Intervyu. Nemanya Vidich: “Fergyuson qo'ng'iroq qilgunga qadar “Liverpul”ga o'tishni istagandim”
30 sen 2016 00:30
Yangiliklar
Intervyu. Nemanya Vidich: “Fergyuson qo'ng'iroq qilgunga qadar “Liverpul”ga o'tishni istagandim”
“Manchester Yunayted”dagi o'yinlari bilan muxlislar yodida qolgan himoyachi Nemanya Vidich ishqibozlar tomonidan yuborilgan savollarga javob berdi.
Unda sobiq futbolchi bolaligi, “MYU”ga o'tishi, Drogba bilan qarama-qarshilik va boshqa holatlar xususida to'xtaldi. “Inter”dagi faoliyatidan keyin Milanda yashash uchun qolgan Vidich endi murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanishni rejalashtirmoqda.
- Maktabda o'zingizni qanday tutgansiz? Bezori bo'lganmisiz?
- Sport bo'yicha eng yaxshi narsani uddalash nasib qilgan. Maktabga borishim shart bo'lgani uchun borardim. Lekin u meni o'zgacha qiziqtirmagan. Hozir esa bolalarim maktabga men kabi munosabatda bo'lishini istamasdim.
- Jangovar harakatlar kechgan joyda katta bo'lish qanday? Bolalikda o'yinlarni portlashlar sababli ko'chirishgani rostmi?
- Portlashlar boshlanganda qadrdon shahrimga qaytgandim. Hammasi qanday yomon tugashini bilmasdik. Bunday paytda maxsus saqlanish joylariga yugurardik. Oddiy hayot kechirishga uringanmiz, ammo bu oson emasdi. Jangovar harakat ketayotgan joyda o'sishimni bilardim, men yashagan hududni 5 marta o'qqa tutishgan. Uyimdan 200 metr uzoqda telekommunikaciya markazi bor edi. Uni portlatib yuborishgandi. Portlashni Serbiya yoki jahonning biror joyida ko'rish afsuslanarli.
- “Abadiy” derbini Manchester va Milan derbilari bilan taqqoslash mumkinmi? Bu o'yinlar vaqtida siz bilan bog'liq qanday holatlar ro'y bergan?
- “Crvena Zvezda”ning yosh futbolchisi bo'lgan paytimda muxlislar bilan derbini ko'rgandim. 15 yoshimda yoshlar jamoasiga ko'chib o'tgandim. Ular bilan birga kuylash menga juda yoqqan. Yoshligimdan jamoaga muxlislik qilardim. “Partizan” stadioniga kirish esa qiyinroq kechgan. Ehtiyot bo'lish darkor edi, chunki “Crvena Zvezda” ishqibozi ekanimni bilib qolishsa, katta noxushlik bo'lishi mumkin edi.
- “Liverpul” siz bilan qiziqqani rostmi?
- Ha. Rafa Benites qo'ng'iroq qilgan va deyarli o'sha jamoaga o'tgandim. Transferga rozi edim, biroq ingliz tilida yaxshi gapirmasdim. Keyin “MYU” paydo bo'ldi. Fergyuson uyimga qo'ng'iroq qildi va unga zarurligimni aytdi. “Yunayted” tezroq harakat qildi. Barchasi ikki kun ichida ro'y berdi.
- Kimga qarshi o'ynashni yoqtirmasdingiz - Dide Drogba yoki Fernando Torres?
- Drogba bilan mushkulroq edi. Torres hamisha golli vaziyatlarni sodir qilar, biroq Drogba butun o'yin bosim o'tkazardi. Menga Torresga qarshi o'ynashim qiyin bo'lganini aytishadi, ammo bu bir bahsda yuzaga kelgan. To'pni boshim bilan qaytarmoqchi bo'lib, keyin qarorimni o'zgartirdim va van der Sarga etarlicha kuchli pas bermadim. Bundan Torres foydalanib qolgandi.
- 2008 yil CHempionlar ligasi finalida penalti tepishingiz kerakmidi? Anelka 7-zarbani ura olmasidan avval o'zingizni qanday tayyorlagansiz?
- Besh tepuvchini bilardik. Keyin kim o'zini ishonchliroq sezsa, o'sha tepardi. Men 7 yoki 8-bo'lib tepardim, men yoki Giggz. Unda katta tajriba borligi va Rayan tepishini aytdim. U gol urdi va keyin mening navbatimgacha etib kelmadi. Giggz 40 yoshgacha ham o'tkir o'yinchi bo'lib qoldi. U birdaniga yo'nalishini o'zgartirishi mumkin edi.
- O'sha finaldan keyin “Lujniki”ni qanday tark etdingiz va uyga jo'nashdan avval nima qildingiz?
- Oh, o'sha tun buyuk bo'lgandi. “Spartak” uchun “Lujniki”da o'ynagandim, shu sababli meni tabriklashga kelgan do'stlarim ko'p edi. Rossiyada menga yaxshi bo'lgan. Serbiyani ilk bor tark etganimda menga qiyin edi va vaqt o'tishi bilan Rossiyada ko'p narsalarni o'rgandim, uni yoqtirib qoldim. “Manchester Yunayted” bilan u erga qaytishdan xursand edim. O'sha tun Moskvada uxlamagandim. Kechamiz uzoq davom etgandi.
- Manchesterda iqlim va taomlarni qanchalik ko'ra olmagansiz?
- Boshida iqlimga ko'nika olmagandim.
- Moskvadagi hayotdan keyin hammi?
- Moskvada qishda sovuq, ammo u erda quyosh porlaydi va yomg'ir kam. Angliyada taomlar bilan barchasi joyida edi. Bazada yaxshi taomlar tayyorlanardi, uyda rafiqam serbcha ovqatlar pishirardi. Karringtonda mendan serbcha ovqatlar yoqishi haqida so'rashardi.
Uch o'g'limiz – ular 9, 7 va 4 yoshda – barchasi Manchesterda tug'ilgan. U erda faoliyatimning eng yaxshi davri o'tdi va haligacha shaharda uyim bor. Yagona muammo ob-havo bilan bo'lgan. Manchester shahri, uning hayot surati va odamlari menga yoqqan.
- Fergyuson sizni Serbiyaga qaytib, harbiy xizmat qilishdan qaytarib qolgani rostmi?
- Yaxshi savol. U bu haqida kitobida yozgan. Mashg'ulot maydonida sayr qilib yurganimizda u Serbiyada nima ro'y berayotganini so'radi. Jahlim chiqqanini ko'rib, buni o'zicha qabul qilgan bo'lsa kerak. Haqiqat shuki, hech kimga hech qachon armiyada xizmat qilish uchun qaytishni xohlashim haqida gapirmaganman.
- “MYU” uchun biror uchrashuvni qayta o'ynash imkoni bo'lganda qaysi bahsni qaytadan o'ynardingiz?
- 2007 yilgi Angliya Kubogi finalini. “CHelsi”ga 0:1 hisobida yutqazganmiz. Uni takror va takror o'ynagan bo'lardim. Juda xafa bo'lgandim. Angliya Kubogi klub bilan qo'lga kirita olmagan yagona sovrinim sanaladi. “Yunayted” bilan yutilgan o'yinlarni qayta o'ynamasdim, chunki ularni boy berish ham mumkin. Yana “Barselona”ga boy berilgan ikki finalni ham qaytadan o'ynashga rozi bo'lardim.
- Murabbiylik faoliyati haqida o'ylayapsizmi? Qanday murabbiy bo'lardingiz?
- Buni xohlayman, ammo dastlab kimningdir qo'l ostida 1-2 yil ishlashni istardim. Murabbiylardan olgan tajribamni ishga solishni istayman. Aleks Fergyusondan ko'p narsalar o'rganganman. Murabbiy sifatida men siz maydonda ko'rgan Nemanya bo'lmayman. Bu umuman boshqa rollardir.
Behzod NAZAROV tayyorladi.

Fikrlar