So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  13 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  9 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   24 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

Intervyu. Son Xyong Min: "Futboldan rohat olyapman" Yangiliklar

Intervyu. Son Xyong Min: "Futboldan rohat olyapman"

JCH-2002 Koreya va Yaponiyada o'tkazilgan payt Son Xyong Min 10 yoshda edi. O'sha mundialda koreyslar o'ziga xos sensaciya ko'rsatib Italiya va Ispaniyani musobaqadan chiqarib yuborishgandi.

Oradan yillar o'tdi. Xong Myung Bo, An CHjun Xvan, Seul Ki Xyun, Park Ji Sung kabi futbolchilar millionlar o'yini bilan xayrlashishdi. So'ngra yosh avlod etishib chiqdi. Son Xyong Min shular jumlasidan. Yaqinda "Tottenxem" yulduzi FIFA saytiga intervyu berib, bir qator savollarga javob qaytardi.

- 16 yil oldin o'z Vataningizda bo'lib o'tgan jahon chempionatidan qanday xotiralar qolgan?
- Albatta, yaxshi xotiralar. Men o'yinlarni televizor orqali ko'rgandim, Ispaniyaga qarshi penaltilar seriyasi hamon yodimda. 

- Eng esda qolgan voqea?
- Italiya bilan Ispaniyani chiqarib yuborganimizni bilaman. Lekin alohida bir voqea yodimda qolmagan. Men uchun JCH-2002 boshidan oxirigacha fantastik darajada bo'lgan.

- Qaysi futbolchiga havas qilgansiz?
- Bizda yaxshi o'yinchilar doim ko'p bo'lgan, lekin mening kumirim - Park Ji Sung. Yoshligimda Angliya chempionati bahslarini televizorda kuzatardim. Park Ji Sung "Manchester Yunayted"da o'ynardi. U ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. U hamon mening eng sevimli futbolchim. 

- Keyinchalik u bilan birga o'ynash nasib etdi, to'g'rimi?
- Bu juda ajoyib bo'lgandi. 2011 yil Qatarda o'tkazilgan Osiyo Kubogida yoqtirgan futbolchim bilan birga o'ynaganman. O'shanda 18 yosh edim. Undan ko'p narsalarni o'rgansa bo'ladi. Men uni doim kuzatardim: mashg'ulotda qanday ishlaydi, nima eydi, nima ichadi. Biz hatto bir xonada istiqomat qilganmiz. Lekin unga gapirishga uyalardim, shu bois doim jim turardim. 

- 2014 yilgi jahon chempionati siz uchun birinchi mundial bo'ldi. Hissiyotlar bilan o'rtoqlashsangiz?
- Jahon chempionatida ishtirok etish men uchun nihoyatda quvonchli voqea bo'lgandi. Barcha futbolchilar mundialga borish uchun to'rt yil kutishadi. Menda ham shunday bo'lgan. Braziliyadagi mundial men uchun alohida esda qolarli bo'ldi. Bizda yosh futbolchilar ko'p edi, oradan yana to'rt yil o'tdi, hammamiz ulg'aydik va yanada ko'proq tajriba to'pladik.

- JCH-2018da Koreya terma jamoasi SHveciya, Meksika, Germaniya bilan bir guruhdan joy oldi. Imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Juda qiyin guruh. Umuman, musobaqada oson guruhning o'zi yo'q. SHveciya bizdan kuchli, Meksika Germaniyadan kuchli, xullasi hamma kuchli. Lekin biz ham yutish uchun maydonga chiqamiz. Futbolda hech kim yutqazishni xohlamaydi. Agar ruhiy tomonlama tayyor bo'lsak, nimadir qilishimizga ishonaman. 

- Janubiy Koreyaning asosiy maqsadi guruhdan chiqishmi?
- Albatta. Lekin futbol "ha" yoki "yo'q" degan so'zdan iborat emas. Menimcha, biz guruhdan chiqa olamiz. Men o'z Vatanim va jamoadoshlarim bilan faxrlanaman. 

- "Tottenxem"dagi faoliyatingiz qanday ketyapti?
- Bir so'z bilan aytganda futboldan zavq olyapman. Men bir umr Angliyada o'ynashni orzu qilganman. Ishonasizmi, hozir ham bu xuddi tushga o'xshaydi. Menga London yoqadi. Bu dunyodagi eng katta shahar. Menga mashg'ulotlarga borish, shahar aylanish, safar uchrashuvlariga yo'l olish, xullas hamma-hammasi yoqadi. 

- Premer-ligada o'ynash sizga qanchalik yordam beradi?
- Men ham jismoniy, ham ruhiy tomonlama o'sdim. O'yin uslubim ancha o'zgardi. Buning uchun murabbiylarga katta rahmat. Ular meni bir qadam o'stira olishdi. Bundesligada o'yinim hozirgidek yorqin emasdi. Lekin Angliyaga kelib o'zimni boshqatdan kashf etdim.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика