Intervyu. SHahram G'iyosov futbol, eng qiyin jang va boshqa narsalar haqida
08 okt 2017 11:11
Yangiliklar
Intervyu. SHahram G'iyosov futbol, eng qiyin jang va boshqa narsalar haqida
- Har bir sportchining xalqaro sport arenasida erishgan ilk katta yutug'i
o'zi uchun hamisha qadrli bo'ladi. Keling, suhbatimizni sizning ana shu
muvaffaqiyatingiz haqidagi fikringiz bilan boshlasak.
-
Birinchi yutug'im bu 2014 yili talabalar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon
chempionatida qo'lga kiritilgan. Men o'shanda jahon chempioni bo'lgandim. Bu
mening ilk xalqaro musobaqam edi. Undan keyin esa Sidney Jakson xalqaro
xotira turnirida g'olib bo'lganman. O'zbekiston chempionatida kumush medal
bilan taqdirlanganman. Aynan 2014 yilda Beloyarskda bo'lgan jahon
Kubogida g'olib bo'lib, ushbu turnirning eng yaxshi bokschisi deb
topilganman. 2015 yili O'zbekiston chempionatida odatdagidek 64 kg emas,
vaznimni o'zgartirib 69 kgda mamlakat chempioni bo'lganman. 2016 yili
Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash musobaqasida chempioni bo'lib, Rio
Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritganman. Xabaringiz bor, o'tgan yili
to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida kumush medal bilan taqdirlandim.
Bu yil men uchun yana ham omaddi keldi. Toshkentda o'tgan Osiyo, Gamburg
shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatlarida shoxsupaning eng yuqori
pog'onasiga ko'tarildim. Muxlislar so'roviga ko'ra jahon chempionatining eng
yaxshi bokschisi deb ham topildim. Buning uchun avvalo, Allohimga va meni
dunyoga keltirib, ulg'aytirgan ota-onamga, qariyb 15 yillik hamrohim
Ravshan Xo'jaevga minnatdorchilik bildiraman. Ularning yordami va ko'magi
bo'lmaganida, men hozir qarshingizda SHahram G'iyosov bo'lib intervyu berib
o'tirmasdim.
- SHoxsupaga ko'tarilganingizda va yurtimiz bayrog'i ko'tarilib, madhiyamiz yangraganida, ko'nglingizdan qanday kechinmalar o'tadi?
-
(ancha o'ylanib turib) O'sha paytdagi ichki kechinmalarimni tariflashga til
ojiz. Buni boshidan o'tkazgan sportchilarimiz juda yaxshi bilishadi. Bu har
bir sportchining orzusi, maqsadi desam adashmayman. Ota-bobolarimiz
bejizga mehnatning tagi rohat, deyishmagan ekan. SHoxsupaga ko'tarilganimda
qiyinchiliklar esdan chiqib ketadi. Uning gashti boshqacha. G'alabadan keyin
oladigan sovrinlaringiz bu xis-tuyg'ularning oldida uchinchi yoki to'rtinchi
darajaga tushib qoladi. Menga hozir siz bergan savolni berishsa hamisha
yuragim to'lib ketadi.
- Boksda sportchi uchun eng kerakli narsa nima?
-
Sportda ham, hayotda ham eng avvalo maqsad va o'ziga ishonch bo'lishi kerak!
Agar inson oldiga aniq maqsad qo'yib, shunga qarab intilsa, o'zi istagan
natijaga erisha oladi. Hayotda har qanday vaziyat bo'ladi. Xuddi shunday
sportda ham. Senga ishonadiganlar ham, ishonmaydiganlar ham bo'ladi.
Qachonki, ortdan kimdir yiqitadigan zarba bergan taqdirda ham
yiqilmasliging kerak. O'rningdan turib yana oldinga borishing, ruhan
o'zingni ko'tarishing va buni engib o'tishing shart. Sportda mag'lubiyatlar
etarlicha bo'ladi. SHunday holatlarda sport menga emas ekan, deb tashlab
ketmaslik lozim. Ochig'i, menda ham shunday vaziyat bo'lgan. O'zimga aytishmasa
ham, orqamdan gapirishgan. Bo'ldi, endi u ko'p yutqazyapti, sport uning uchun
emas, borib boshqa kasbni qilsin, deganlar ko'p bo'lgan. Lekin men o'zimga
ishonishda davom etganman. Ota-onam, murabbiylarim, do'stlarim menga
ishonishgan.
- Agar siz futbol bo'yicha O'zbekiston milliy
terma jamoasi safida o'ynaganingizda, Xitoy yoki Janubiy Koreya darvozasini
ishg'ol qila olarmidingiz?
...
Jahon chempioni bilan intervyuning to'liq qismini OLAMSPORT.COM saytida o'qishingiz mumkin.
Fikrlar