulosani terma jamoamiz bosh murabbiyi Ummon bilan o'yindan keyin qildi. Men oldinroq ham shu gapni OAVda aytgan edim. SHuningdek, Ektor Kuper tomonidan qo'llanilayotgan himoyaviy o'yin taktikasiga ham etiroz bildirgan edim. CHunki himoyaviy o'yin bizning futbolchilarimizning kuchli tomonlari emas. Futbolchi klubda boshqacha o'ynaydi, terma jamoada esa butunlay boshqacha o'ynaydi. Keyinroq terma jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etayogan futbolchilar bilan gaplashganimda, Ektor Kuper boshqacha taktikalarni sinovdan o'tkazayotganligini, xujumkor o'yin tashkil etishga ham futbolchilarni tayyorlayotganligini eshitib bundan juda xursand bo'ldim. Osiyo kubogi orqali terma jamoamiz bosh murabbiyi kuchli va kuchsiz tomonlarimizni, xato va kamchiliklarimizni ko'rib oldi deb o'ylayman.

Mutaxassis sifatida aytadigan bo'lsam, Kuper olib borayotgan o'yinlar bo'yicha savollar ko'p, tarkibga mahalliy mutaxassis jalb etmaganligi kabi masalalarda etirozlar bor, chunki mahalliy mutaxassis bizning yigitlarni yaxshi biladi, mayli Kuperga biron narsa o'rgatmasin, taklif bermasin, uning ishiga aralashmasin,  lekin o'rgansin, Kuper kuni kelib ketganda, bizda tayyor variant bo'ladi. Ummon bilan o'yinda boshqacha, Turkmaniston bilan o'yinda boshqacha, Yaponiya va Avstraliya bilan o'yinlar boshqacha tarzda kechdi. Oxirgi o'yinimiz bo'yicha meni etirozim bor, chunki bizni yarim himoyamiz charchab qoldi, zaxiradan futbolchilarni ertaroq tushirish kerak edi. Biz terma jamoamiz yutsa maqtaymiz, yutqazsa qiynalamiz, etiroz qilamiz, bu tabiiy, chunki biz milliy terma jamoamizni sevamiz. Meni fikrimcha, Kuper Osiyo Kubogini qurbon qildi, o'z uslublarini aynan shu chempionatda sinovdan o'tkazdi. Osiyo chempionati oldidan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilmaganligi bu bzning xatomiz bo'ldi, chunki Kuper birinchi o'yinda optimal tarkibni tanlashda ikkilanishga majbur bo'ldi.                

Lekin yana takror aytaman hozir Kuperni bo'shatishning vaqti emas, hali yana o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi, o'yinlar bo'ladi, keyinroq xulosa chiqarish mumkin. Kim murabbiy bo'lishidan qatiy nazar biz Jahon chempionatiga chiqsak bo'ldi, biz shuni istaymiz.  

Bekzod Toliboev yozib oldi

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика