So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  31 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Intervyu. Murot Yakin: “Ruslar boylik bilan faxrlanishni yoqtirishadi” Yangiliklar

Intervyu. Murot Yakin: “Ruslar boylik bilan faxrlanishni yoqtirishadi”

“Spartak”ning sobiq bosh murabbiyiga aylangan Murot Yakin SHveycariyaning “Blick” gazetasi bilan suhbatda Rossiyadagi faoliyati va jamoadan ketishi sabablari to'g'risida savollarga javob qaytardi.
– Moskvada bir yillik faoliyatdan keyin yana SHveycariyaga qaytdingiz. Rus mentalitetini namoyish etadigan biror esda qolarli voqeani aytib bersangiz.
– Biz o'tirib tushlik qilyapmiz. Restoran oldiga uchta qora mashina boshqaruvida qimmatbaho avtomobil kelib to'xtadi. Xuddi Jeyms Bond filmlaridagi singari. Birdaniga bir necha qo'riqchi paydo bo'lib, restoranga nazar solishdi. Keyin esa mashinadan bir erkak tushib, qo'riqchilar hamrohligida restoranga kirib keldi. Uning kim ekanligi barchaga qiziq edi. O'sha odam jamoatchilik uchun umuman notanishligi malum bo'ldi. Bu shunchaki shou edi. Bu odatiy hol: ruslar boyliklari bilan maqtanishni xush ko'rishadi. Bunday holatni SHveycariyada umuman kuzatmaganmiz.

– Rossiyadagi sarguzashtlaringiz yakunlandi. Omadsizlikka yuz tutdingizmi?
– Bu haqida boshqalar aytishlari kerak. Bu qanday qarashga bog'liq. Men bunday deb o'ylamayman. “Spartak” men uchun yaxshi tajriba bo'ldi.

– Unda klubdan ketishingizning sababi nimada?

– Ko'p narsalar bilan. Iqtisodiy muammoning ham tasiri sezildi. Klub ichida ham kutilmagan narsalar ro'y berdi. Klub prezidentining istefoga chiqishini kutmagandim. Uning qarori tufayli bosh direktor bilan shartnoma uzaytirilmadi. Bu men uchun klubda katta o'zgarishlar bo'lishidan darak beruvchi belgi edi.

– Demak, bo'shatilmaslik uchun shunday qarorga keldingizmi?
– Vaziyat mening foydamga ko'rinish olmadi. Qisqa vaqtda ko'p narsalar o'zgardi. “Spartak”dagi prezidentning ketishi elon qilingach, vaziyat notinch edi. Klub rivojlanishning boshqacha yo'nalishini tanlashini bildim. Bunday holatda bo'ronni kutish ham mumkin, yoki ertaroq harakat qilib, kelajak to'g'risida suhbatlashib olish mumkin.

– Qishda yangi transferlarga vada berishgandi. Buning o'rniga tarkib qisqartirildi. Sizning ustingizdan kulishdi deb aytish mumkinmi?

– Albatta, jamoa sifatini yo'qotgani yaxshi emas. Biroq shunchaki shikoyat qilish yordam bermaydi. Klub rahbariyati bilan urushib, ko'p kunni yo'qotish mumkin. Yoki senda bor narsadan maksimum foyda chiqarishga urinib ko'rish kerak.

– Armanistonlik Ozbiliz sizning turk ekaningiz sababi o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani haqida gapirdi. Jiddiy ayblov!
– Meni racizmda ayblash bilan bog'liq bu voqea meni ajablantirdi. Juda hissiyotli emasman, biroq bu qalbimni yaraladi. O'ylab topilgan ayblov umuman kerak emasdi.

– Nima sizda ko'proq taassurot qoldirdi?
– Rossiya to'g'risida ko'p gaplarning yolg'on ekanligi. U erda odamlar juda ochiq, muloqotga shay. Atrofga tez ko'nikib ketdim, meni shunchaki chet ellik murabbiy sifatida qabul qilishmadi. Bu qiyinroq bo'ladi deb o'ylagandim.

– Tanaffus olmoqchi ekaningizni aytdingiz. Ruhingiz tushib ketdimi?
– Yo'q, hayotda barcha o'ylar bilan bir qarorga kelish uchun vaqt topish lozim. Hozir birinchi navbatda tatilga jo'nayman va boshdan o'tkazganlarimni yo'qqa chiqaraman.

– Hozir kun tartibingiz qanday? Qizingiz uyda ko'proq bo'lishingizdan xursand bo'lsa kerak?
– Qizim meni tez-tez ko'rishidan xursand bo'lishini tasdiqlay ham, rad eta ham olmayman. U hali gapirmaydi (kuladi). Lekin u bilan kundan-kunga rohatlanayotganimni ayta olaman.

– Uning holati qanday?
– Ajoyib, barchasi yaxshi. U tez o'smoqda. Arava bilan yurganda jarohat olmasligi uchun kuzatishga to'g'ri keladi.

– Xorijda biror klubni boshqarishni istaysizmi yoki SHveycariyada ishlashni xohlaydigan klubingiz bormi?
– Bu to'g'rida o'ylab ko'rmadim. Kichik bola bilan tatilga ketayotgan odamda qanchalik ish ko'pligini bilsangiz, menda qanchalik asabiylashish borligini tushunardingiz.

– “Yang Boyz” – variantlardan birimi?

– Hozir aytadiganlarim noto'g'ri bo'lishi mumkin. Bu jamoaga jiddiy qarayman va o'ylaymanki, klub keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashda birinchi qatorlarda bo'ladi.



Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика