So’nggi yangiliklar

09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  0 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  1 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  4 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  12 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  3 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  7 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   19 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3

Intervyu. Rustam Abduxamidov futboldagi kumiri, Sergey Lebedevning ish uslubi, Neymar va Azarni kuzatib borishi haqida Yangiliklar

Intervyu. Rustam Abduxamidov futboldagi kumiri, Sergey Lebedevning ish uslubi, Neymar va Azarni kuzatib borishi haqida

A PRO-Liga 21-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Rustam Abduhamidov saytimizga intervyu berdi.

Rustam, avvalo bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. Ushbu uchrashuvda ikkita gol kiritdingiz. Taasurotlar qanday?

Ketma-ket 3 ta turda mag'lubiyatga uchraganligimiz sababli bugungi o'yinda bizga g'alaba juda zarur edi. Avvalgi mag'lubtyatlar jamoamizga ruhiy tomondan o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmagandi O'tgan uchrashuvlarda yo'l qo'yilgan xatolardan xulosa qildik, o'z ustimizda yanada ko'proq ishladik va bugungi o'yinda g'alaba qozondik.
Bilasizmi o'sha biz mag'lubiyatga uchragan bahslarda raqib jamoalardan o'yin tomonlama yutqazmagan edik, shunchaki vaziyatlardan foydalanishda bizga sovuqqonlik etishmadi. Masalan "Xorazm" bilan o'yinni oladigan bo'lsak, bu uchrashuvda birinchi bo'lib gol urgan jamoa g'olib bo'lishi uchun katta imkoniyatlarga ega bo'lardi. "Xorazm" gol kiritdi va yakunda g'alaba qozondi. Bizda ham gol kiritish uchun imkoniyatlar bo'ldi, afsuski ko'pgina vaziyatlarda bizdan omad yuz o'girdi. "Oq-tepa"ga qarshi bahsning dastlabki 15 daqiqasida bizda gol kiritish uchun jami 4 ta qulay imkoniyatlar yuzaga kelgandi, foydalana olmadik. Agar butun o'yin davomida 100 foizlik imkoniyatlarimizning o'zidan foydalanganimizda kamida 5 ta gol kiritgan bo'lardik.

"SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvdan oldin bizda ortga yo'l yo'q edi, bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. SHu sababdan mazkur o'yinga final uchrashuvidek maydonga tushdik. Kiritgan gollarimga kelsak, bu gollar faqat meniki emas, bu butun jamoadoshlarimning mehnati evaziga yuzaga kelgan gollar. Bilasizmi, o'zi gol kiritishdan ko'ra mendanda qulayroq vaziyatda turgan jamoadoshimga to'p uzatishni maqul ko'raman. "SHo'rtan"ga qarshi bahsdagi birinchi golimga jamoadoshim Fayzullo Jumanqo'ziev menga juda qulay uzatma berdi, bir himoyachini ortda qoldirdim va gol kiritdim.


Mana shu birinchi goliningiz juda ajoyib chiqdi. Bu faoliyatingizdagi eng chiroyli golingizmi?


Yo'q, avvallari "Qo'qon-1912" jamoasida o'ynab yurganimda bundanda chiroyli gollarni kiritganman. Umuman olganda menga eng muhimi gol kiritish yoki gol kiritishdan ko'ra jamoam g'alabasiga o'z hissamni qo'shishim deb hisoblayman.


Bugunga qadar o'ynagan jamoalaringiz haqida...

2013 yilda taniqli murabbiy Tohir Kapadzening taklifiga ko'ra "Qo'qon-1912" jamoasi safiga qo'shildim. Qo'qonda ancha muddat o'ynadim.

Keyinchalik "Cementchi", "Yozyovon-Lochinlari" jamoalari safida maydonga tushdim. 2017-yilda SHerzod Zokirovning tavsiyasiga asoslanib "Istiqlol" jamoasi safiga qo'shildim. Mana shundan beri "Istiqlol" safida o'ynab kelmoqdaman, bu jamoani juda yaxshi ko'raman. Agar o'zlari ketkazishmasa agar, bu jamoadan ketish niyatim yo'q. To'g'risi hozirgacha Superliga va PRO-Liga jamoalaridan takliflar oldim. Lekin "Istiqlol" rahbariyati jamoada qolib yordam berishim kerakligini aytishdi va rozi bo'ldim.



Rustam Abduhamidov Evropada qaysi jamoaga muxlislik qiladi?


Evropada faqat "Liverpul"ga muxlislik qilaman.

- Futboldagi kumiri (sevimli futbolchisi) kim?


Futbolda o'z poziciyamda o'ynaydigan barcha futbolchilarning o'yinlarini kuzatib boraman va ulardan o'rganaman. Masalan mashhur futbolchilardan Neymar va Azarlarni kuzataman. Futboldagi kumirim esa bitta - "Neftchi" afsonalaridan Iqbol Akramov, boshqasi emas.

Joriy mavsumda "Istiqlol" jamoasining Superliga yo'llanmasiga ega chiqishi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?


A PRO-Ligada yana 7 ta tur qoldi. Mazkur uchrashuvlarning barchasida g'alaba qozona olsak, demak Superliga yo'llanmasiga ega chiqamiz. Boshqa jamoalar natijalarini tahlil qilgandan ko'ra, shunchaki o'z o'yinlarimizni yutsak bo'ldi.


Sergey Lebedevning ish uslubi qanday?


Jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Lebedev taktik jihatdan kuchli murabbiy. Lebedev o'yinga 100 foiz tayyor bo'lgan futbolchini maydonga tushiradi va mashg'ulotlardagi harakatimizdan kelib chiqib asosiy tarkibni tanlaydi. SHaxsiy fikrimcha, Sergey Lebedov tomonidan olib borilayotgan ishlar to'g'ri va kelajakda o'z samarasini beradi deb hisoblayman.



Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика