So’nggi yangiliklar

13:47ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари  3 13:27"Насаф"нинг асосий жамоаси кетидан футзал жамоаси ҳам голлар шоусида ғалаба қозонди  0 12:55Миличкович "Металлург"нинг 900-голи муаллифи  0 12:27"Пахтакор"да йўқотиш. Бу мавсум 5та гол урган футболчи сафдан чиқди  6 11:58"Насаф" голлар шоусида ОКМКни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:27Футзал. Бугун Фарғонада 10-тур старт олади, пешқадам БМБ "Пахтакор"га қарши  0 11:11Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи  11 10:45Ильгиз Танташев ЖЧ-2026 саралаш ўйинига тайинланди  2 10:36«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр  1 10:11ПСЖ президенти журналистнинг саволига кескин жавоб қайтарди  8 09:45Тиаго Силва янги жамоаси билан шартнома имзолади  6 09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  18 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  13 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  22 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  17

Intervyu. Sanjar Quvvatov: "Neftchi"da chempionlik uchun barcha narsa etarli" Yangiliklar

Intervyu. Sanjar Quvvatov: "Neftchi"da chempionlik uchun barcha narsa etarli"

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi qishki transfer oynasi vaqtida tarkibga tajribali futbolchilarni qo'shib olishda davom etyapti.

Klub kuni kecha "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov bilan shartnoma imzolaganini elon qildi. 5 yil davomida "sherlar" darvozasini qo'riqlagan Kiper endilikda bor mahoratini Farg'onada namoyish qiladi. 

- "Paxtakor"ni 5 yillik faoliyatingizdan so'ng tark etish qanday bo'ldi? Odatda futbolchilar muhitni o'zgartirish uchun jamoani almashtirishadi. Sizda sabab nima bo'ldi?

- "Paxtakor"da ajoyib 5 yilni o'tkazdim. Buning uchun klubdagi barchaga minnatdorchilik bildiraman. Birgalikda o'ynagan jamoadoshlarim, ukamdek bo'lib qolgan yoshlar bilan xayrlashish og'ir bo'ldi. Lekin bir kun kelib hamma narsa o'zgarishi kerak. Oilam, yaqinlarim bilan maslahatlashdim. Rostdan ham muhitni o'zgartirish lozim edi. SHu bois "Neftchi"ga o'tishga qaror qildim. 

- "Paxtakor"da o'tkazgan qaysi mavsum ko'proq qadrliroq?

- Biron mavsumni alohida ko'rsatishim qiyin. SHota Arveladze, Piter Xyuistra va boshqa murabbiylar davrida ham yaxshi shakllanganmiz. Har bir mavsum qiziqarli o'tdi. Qaysidir mavsumda ko'proq yoki kamroq o'ynaganman. Bu albatta raqobat bilan bog'liq. Har bir jamoada raqobat bo'lishi shart, deb o'ylayman. SHundagina o'sish kuzatiladi. Agarda futbolchi raqobatni his qilmasa, uning o'yinida pasayish kuzatiladi. 


- Qaysi murabbiydan keyingi faoliyatingiz uchun foydali "meros" olib qoldingiz?

- SHota Arveladze va Piter Xyuistradan ko'p narsa o'rgandim. Bunday murabbiylarning ko'p bo'lishi, futbolimiz o'sishi, rivojlanishi uchun yaxshi. 

- Elit Ligada qatnashadigan jamoani "Neftchi"ga almashtirdingiz...

- "Paxtakor"ga bu musobaqada omad tilab qolaman. Umid qilamanki,"Neftchi" jamoasi bilan ham xalqaro maydonga chiqa olamiz. To'g'ri OCHL, Elit Ligada o'ynash qiziq. Bunday o'yinlarda o'ynash uchun ko'pchilik futbolchilar havas qiladi. Lekin "Paxtakor" bunday katta turnirda birinchi marotaba ishtirok etayotgani yo'q. 2024 yil bor etiborni "Neftchi" bilan Superligaga qaratamiz. 

- Yangi yildan "Paxtakor"ni o'zgargan, deyarli yangilangan tarkibda ko'rishimiz mumkin. Jamoada avlodlar almashinuvi ro'y beryapti. Bundan "Neftchi" foydalanib qola oladimi? CHempionlik uchun salohiyati qanday?

- "Paxtakor"da yosh futbolchilar ko'paymoqda. Bunga ijobiy qarayman. "Neftchi"ga kelsak, jamoaga o'tishimda birdan-bir sababi ham chempionlik uchun kurashishi. Buning uchun "Neftchi"da hamma narsa etarli. Rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar bilan gaplashganimda muhit yaxshi ekanligini, ishtiyoq yuqoriligini sezdim. "Neftchi" o'tgan mavsumda ham etakchilarga yaxshigina qarshilik ko'rsatdi. SHunday ekan chempionlik uchun imkoniyat juda yaxshi. 


- O'zbekistonlik darvozabonlar juda kam holatda legionerga aylanishadi. Bu holatga munosabatingiz qanday? 

- Buni o'zim ham juda yaxshi bilaman. O'zbekistonlik darvozabonlarning legionerga aylanishi juda qiyin. Qachonki chempionatimiz kuchaysa, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etsa, darvozabonlarda xorijga chiqish imkoni bo'ladi. Futbolimiz kuchaymasa bu qiyin. Osiyo mamlakatlarida legioner darvozabon olishmaydi, chunki ularning o'ziga milliy terma jamoasi uchun darvozabon kerak. Xorij jamoalarida o'zbekistonlik darvozabonlar bo'lishini istardim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика