So’nggi yangiliklar

22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  0 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  1 21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  30 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  1 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  35 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  3 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  9 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  8 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4

Intervyu. SHerzod Hakimov: "No'mon Hasanov "Navbahor"ni kuchaytira oladi. Kanchelskisning ayblarini aytadigan bo'lsak bitta daftar to'ladi" Yangiliklar

Intervyu. SHerzod Hakimov: "No'mon Hasanov "Navbahor"ni kuchaytira oladi. Kanchelskisning ayblarini aytadigan bo'lsak bitta daftar to'ladi"

Mamlakatimizda murabbiylar oxirgi mavsumlarda ko'proq legioner hujumchilarga ishona boshlagach, bir vaqtlar umidli o'yinchi sifatida qaralgan mahalliy forvardlar bugungi kunda qo'pol bo'lsada, hech kimga kerak bo'lmay qolayotgani achinarli holatdir.

Bugungi suhbatdoshimiz SHerzod Hakimov "Neftchi" jamoasidagi ajoyib gollari bilan, hamma futbolchida ham uchrayvermaydigan saltolari bilan muxlislar mehrini qozongan edi. 2018 yil "Neftchi" safida urgan goli mavsumning "eng chiroyli goli" deb topilganidan xabaringiz bor. Mahoratli hujumchini bu mavsumda yashil maydonda ko'rmadik. Xo'sh bu nima bilan bog'liq? Hozir qaysi jamoada? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida SHerzod Hakimovni suhbatga chorladik.

- Biz bilgan, betakror qaychi usuldagi gollaridan bahramand bo'lgan SHerzod Hakimovni joriy mavsumda biror jamoa tarkibida ko'rmadik. Eshitishimizga qaraganda sizda mavsum avvalida jarohat bo'lgan ekan. Qolganini o'zingiz aytib bersangiz...

- Assalomu alaykum. Ha, to'g'ri murabbiy bilan ayrim sabablarga ko'ra chiqisha olmadim. Imkoniyat bermadi. Qisqasi ishonch bildirgani yo'q. Andrey Kanchelskis jamoaga legioner olib kelishini aytdi. Yig'inga yaqin qo'lim singandi. Karantinda boshlanib qoldi, tiklanishim cho'zilib ketdi. Ikkinchi davrada o'ynashga tayyorlanaman desam meni ro'yxatdan o'tkazmadi. Lekin, klub bilan shartnomam bor edi.

- "Navbahor"ga o'tgan mavsum ikkinchi davrasida kelib qo'shilgan edingiz. Bir qator uchrashuvlarda maydonga tushdingiz. Qizig'i Andrey Kanchelskisning siz kabi futbolchilarga ishonch bildirmagani kishini o'ylantirdi. Jamoada mavsum boshidan beri hujum chizig'ida muammolari bor. Oxirgi o'yinlarda bu o'z tasdig'ini topmoqda...

- Andrey Antanasovichning oldiga ko'p marotaba kirdim, gaplashdim. Hammasi yaxshi dedi. CHempionlik uchun kurash olib borishini buning uchun legionerlar taklif qilishini takidladi. Vaqt ko'rsatadi dedim. 

- Yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoalardan takliflar bo'ldimi? 

- "Navbahor" men bilan hisob-kitob qilmadi. SHuni kutmoqdaman. Takliflar bo'ldi. Agar shartnoma bir tomonlama buzilsa bepul ketishimga to'g'ri kelardi. 

- Butun mavsumni o'yin amaliyotisiz o'tkazish oson emas. Bunday pallada futbolchilarda ruhiy tomondan tushkunlikka tushish holatlari bo'ladi...

- Bu tomondan muammo yo'q. Muhimi oilamni bag'ridaman. Sport formamni ushlab turish maqsadida shug'ullanib, mashg'ulotlarda ishtirok etmoqdaman. Bu hayot, tushkunlikka tushishni keragi yo'q. Sog'liq birinchi o'rinda turadi, qolgan ishlar bo'laveradi.

- Andrey Kanchelskis murabbiy sifatida nimadir yangi narsa bera oldimi? SHaxsan siz sezdingizmi?

- U hech narsa bermadi. Kimga qanaqa bilmadim, men sezmadim. Yig'inlarda jismoniy tomondan yaxshi tayyorladi. Lekin, qishin yozin bir xil mashg'ulot. Yig'inlarda nima qilsak chempionat davomida ham o'sha narsani qilardik. Yangilik yoki o'zgarish yo'q. Fikrimcha, o'zimizning murabbiylar undan kam emas. Eng asosiysi ozgina pulga bizning mahalliy murabbiylar jon kuydirib ishlashadi. 

- "Navbahor"ning so'nggi vaqtlardagi muvaffaqiyatsizligiga nimani sabab sifatida ko'rsatgan bo'lardingiz? Ishtiyoq, futbolchilarning ko'zida olov ko'rmayapmiz. CHetdan kuzata turib qanday fikr bildirasiz?

- Jamoa g'alaba qozona olmayotganiga sabab, murabbiy birinchi o'rinda kuchli ruhshunos bo'lishi kerak. Futbolchilarni birlashtira olishi, bir oila sifatida shakllantirishi lozim. Men buni teskarisini ko'rdim. Kanchelskisning aybini sanab o'tadigan bo'lsak daftar to'lib ketadi. 

- Faoliyatingizda bunday holatga avval ham duch kelganmisiz? Ushbu vaziyatdan qanday chiqib ketgansiz?

- Avval "Neftchi"da shunga o'xshash holat bo'lgandi. Avlodlar almashinuvi jarayonida klubdagilar kuchli uchlik uchun kurashamiz deb ko'pchilik eski futbolchilarning qadriga etishmagan. 

- "Navbahor"ni bu qiyin vaziyatdan chiqib ketishi qanday omillarga bog'liq? Jamoani nima kuchaytirishi yoki o'zgartirishi mumkin?

- No'mon Hasanov jamoani kuchaytira oladi deb o'ylayman. CHunki, ushbu murabbiy qattiqqo'l, jamoani bir oila sifatida birlashtiradi. Keyingi o'yinlarda omad va zafarlar tilab qolaman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика