So’nggi yangiliklar

18:44Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  3 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:59Германия — Франция. Миллатлар лигаси учинчи ўрин учун бўладиган баҳснинг таркиблари маълум  2 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  3 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  9 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  11 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  5 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  2 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  14 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  20

Intervyu. SHahboz Umarov: “Energetik” murabbiyi futbolchilarni o'z o'g'lidek ko'radi” Yangiliklar

Intervyu. SHahboz Umarov: “Energetik” murabbiyi futbolchilarni o'z o'g'lidek ko'radi”

Hozirda yurtimizdagi ko'plab futbol muxlislari “Energetik BGU” jamoasiga muxlislik qilishmoqda desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Sababi deyarli butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli chempionatlar to'xtatilgan, Belarus chempionati esa davom etmoqda. Bundan tashqari ushbu klub safida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishmoqda. Jasur Yaxshiboev 3ta turda 3ta gol urib haqiqiy kashfiyotga aylanganini barcha biladi. Yana bir hamyurtimiz SHahboz Umarov esa hozircha zaxiradan maydonga tushmoqda. Biz SHahboz bilan qisqa bo'lsa ham intervyu olishga muvaffaq bo'ldik.

- SHahboz, sizni championat.asia saytidan bezovta qilayapmiz. Suhbatimiz boshida AGMKdagi faoliyatingiz gapirib bersangiz.
- AGMK jamoasida ko'p o'yin o'tkazmaganman. Asosiy jamoa tarkibida 2018-2019 yillarda Superligada 4ta va Superkubok bahsida bir marotaba maydonga tushdim. Mavsumning ko'p qismini yoshlar jamoasida o'tkazganman.

- Transfermarkt sayti malumotlariga qarab aytadigan bo'lsak sizning transfer narxingiz 150 000 evroga teng ekan. “Energetik”ka o'tish qanday ro'y berdi?
- Hammasi oddiy. AGMK bilan shartnomam tugadi va jamoa bilan do'stona xayrlashdim. Agentim takliflari ichidan “Energetik BGU” variantida to'xtaldim va Minsk klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdim.

- Ushbu jamoa 1996 yilda tashkil etilgan ekan. Klub doimiy ravishda Markaziy Osiyolik futbolchilar xizmatlaridan muntazam foydalanib kelayotganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan o'tgan mavsum jamoada ikki qozog'istonlik va bir qirg'izistonlik futbolchilar o'ynashgan ekan. Bu yil siz va Jasur Yaxshiboevdan tashqari tojikistonlik Muhammadjon Loiqov ismli futbolchi jamoa bilan birga. Umuman jamoada sizlarga, yani legionerlarga munosabat qanday?
- Jamoada legionerlarga munosabat juda yaxshi. Malumki barcha jamoa murabbiylari legionerlardan ko'p narsa kutishadi va ishonch bildirishadi. Biz esa mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun turishimiz lozim.

- Menimcha bu chempionat o'sish istagidagi futbolchilar uchun juda qulay. Sababi mamlakat chempioni Evropa chempionlar ligasi saralash uchrashuvlari yo'llanmasini, 2 va 3-o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar esa Evropa ligasi saralash bosqichi yo'llanmasiga ega bo'lishadi. O'zbekistonlik o'zingiz kabi yosh futbolchilarga bu chempionatni qanchalik tavsiya qila olardingiz?
- Ha, Evropaning top jamolariga yo'l olish uchun bu juda yaxshi vaziyat albatta. Ammo buning uchun yuqori o'rinlarni egallash lozim, bu esa oson kechmaydi. Yosh futbolchilarning barchasi o'z qo'llarida. Harakat qilsa har qanday jamoada o'ynab ketish mumkin.

- “Energetik”da o'tgan mavsum to'p tepgan Ilya SHkurin 19ta gol bilan chempionat to'purari bo'ldi va yaqinda Moskvaning CSKA jamoasiga yo'l oldi. Hozirda ham ko'plab rus telekanallari va Evropa skautlari Belarus chempionatini kuzatishmoqda. Savolim esa quyidagicha: SHahboz Umarovning keyingi maqsadlari qanday?
- Belarusda qolib, bu erda ko'p vaqt o'tkazmoqchi emasman. Maqsadim faqatgina oldinga intilish, buning uchun esa tinmay mehnat qilishim lozim. Ha, SHkurin o'tgan mavsumda chempionatning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. To'purar va jamoani oldinga oldinga etaklay oldi. Natijada Rossiya premer-ligasiga yo'l oldi. U bilan gaplashib turamiz, o'yinlardan oldin menga omad tilab faqat oldinga intilishim kerakligini aytadi.

- Jamoa bosh murabbiyi va murabbiylar shtabi haqida nima deya olasiz?
- Anatoliy Yurevich hamda Vladimir Belyavskiy nafaqat kuchli murabbiy shu bilan birga insoniylik tomondan ham juda yaxshi insonlardir. Talabchan, lekin jamoadagi barcha futbolchilarni o'z o'g'lidek ko'radi. Bizga har doim o'zimizga ishonishimiz kerakligini va hech qachon xato qilishdan qo'rqmasligimizni, maydonga chiqib futboldan rohat olishimiz kerakligini takidlaydi.

SHu o'rinda yurtdoshlarimizga bir gap aytmoqchi edim “Biz siz uchun futbol o'ynayapmiz, siz biz uchun uyda qoling”

Furqat Po'latov suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика