So’nggi yangiliklar

10:00Флик: "Мен кўрмоқчи бўлган нарса шу эди"  0 09:36"Мен ишлаган энг профессионал ўйинчилардан бири". Анчелотти — Роналду ҳақида  0 09:10"Арсенал" ушбу натижага тарихда илк бор эришди  0 08:44"Шикоят қилмасинлар". "Барселона" президенти Лапорта — "Реал"нинг "Осасуна"дан мағлубияти ҳақида  5 08:17Гвардиола нима учун Диашнинг ўрнига Ҳусановни туширганини тушунтирди  6 07:50Элдор Шомуродов Италияда  11 07:23"Ғазалкент" "Зенит" академияси тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  3 02:40А Серия. "Аталанта" "Наполи"дан устун келди, "Милан" ўз майдонида "Парма"га мағлуб бўлди, "Рома" эса йирик ғалабага эришди  5 01:14Эрон Про лигаси. "Трактор" муҳим ўйинда дуранг ўйнади, Ҳамробековдан ассист  0 00:45БАА Про лигаси. "Бани Яс" "Ал Айн"га иккита гол уриб, мағлуб бўлди, Шукуров тўлиқ ўйнади  1 00:40АПЛ. "Тоттенхэм" — "Арсенал" 1:4  1 23:55Милан Митрович ватанига қайтди  8 23:38АПЛ. "Арсенал" меҳмонда "Тоттенхэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, пешқадамликни мустаҳкамлади  26 22:32Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  0 22:15Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  49

Intervyu. SHarof Muhitdinov: "Hozirgacha faqat darvozada turmaganman xolos" Yangiliklar

Intervyu. SHarof Muhitdinov: "Hozirgacha faqat darvozada turmaganman xolos"

"Nasaf" klubi yarim himoyachisi SHarof Muhitdinov so'nggi yillarda jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib oldi.

CHap oyoqda juda kuchli zarba bera oldigan Muhitdinov muntazam ravishda O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga chaqirilib kelardi. Sentyabr oyida uni milliy terma jamoaga chaqirishdi. Terma jamoada murabbiylar shtabi o'zgarganiga qaramay futbolchi oktyabr oyida JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman va Singapur bilan bahslarga ham jalb etildi. Biz terma jamoamiz yig'inidan avval SHarof Muhitdinov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Sentyabr oyida Ektor Kuper sizni milliy terma jamoaga chaqirgandi, mana endi Vadim Abramov Yaman va Singapur bilan o'yinlarga tayyorgarlik uchun terma jamoaga taklif qildi. Bungacha O'zbekiston olimpiya terma jamoasida o'ynardingiz...

- Olimpiya va milliy terma jamoa o'rtasida juda katta farq bor. Milliy terma jamoada o'ynash har bir futbolchining orzusi bo'lsa kerak deb o'ylayman. Sababi millionlab muxlislar sizning g'alaba qozonishingizni kutadi. Sentyabr oyida Falastin bilan o'yinda ozgina omad etishmadi, keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga va xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

- To'g'ri "Nasaf"da chap qanot himoyasida o'ynagan davrlaringiz bo'lgan, biroq bu mavsum asosan chap qanot yarim himoyachisi sifatida to'p tepayapsiz. Biroq terma jamoa murabbiylari sizdan qanot himoyachisi sifatida foydalanishmoqda. Klubda boshqa joyda, termada boshqa joyda o'ynash sizga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Murabbiylar qo'ygan joyda o'ynayveraman. Tan olish kerak, boshida chap qanot himoyasiga qo'yishganida biroz qiynalganman. Ammo klub yoki terma jamoaga qaysi joyda foydam tegsa to'p tepaveraman.

- Umuman hozirga qadar qaysi joylarda o'ynagansiz?

- Faqat darvozada turmaganman xolos (kuladi).



- Futbolchi bo'lish tarixi va "Nasaf"ga kelishingiz qanday sodir bo'lgan?

- Jizzax shahrida tug'ilganman. 7 yoshimda futbolga borganman, birinchi murabbiyim Usmon aka qo'l ostilarida shug'ullanganman. Keyinroq Jizzaxdagi futbol maktab internatiga ko'chib o'tganman. Biroz muddat shu erda o'qib, 2013 yilda Qarshiga musobaqaga borib ko'rikdan o'tgandim. Sergey Kucherenko, Umar Rahmatullaev va Jasur aka meni "Nasaf" akademiyasiga qabul qilishgan. SHundan buyon "Nasaf" klubi tizimidaman.

- Asosiy tarkibga o'tish qanday bo'lgan?

- Akademiyadan 1997 yilda tug'ilgan futbolchilar orasidan 9 nafari "Nasaf" o'rinbosarlari tarkibiga qabul qilingan. Lekin o'rinbosarlar safida ko'p o'ynamaganman. Ro'ziqul Berdiev yoshlar jamoasining deyarli barcha o'yinlariga borib ko'rardi. O'yinlarim yoqqanmi bilmadim 4-5ta bahsdan so'ng asosiy tarkibga jalb qilgan.

- Yoshlikda "Nasaf" o'yinlarini kuzatganingiz aniq. O'shanda qaysi futbolchilarga havas qilardingiz?

- Ko'proq SHohruh Gadoev va Jasur Hasanovning o'yinlari yoqardi. Ikkalasi ham chap qanotda juda yaxshi o'ynashardi.

- CHet elda kimning o'yini ko'proq yoqadi?

- Xorijda esa Lionel Messi, Garet Beyl va De Bryuynening o'yinlarini kuzataman.

- Ko'pchilikni bir savol qiynaydi. SHarof Muhitdinovning chap oyog'i kuchlimi yoki Aziz G'anievning o'ng oyog'i?

- Bilmadim (kuladi).

- O'zi bahslashib turasizlarmi?

- Mashg'ulotlarda bazida zarbalar berib turamiz. Ammo hozirgacha kim kuchli ekanligini aniqlaganmiz yo'q.

- "Nasaf"da ko'p yillardan buyon ishlab kelayotgan Ro'ziqul Berdiev haqida qanday fikrdasiz?

- Ro'ziqul Berdievni butun O'zbekiston yaxshi biladi. Qaysi viloyat yoki shaharga borsak Berdiev haqida iliq so'zlar eshitamiz. Yosh futbolchilarga juda ham katta ahamiyat beradilar, ularga imkoniyat berishdan cho'chimaydilar. "Nasaf"ning barcha yutuqlarida aynan bosh murabbiyimizning xissasi beqiyos.

- Har bir futbolchi baribir qaysidir klub yoki qaysidir chempionatda o'ynashni orzu qiladi. Xo'sh, SHarof Muhitdinovning orzusi qaysi chempionat?

- Ispaniya chempionatida o'ynashni orzu qilaman. Sababi o'zim "Barselona" muxlisiman. Tiki-taka uslubida o'ynash ko'proq yoqadi. Xudo xohlasa bir kun kelib Ispaniyada o'ynayman.



- Bugungi kunda milliy terma jamoa safidasiz. Ammo yoshingiz olimpiya terma jamoasiga to'g'ri keladi. Yanvar oyida Tailandda U-23 Osiyo chempionati o'tkaziladi. Yaqinda ushbu musobaqaning final bosqichiga qura tashlandi. Guruhimiz haqida qanday fikrdasiz? Olimpiadaga chiqa olamizmi?

- Eron, Xitoy va Janubiy Koreya juda ham kuchli jamoalar hisoblanadi. Guruhda to'rtta jamoa ham keyingi bosqchiga chiqishi mumkin. Ammo bizning maqsadimiz guruhdan chiqishgina emas balki Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish. SHunday ekan istalgan jamoaga qarshi o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz. Kerak bo'lsa boshqa jamoalar bizdan cho'chishsin, sababi tarkibimiz juda ham kuchli.

- 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston chempion bo'lgandi. Biroq o'sha musobaqaga siz olib ketilmagansiz. Bu sizga qanchalik alam qilgan?

- O'shanda musobaqaga ketishda oldingi eng so'nggi yig'inga chaqirilmagandim. Ochiqchasiga aytaman o'sha paytdagi bosh murabbiy Ravshan Haydarovdan xafa emasman. Aybni o'zimdan qidirganman. Balki o'shanda jismoniy holatim terma jamoada o'ynashga javob bermagandir. Istalgan murabbiy yaxshiroq tayyor bo'lgan futbolchini musobaqaga olib ketadi. SHu bois bu vaziyatda hech kimdan xafa bo'lmaganman. Nasib qilsa Tailanddagi musobaqaga boraman.

- "Nasaf" safida qaysi sovrinni qo'lga kiritishni orzu qilasiz?

- "Nasaf" bilan O'zbekiston Kubogi va O'zbekiston Superligasini qo'lga kiritganman. Ammo mamlakat chempioni bo'lmaganman, orzuim aynan O'zbekiston chempioni bo'lish.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика