So’nggi yangiliklar

14:08Агент Альвареснинг "Атлетико" бўйича позициясини ошкор қилди  1 13:12Довбик янги клуб қидирмоқда  3 12:28АПЛнинг икки клуби Ковачични ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:47"Реал" ва АПЛнинг тўрт гранди Йилдизга даъвогарлик қилмоқда  6 11:19"Реал" Эндрикни Бундеслига клубига ижарага бериши мумкин  2 10:45Онана? IFFHS 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони номинациясига номзодлар рўйхатини эълон қилди  3 10:17Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...  16 09:51МЮ Бруну Фернандешнинг трансферидан қанча ишлаб олиши маълум  3 09:22"Андижон"дан трансфер тақиқи ечилди  2 08:55"Ливерпуль" "Эл Класико" вақтида "Реал"нинг икки нафар футболчисини кузатиб боради  3 08:28"Барселона" президенти: "Реал"ни мағлуб этишимизни томоша қилишдан ҳеч қачон чарчамайман"  28 08:01Месси дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" ғалабани қўлга киритди  9 07:40Суперлига. Бугун Водий дербиси бор  13 01:45А Серия. "Милан" кутилмаганда очко йўқотди  14 01:15Артета "Арсенал" "Челси" рекордини янгилашни истаётганини айтди  6

Intervyu. Milan Mitrovich: "Bir yil ichida “So'g'diyona"da ko'p narsa o'zgardi" Yangiliklar

Intervyu. Milan Mitrovich: "Bir yil ichida “So'g'diyona"da ko'p narsa o'zgardi"

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Superliganing ikkinchi davrasini ajoyib tarzda boshladi.

Dastlab Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoa Jizzaxda amaldagi O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi. So'ngra Qo'qonda mehmon bo'lgan "So'g'diyona" 2:1 hisobida zafar quchib ortga qaytdi. 16-turda esa jizzaxliklar o'z maydonida “Qizilqum”ni 1:0 hisobida taslim etishdi. Mazkur o'yinlarda “So'g'diyona” posboni Milan Mitrovich o'zini ajoyib tarzda namoyish etdi. Serbiyalik darvozabon o'z jamoasining g'alabalariga munosib hissa qo'shdi. Biz legioner posbon bilan suhbatlashdik.

- O'tgan yil yozdan buyon O'zbekistondasiz. SHu davr ichida nimalar o'zgardi?

- Ko'p narsa o'zgardi. Murabbiydan tortib futbolchilargacha, jamoa o'yinidan tortib mening o'yinimgacha. Bir yil oldin jamoaga kelganimda tezda kirishib keta olmagandim. Boshqa iqlim, boshqa mamlakat, o'zgacha taomlar... Men uchun juda qiyin bo'lgandi. Endi esa bularning bariga ko'nikib ketdim va bu ajoyib.



- "Lokomotiv"ga qarshi bahsda "So'g'diyona" sensacion tarzda g'olib bo'la oldi. O'sha o'yinda siz bir necha bor jamoaingizni qutqarib qoldingiz.

- "Lokomotiv" bilan o'yin juda og'ir o'tdi. "Lokomotiv" oxirgi uch yilda O'zbekiston chempionligini hech kimga bermay kelmoqda. Bunday jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Biz raqibni o'rganib chiqdik, ularga qarshi maxsus taktikada maydonga tushdik. Murabbiy qanday o'ynashimiz kerakligini tushuntirib berdi. Biz "Lokomotiv"ga qarshi ikkala o'yinda murabbiyning aytganlarini 90 foizga bajara oldik deb o'ylayman. Toshkentdagi ilk o'yinda biz yaxshi o'ynagandik, 88 daqiqa davomida durang natijaga erishdik. Ammo so'nggi daqiqalarda konsentraciyani yo'qotib qo'yishimiz natijasida raqib ikkita gol urib ketgandi. Barchamiz shokka tushib qolgandik. Yana besh daqiqa bexato o'ynaganimizda ijobiy natijaga erishgan bo'lardik. Afsuski o'sha bahsda yutqazib qo'ydik. Jizzaxdagi bahsdan oldin raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida to'liq tasavvurga ega edik. Biz tartibli o'ynab sabr bilan kutdik. "Lokomotiv"da ham, bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. So'nggi daqiqada biz qarshi hujumdan keyin gol ura oldik. Goldan keyin stadionda nimalar sodir bo'lganini ko'rganingizda edi, bu shunchaki ajoyib edi. Juda shirin g'alaba bo'ldi.

- "So'g'diyona" ustozi Ulug'bek Baqoevga qanday tarif bera olasiz? U qanday murabbiy ekan?

- Ulug'bek Baqoev ajoyib murabbiy. U har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaydi, mag'lub bo'lishni yomon ko'radi. U kuchli xarakterga ega inson. Uning butun quvvati futbolchilarga o'tmoqda va natija shunga yarasha bo'lmoqda.

- Ayni paytda kimni O'zbekistondagi eng kuchli darvozaboni deb hisoblaysiz?

- O'zbekistonda ko'plab tajribali va yosh posbonlar bor. Ular orasidan kimni alohida ajratib ko'rsatishim mumkin? Masalan, "Paxtakor"da ikkita ajoyib darvozabon bor, Quvvatov va Suyunov. "Dinamo" safida o'ynayotgan Botirali Ergashev, "Navbahor"da O'tkir Yusupov bor.



- "So'g'diyona" bu mavsumni nechanchi o'rinda tugatishi mumkin deb o'ylaysiz?

- "So'g'diyona" Yaratgan yordamida yaxshi natijaga erishishi mumkin. Agar barcha futbolchilar sog'-salomat bo'lsa, jarohatlar bo'lmasa, yaxshi mashg'ulot o'tkazishda davom etsak natija ham keladi. Bizning o'z maqsadimiz bor, ammo uni ayta olmayman. Butun klubimiz shunga harakat qilmoqda. Agar barchasi yaxshi kechsa "So'g'diyona" mavsum yakunida qaysi o'rinda bo'lishini ko'rasizlar.

- Yurtimizda ko'plab serbiyalik futbolchilar faoliyat olib borishmoqda. Kimlar bilan yaqin munosabatdasiz?

- Dragan CHeran, Marko Simich, Vladimir Bubanya, Yovan Jokich, Darko Stanoevich kabi hamyurtlarim bilan ko'rishib turaman. Boshqa hamyurtlarim bilan ham gaplashib turaman, ammo afsuski barcha ham bitta shaharda emas. Qachon Toshkentga kelsak albatta ko'rishamiz, kofe ichamiz, futbol va boshqa narsalar haqida gaplashamiz.

- Jizzaxlik futbol muxlislari qanday ekan?

- Futbol muxlislariga gap bo'lishi mumkin emas. Ular doim bizni qo'llab-quvvatlashadi. Xatto mag'lubiyatlardan keyin ham. Ular g'alaba va mag'lubiyatlarda biz bilan birgalar. Muxlislarimiz haqiqiy 12-o'yinchimiz. Stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlaydigan, televizor orqali muxlislik qiladigan barchaga rahmat aytaman.

- Nima uchun aynan darvozabon bo'lgansiz? Nega hujumchi yoki himoyachi bo'lmagansiz?

- Qanday qilib darvozabon bo'lganim to'g'risi aniq esimda yo'q. Kichkinaligimda maktabda futbol o'ynardik va hech kim darvozaga turishni istamasdi. O'qituvchi esa bo'yim eng uzun bo'lgani uchun meni darvozaga qo'ygandi. SHunday qilib darvozada turish menga yoqib qolgandi.



- Yoshlikdan kimning o'yinlariga havas qilgansiz?

- Dunyoda ko'plab kuchli darvozabonlar bor. Lekin men kichkinaligimdan ispaniyalik Iker Kasilyasning o'yinlariga havas qilib kelaman. U "Real" safida ko'plab sovrinlar yutgan. Bundan tashqari Ispaniya terma jamoasi bilan birga Evropa va Jahon chempioni bo'lgan. Uning darvozadagi harakatlari juda tezkor va aqlli. Bugungi kunda yoshi ancha katta bo'lsa ham Portugaliyaning eng kuchli klubida o'ynamoqda va ECHLda rekordlarni urishda davom etmoqda.

- "So'g'diyona"dan oldi qaysi klublarda o'ynagansiz?

- Faoliyatimni Serbiya birinchi ligasida boshlaganman. 2014/2015 yilgi mavsumda "Moravac Mrshtane" sharafini himoya qilganman. 30ta o'yinning 28tasida maydonga tushgandim. Afsuski klub quyi divizionga tushib ketgandik. O'sha mavsum hozirda "Paxtakor"da o'ynayotgan Husniddin G'ofurov "Yavor" safida mening darvozamga gol urgan edi. Keyin uch mavsum davomida Makedoniyaning "Sileks" klubida o'ynadim. Kratovo shahri jamoasi safida 2016 yilda Makedoniya chempionati bronza medaliga ega chiqqanman.

- Futboldagi orzuingiz qanday?

- Yoshligimda televizor orqali futbol tomosha qilgarnimda o'zimni xorij klubida o'ynashim, Serbiya terma jamoasi safida to'p tepishni orzu qilardim. Qaysidir manoda orzumga erishdim. Serbiya yoshlar terma jamoasida o'ynadim, hozir esa chet el klubidaman. Yoshligimdagi orzularim amalga oshgani uchun yaratgandan minnatdorman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика