So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Intervyu. Miralem Pyanich: “Yuventus” va “Roma” o'rtasidagi farqni o'zim ko'rib turibman” Yangiliklar

Intervyu. Miralem Pyanich: “Yuventus” va “Roma” o'rtasidagi farqni o'zim ko'rib turibman”

“Yuventus”ning bosniyalik yangi futbolchisi, yarim himoyachi Miralem Pyanich “Yuventus Stedium”da matbuot anjumanida ishtirok etib, Turin jamoasi o'yinchisi sifatida tanishtirildi.

- “Yuventus” raqibi sifatida jamoa bilan tanishishga ulgurgansiz. O'ylaringiz bir haftalik ishdan keyin to'g'ri bo'lib chiqdimi yoki kutilmagan holat bormi?
- O'tishimga qadar jamoa va klub bilan tanish edim. Bir oz bo'lgach, ko'plab yangi narsalarni ko'rdim va “Yuve” bilan “Roma”ni qanday farqlar ajratib turganini bildim. Bu erda baxtliman. Mendan talab qilingani uchun ko'p ishlayapman, buni darhol tushundim. Jamoaga katta yutuqlarga erishishida yordam berishni xohlayman. O'tgan mavsumda erishilgan muvaffaqiyatlarni takrorlashni istayman va yanada kattaroq g'alabaga erishmoqchiman. Avvalgi va hozirgi taassurotlarim o'rtasida katta farq bor.

- “Roma”ning “Yuventus” bilan o'yinlari siz uchun nimani bildiradi? Sizni “Olimpiko”da qanday qabul qilishadi?
- U erga qaytishdan xursand bo'laman. Unutilmas 5 yilni ajoyib ishqibozlar va do'stlarim bilan o'tkazdim. O'yin men uchun o'zgacha bo'ladi, chunki shaharda odamlar orasida ajoyib yillar kechirdim. Endi yangi jamoamda birinchi kundan yangi maqsadlar va oldimga qo'yilgan vazifalarni bajarishga intilaman. Menga nisbatan hushtakbozlik qilishlarini bilaman, chunki jamoani noxuk oqibatsiz almashtirish qiyin. Bugun baxtliman va “Olimpiko”ga qaytib, “Roma” bilan bellashishdan xursand bo'laman.



- “Roma” va “Yuventus” o'rtasida qanday farqlarni sezdingiz?
- Uni birinchi kundan his qildim. Jamoa meni iliq qarshi oldi va ijobiy xabarlar yo'llashdi. Buyuk jamoada ajoyib insonlar va o'yinchilar bilan ishlashim haqida tushuncha berishdi. Ular oxirgi yillarda shuncha ko'p sovrinlar yutishdi, meni iliq qabul qilishdi. Bu jamoaviy ahillik evaziga bo'lganini bildim. Hamma meni bu erda ko'rishdan xursand va yordam berishga tayyor. Bu meni ilhomlantiradi. Oxirgi haftalarda juda qattiq ishladik va tayyorgarlik jarayoni “Roma”dagidan farq qildi.

- Allegri bilan suhbatlashdingizmi? Jamoada to'p bilan ishlash texnikasi tufayli yangi Pirloga aylana olasizmi?
- Murabbiy bilan o'rtamizda munosabat ajoyib. Bir-birimizni yaxshiroq bilib, ishonib, maydondagi rolim haqida malumotga ega bo'lyapman. Hozircha mehnat qilib, tayyorlanish bilan bandmiz. Rasmiy uchrashuvlar boshlanishiga yaxshi tayyorgarlik bilan etib borishga harakat qilyapman. Poziciyam to'g'risida o'tishimga qadar murabbiy bilan kelishib olgandim. Foydali o'yinchi bo'lishga intilaman. “Roma”da ham uch himoyachi bilan to'p tepganman. To'pni qabul qilib, boshqalar bilan o'ynashdan qo'rqmayman. Murabbiy qaysi joyda foydam ko'proq bo'lishi uchun zarur xulosaga keladi. Jamoaga moslashib, foydali bo'lishga urinaman. Pirlo – buyuk o'yinchi. U bu erda o'tkazgan yillarda boshqalar uchun namuna bo'ldi. “A” seriyada men uchun eng kuchli yarim himoyachi bo'lgan. Men esa o'zimdan Allegri talab qilgan narsani bajaraman. Pirlo bilan o'rtamizda farq bor, u beqiyos futbolchi. “Yuve” va o'zi o'ynagan klublarda juda muhim o'yinchiga aylangan. Klub esa men bilan unga foyda berishimga ishongani uchun shartnoma imzoladi va maksimum imkoniyatlarimni ishga solishga urinaman. Yanada kuchliroq va jamoaga uchun asosiy futbolchi bo'lishga intilaman. Jamoaga kirishib ketib, maydonda o'rnim bo'lishiga harakat qilaman. Umid qilamanki, Pirlo bajargan ishlarni uddalay olaman.

- Jamoa siz bilan standart holatlarda ustunlikka ega bo'ladi. Bunda sizni kim ilhomlantirgan?
- Men “Lion”da Junino bilan ishlagan mutaxassis bilan mehnat qildim. Har bir futbolchida jarima zarbasi tepishda o'ziga yarasha uslubi va texnikasi bo'ladi. Men o'z ustimda hamisha ishlayman. O'yin taqdirini hal etish uchun to'pni xavfliroq tepishga intilaman. Muhim katta bellashuvlarda bu katta ahamiyatga ega bo'ladi. O'sishga harakat qilaman. “Yuventus”da bu borada mahoratli ijrochilar borligini bilaman.

- Jamoadoshlar bilan CHempionlar ligasi haqida suhbatlashdingizmi yoki o'tgan mavsumda erishilgan chempionlik va kubok to'g'risida?
- Eng muhimi – o'tgan yilgi sovrinlarni saqlab qolish. “Yuve”dek buyuk klub har bir musobaqada g'olib chiqishga intiladi. CHempionlar ligasi, chempionat va kubokda kim bilan o'ynamaslik g'alaba qozonishga urinamiz. Maqsadimiz doimo yuqori. Asosiy vazifa Skudettoni qo'lga kiritib, tarixda yangi sahifa yaratishdir. Qatorasiga 6-chempionlik ajoyib muvaffaqiyat bo'lardi. Jamoaga bunda yordam bera olaman deb o'ylayman.

- “Yuventus”ga o'tish haqida qaroringizni “Roma”da qo'llab-quvvatlaganlar bo'ldimi? Barcha bu qadamingizni tushundimi?
- Hamma tabrikladi va xayrlashishdan afsusda ekanini bildirdi. Ko'plab muhim xabarlar oldim. SHartnoma imzolashdan avval Spallettiga qo'ng'iroq qildim. Totti va De Rossiga xabar jo'natdim. Men bilan 5 yil davomida birga bo'lgan insonlarga minnatdorchilik bildirdim. Tanlovim shunday bo'ldi va taqdir. Futbolchining faoliyati qisqa. Rimda ajoyib 5 yilni o'tkazdim va ularni hech qachon unutmayman. O'tish haqida qaror qilish oson bo'lmadi. Bir klubda buncha o'ynagandan keyin bu engil kechmaydi. Jamoa xafa bo'ldi, chunki ular meni qadrlashardi. Nafaqat jamoadoshlarim, balki butun Rim bilan yaxshi munosabatdaman. Yigitlar meni yaxshi o'tish bilan tabriklashdi va ular bilan birga o'ynamasligimdan xafa ekanlarini takidlashdi. Totti va boshqalardan olingan xabar yuragimga etib bordi, ammo bu futbol va hayot davom etadi. Endi buyuk klubda buyuk futbolchilar bilan birga sovrinlar yutishga umid qilaman. Faoliyatimni davom ettirish uchun to'g'ri jamoani tanladim. “Yuve” men bilan oldindan qiziqqandi. Klub jiddiy ish olib bormoqda.

- Qaysi raqamni tanladingiz va Pogbaning sobiq uyida istiqomat qilasizmi?
- Pogbaning qaerda yashaganini bilmayman, ammo bu uning uyi deb o'ylamayman. Avstraliyadan qaytib kelgach, ko'chib o'taman. Uni tatil vaqtidayoq tanlagandim. Uying bo'lsa, moslashish osonroq kechadi. Bu masalani tezroq hal qilishga intildim. Raqamga kelsak, 5ni tanladim. Avval 15-raqamli libosda o'ynardim. Bu erda u band edi. 5-raqam kumirim sanalgan Zidan bilan bog'liq va bundan faxrlanaman.

- Yarim himoyadagi raqobat sizni xavotirga solmaydimi?
- Yo'q, raqobatdan qo'rqmayman. Bu bizning ishimiz, biz ko'pchilikmiz va murabbiy ixtiyoridamiz. Jamoaga yordam berish uchun tayyorman. Murabbiy tanlagan futbolchi maydonga tushadi. Ko'proq o'ynashga intilaman, chunki u erda jamoaga yordam berish mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика