So’nggi yangiliklar

00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  0 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  8 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  7 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  1 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  46 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  188 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0 19:10Расман: Максим Шацких – "Андижон" бош мураббийи, Виталий Шпанюк – ёрдамчи мураббий  33 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1 17:37"ЎзСҚБ кўплаб вазиятлар яратди, бизнинг йигитлар туриб бера олишди" — Рустам Умаров  2

Intervyu. Sanjar Qodirqulov: "Geynrixning nostandart harakatlariga havas qilardim" Yangiliklar

Intervyu. Sanjar Qodirqulov: "Geynrixning nostandart harakatlariga havas qilardim"

2 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda navbatdagi yig'inni boshladi.

Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoni, 19 noyabrda esa Falastin bilan JCH-2022 saralashi doirasida o'yinlar o'tkazadi. Ushbu bahslardan avval 9 noyabr kuni Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Ushbu yig'inga bosh murabbiy 32 nafar futbolchini taklif qildi. Ular orasida oktyabr oyidagi terma jamoa qahramonlaridan biri Sanjar Qodirqulov ham bor. O'tgan oy milliy terma jamoaga ilk bor chaqiruv olgan, debyut uchrashuvida Yaman darvozasiga gol urgan hamda Jamshid Iskanderovga golli pas bergan "Bunyodkor" azosi bilan noyabr oyidagi yig'in boshlangach suhbatlashishga qaror qildik.

- Terma jamoa Toshkentda yig'in olib bormoqda. Dastlabki kunlar qanday o'tdi?

- Oktyabr oyidagi ikkita g'alabadan so'ng barcha yaxshi kayfiyatda terma jamoa ixtiyoriga etib keldi. Dastlabki kungi mashg'ulotlar engil tarzda o'tkazildi. Sababi barcha futbolchilar o'tgan kuni Superligada o'yin o'tkazishgandi. 3 noyabrdan Qirg'iziston bilan bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni to'liq kuch bilan boshladik. Asta-sekin legionerlar ham etib kelishmoqda.



- O'tgan oy Yaman va Singapurga qarshi o'yinlarda ishtirok etdingiz. Yaman darvozasiga gol ham urishga muvaffaq bo'ldingiz. Milliy terma jamoa safidagi dastlabki muvaffaqiyatli uchrashuvlardan so'ng o'zingizda futbolchi sifatida qandaydir o'zgarish sezdingizmi?

- Albatta terma jamoada o'ynash istalgan futbolchi uchun katta tarjiba maktabidir. Jahon chempionati saralashi doirasidagi barcha o'yinlar juda ham shiddatli va keskin o'tadi. Bunday uchrashuvlarda koncentraciya maksimal bo'lishi shart. Har bir futbolchi uchun milliy terma jamoa libosida maydonga tushish orzu bo'lsa kerak. Bu hammaga ham nasib etavermaydi. Xudoga shukur orzularimdan biri amalga oshdi. Bundan buyog'iga terma jamoamiz, vatanimiz, xalqimiz uchun jonimizni berib o'ynaymiz.

- Futbolchining o'sishi, rivojlanishida murabbiyning o'rni juda ham katta hisoblanadi. Bu hech kimga sir emas. SHu darajaga chiqishingizda hozirga qadar birga ishlagan murabbiylardan kimlarning o'rni katta deb o'ylaysiz?

- SHukurki hozirgi kunga qadar faqat kuchli murabbiylar bilan ishlash nasib qilmoqda. "Metallurg"da Rustam Mirsodiqov, "Bunyodkor"da Mirjalol Qosimov hamda Vadim Abramov... Bularning barchasini O'zbekistonning etakchi murabbiylari deb o'ylayman. To'g'ri barchaning ishlash uslubi har xil, lekin foydali tomonlari juda ko'p. Men o'zim bilan ishlagan barcha murabbiylardan nimadir olishga va o'sishga harakat qilganman. Ayni paytda 22 yoshdaman va o'sishdan to'xtash niyatida emasman. Vadim Abramov menga ishonib terma jamoada maydonga tushirgani uchun undan juda minnatdorman.

- Faoliyatingizni hujumchi sifatida boshlagansiz. Keyinroq yarim himoyada o'ynadingiz, bu mavsumda "Bunyodkor"da sizni xatto qanot himoyasida ham ko'rdik. SHaxsan sizga qaysi joyda o'ynash qulayroq? Universal futbolchi bo'lish qanday hislatlarga ega bo'lish kerak deb hisoblaysiz?

- To'g'risini aytsam menga qaerda o'ynashning farqi yo'q. Har bir poziciyada o'ynashning o'ziga yarasha qoidalari bor. SHularga amal qilsangiz qiyinchilik tug'dirmaydi. Maydondagi barcha futbolchilar bir xil fikrlasa qaysi poziciyada o'ynasangiz ham o'yin qovushaveradi.



- Terma jamoamiz rasmiy o'yinlardan oldin Toshkentda Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib oladi. Qo'shnilarimiz bilan bahsdan nima kutayapsiz?

- 9 noyabr kungi Qirg'izistonga qarshi bahs JCH-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni va Falastin bilan rasmiy uchrashuvlardan oldin biz uchun juda ham kerak. O'rtoqlik uchrashuvi juda murosasiz kechadi deb o'ylayman. Sababi ular ham JCH-2022 saralashida Yaponiya hamda Tojikiston bilan bo'ladigan qiyin o'yinlarga tayyorlanishmoqda.

- Har bir o'g'il bola yoshligida qaysidir futbolchiga havas qiladi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Sanjar Qodirqulov bolaligida kimlarning o'yinlarini miriqib tomosha qilgan?

- Kichkinaligimda Aleksandr Geynrixning o'yinlariga havas qilganman. Uning o'yinlarini ko'rib nostandart harakatlariga qiziqardim. Xorijdan esa Lionel Messining o'yinlarini ko'rib hozirgacha zavqlanaman.

- Ko'plab murabbiylar bilan ishlagansiz. Vadim Abramovning ulardan farqli jihatini ayta olasizmi?

- Vadim Karlenovichning o'zgacha jihati? (o'ylanib) Menimcha uning sovuqqonligi va o'yinchilarga bo'lgan ishonchi bo'lsa kerak. U har bir vaziyatga sovuqqon tarzda munosabatda bo'ladi. Tezda jahli chiqmaydi hamda yosh futbolchilarga imkoniyat berishdan cho'chimaydi.



- Siz o'ynayotgan "Bunyodkor" klubi so'nggi o'yinlarda ijobiy natija qayd eta olmayapti. Bu holat Abramovning terma jamoaga bosh murabbiy bo'lganidan keyin boshlangandek go'yo. Jamoa azosi sifatida bu vaziyatga qanday izoh berasiz?

- Buni futbol deb qo'yishibdi. Unda omad ham juda katta rol o'ynaydi. Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi.

- Superliga yakuniga etishiga 3ta tur qoldi xolos. "Bunyodkor" hozirda 4-o'rinda bormoqda. Uchinchi o'rin sohibi kelgusi yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi. Mavsumni uchinchi o'rinda tugatishga qanchalik ishonch bor?

- Ishonch albatta bor. Nasib qilsa uchinchi o'rinni olib, Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olamiz xudo xohlasa.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика