So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  11 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  21 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Intervyu. Lui van Gal: “Evropaning to'rtta kuchli chempionatida g'olib chiqishim uchun MYU bilan chempion bo'lishim zarur” Yangiliklar

Intervyu. Lui van Gal: “Evropaning to'rtta kuchli chempionatida g'olib chiqishim uchun MYU bilan chempion bo'lishim zarur”

Xalqaro CHempionlar Kubogida “Barselona”ni mag'lub etgandan keyin bir necha soat o'tgach, “MYU” bosh murabbiyi Lui van Gal britaniyalik jurnalistlar bilan uchrashib, ularning savollariga javob qaytardi.


“Daily Mail” bu intervyuni to'liq ko'rinishda o'quvchilariga havola etdi.


- Lui, o'tgan yili sizga barbod bo'lgan jamoa qolganini aytgan edingiz. Uni to'g'rilab bo'ldim deb hisoblaysizmi?

- Ayni paytda jamoamizda ko'proq to'g'ri uyg'unlik bor. Har bir poziciyaga 2 nafardan futbolchi mavjud, o'tgan yili aksariyat matbuot anjumanlarida aynan shu haqida gapirgandim. Bizda to'g'ri taqsimot yo'q edi va men futbolchilarni ular o'ynashga ko'nikkan poziciyalardan boshqa joyda sinab ko'rishga majbur bo'lgandim.

Bu tarafdan yaxshiroq ko'rinishdamiz, lekin tayyorgarlikni odatdagidek olib boryapmiz. O'yinchilar men va murabbiylar bilan yil davomida ishlab, flasafamizga ko'nikib ulgurishdi. Endi yangi o'yinchilar bilan ham shuni amalga oshiramiz. Bu har yili ro'y beradi, chunki tarkibni har doim yangilab borish kerak.

- O'tgan yili chempion va sizning o'rtangizda sezilarli farq bor edi. Bu yil uni qisqartirish uchun etarlicha imkon oldingizmi?

- O'sha farq shunchaki bizning yomon startimiz oqibati edi. Agar mavsumni yomon boshlasangiz, sizni yoqimsiz syurprizlar kutadi.

- Hozir jamoa omadliroq startga tayyormi?

- Bilmayman. Bu yana ro'y berishi mumkin, lekin har kuni yigitlarga aytaman: “Eng muhim narsa ayni paytda “Tottenxem” bilan birinchi o'yin”. “Barselona” bilan uchrashuvda o'yinimiz natijadan ko'ra yaxshiroq bo'ldi. To'g'ri, natija ijobiy bo'ldi, lekin omad ham kulib boqdi. Agar omad bizga o'tgan yili “CHelsi” bilan safardagi bahsda boqqanda, yakuniy natija boshqacha bo'lishi mumkin edi.

- Hozircha 17 nafar o'yinchini qo'yib yuborib, 10 nafarini tarkibga qo'shib oldingiz. SHunchalik o'zgarish qilishga to'g'ri keladi deb o'ylaganmidingiz?

- Jamoani doimo yangilash borish zarurligiga ishonaman. Bu jangovar ruhni saqlab qolib, har bir futbolchini asosiy tarkibdagi o'rni uchun kurashishga majbur qilishda kerak. Kelgunimgacha bunday narsa qilinmagandi. Jamoada yoshi 34-35 yoshga etgan kattalar ko'p edi va biz qisqartirish qilishga majbur bo'ldik. Bu qiyin bo'lganini tan olish kerak, chunki bu erda yangi edim, ammo hammasini darhol amalga oshirish lozim edi. Yakunda tanlov bilan holatga oydinlik kiritdim. Mavsumga tayyorgarlik jarayonidan so'ng bazi futbolchilarga ketishga ruxsat berdim va xaridlarni avgustning oxirgi kunida qildik.

- Uch yilda rejalashtirgan darajaga chiqib borishni o'ylayapsizmi?

- Umid qilamanki, faoliyatimni chempion sifatida yakunlayman. Bu ajoyib bo'lardi, “MYU” ham shuni istaydi. Maqsadim 4ta chempionlik sovriniga 4 mamlakatda ega chiqish sanaladi – menimcha, eng yaxshi 4 davlatda.

- Joriy mavsumda sizda va jamoada premer-ligani yutishga imkoniyat bormi?

- “Manchester Yunayted”da talabimizga mos keladigan o'yinchilarni xarid qilamiz. Bizga o'tgan har bir futbolchihaqida shunday yozishingiz mumkin. Siz to'g'ri kelgan birinchi familiyani ayta olasiz, biz bunday qila olmaymiz.

Zarur futbolchini tanlab olish qiyin. Futbolchi, uning klubi bilan barcha masalani hal qilib, narx va beriladigan pullarni hal qilish darkor. Barchasi siz o'ylaganchalik oson emas. Memfis Depay anchadan buyon iqtidorini ko'rsatmoqda va o'z yosh toifasida eng yaxshilardan biri. Buni matbuot va jahon chempionatidagi ko'plab murabbiylar etirof etishdi. Matteo Darmian safimizga kuchli klubdan kelmadi, lekin u “Milan” tarbiyalanuvchisi sanaladi. U kechroq o'zini ko'rsatdi, lekin u jamoaga xuddi Bastian SHvaynshtayger kabi yordam beradi deb o'ylayman. Bastin katta va foydali futbolchi. Morgan SHnayderlin oldinga yana bir qadam tashlashi zarur, chunki “Sautgempton”da u etakchi edi, biroq endi u bu erda. Men unga ishonaman, chunki Morgan hozir jamoamiz tarkibida. Yana futbolchilar kerak, lekin hamisha o'zing xohlagan o'yinchilarni jalb qila olmaysan.

- Qatiyatlik qaror qabul qilishda qanchalik muhim? Barcha ham Robin van Persining ketishiga ruxsat bermasdi.

- Bu ham jarayon. Bu bir yilni birga o'tkazganimiz natijasi. Barchani kuzatish lozim. Odamlar van Persi yoqimtoyim ekani va shu sababli uni himoya qilishim haqida yozishdi. Ha, bazan shunday bo'lgandir. Lekin yakunda qaysi futbolchilar jamoaning 4-pog'onani egallashida ko'p hissa qo'shgani, kimlar ozroq hissa qo'shgani va kimlar umuman ahamiyatga ega bo'lmagani haqida xulosa chiqarish lozim. Keyin esa qaror qabul qilasan. Qaror aniq faktlarga asoslangan bo'lishi kerak, boshqa biror narsaga emas.

- Siz “Van Persi kelasi mavsumda hujumda menga kamroq narsa beradi” deb o'yladingizmi?

- Menda hamisha Ueyn Runi bor. Mavsum davomida barcha uning hujumchi ekanligini yozdi, hozir esa van Persi to'g'risida so'rayapsiz.

- Agar Runi jarohat olsa, “Manchester Yunayted” etarlicha gollar ura oladimi?

- Yanuzay qanday o'ynayotganini ko'rdingizmi? 2 haftadan keyin CHicharitoni ko'rasiz, yana biror hujumchi sotib olarmiz. Har doim jamoadagi jarayonni baholab boraman.

- O'yinchilarni sotib olish qiyinligini aytdingiz. Agar kuchayishga erishimasa, hozirgi ijrochilar bilan qo'yilgan maqsadga erishish mumkinmi?

- Men Yanuzay, CHicharito yoki Uilsonga ishonishim mumkin. Depay ham hujumchi vazifasida o'ynay oladi.

- Ehtimol, Runi siz uchun Serxio Aguero “Siti” yoki Diego Kosta “CHelsi” uchun qilayotgan ishni amalga oshirib berar?

- Runi bu mavsumda kamida 25ta gol urishini aytdi. O'tgan yili eng yaxshi to'purar 12, van Persi 10ta gol urdi. Agar menda 25ta gol uradigan hujumchi bo'lsa, yana Runi o'z vadasini amalga oshirsa, bu biz uchun etarli bo'ladi.

- Demak, chempionatni yutish uchun sizga 25ta gol uradigan hujumchi zarurmi?

- Faqat Runi emas, boshqalar ham gol urishi kerak. Va biz kamroq to'p o'tkazib yuborishimiz zarur.

- Odamlar har doim Yanuzayni qanot futbolchisi deb hisoblagan. Siz esa uni hujumda o'ynay oladi deb hisoblaysizmi?

- Unga bu joyda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berdim va buni qanchalik bajarayotganini ko'rish lozim. U bunga qodir, “Barselona” bilan uchrashuvda hujumchi sifatida mahoratini namoyish etdi.

- Arsen Venger “MYU” muvaffaqiyatga yo'lni sotib olayotgani haqida gapirdi. SHu tufayli siz qarashlaringizdan tiyilib turishingiz kerak bo'ladi.

- Men hamkasblarimni muhokama qilmayman. Gaplari uchun faqat ular javob beradilar.

- Lekin siz yoshlarni birinchi jamoaga jalb etayotganingiz sababli u nohaqdek.

- Buni yozishingiz mumkin, biroq men javob berishni xohlamayman.

- Siz uchun eng muhim narsa yana chempionlik sovriniga tezroq ega chiqishmi?

- Javobim tasdiqlovchi bo'ladi deb o'ylamayman. Biz uchun muhimi – chempionlik uchun kurashish.

- Ortga boqib, klublar futboliga qaytganingizning birinchi yilida klubda ishlashsiz zerikib qolganman deya olasizmi?

- Maydonda bo'lish, mashq qildirish va yoshlarni rivojlantirib borish menga yoqadi. Terma jamoa bilan ishlayotganda futbolchilarni yilda 8 marta ko'rasan, asosiy farq shunda. Lekin bu ham baribir ajoyib ish bo'lgandi, mehnat tufayli muvaffaqiyatga erishdik. Gollandiyada bizdan buni kutishmagandi.

Mamlakat ajablanib, minnatdor bo'ldi. U erda buni kutish qiyin. Menda o'z maqsadlarim bo'lgandi. Men ishlab, Evropaning 4 chempionatida g'olib bo'lishni istaganman. Evropa va jahon chempionatida qatnashishni niyat qilgandim. Mundialdan 6 oy avval klublar futboliga qaytishim to'g'risida aytgandim. Buni amalga oshirdim. Jahon chempionatidan keyin Angliyadan taklif olganim haqida takidlagandim.

- Agar 2 yildan keyin “Yunayted” boshqaruvi yangi shartnoma taklif qilsa, bunga rozi bo'lasizmi?

- Kim biladi? Biror narsani aniq aytib bo'lmaydi. O'tgan yili xotinimga Manchesterga borishimizni aytgandim, avvalroq esa faoliyatimni 55 yoshda tugataman deganman. 64 yoshga to'lishimga bir necha kun qoldi va men hamon ishlayapman.

- Ish siz uchun giyohvand modda kabimi?

- Bazida undan qochib ketaman, farqi shunda. Ikki marta ijodiy tatil olganman va ulardan hech biri bir yilga ham etib bormagan. Lekin bu juda yaxshi bo'lgandi. Rafiqam bilan Portugaliyadagi ajoyib joyga yo'l olamiz. Futboldan malum muddatga qochib, boshqa narsalar bilan ovora bo'lganman.

- CHempionlik sovrinini qo'lga kiritmasangiz, 2 yildan keyin ketishga tayyormisiz?

- Albatta, bu juda alamli bo'ladi. Biroq bunday holda meni “MYU”dan bo'shatib yuborishadi.

- Klub siz aytgan narsalarni amalga oshirgani uchun bosimni his qilyapsizmi?

- SHubhasiz, klubda etiborga egaman, biroq har doim boshqaruv kengashini eshitishim kerak. Hozir klubda qanday imkoniyatlar borligi muhim. Albatta, o'z so'zimga egaman va bu erda turganimning asosiy sababi ham shunda. O'zimga olayotgan bosim mavjud, biroq bu sinov xohish va ishtiyoqimga to'g'ri keladi. Tashqi bosimga dosh berishim uchun menda ichki bosim mavjud. Menda ko'p energiya bor va qo'riqchilar menga bu to'g'risida gapirishadi.

- Hozirgi jamoani van Galning “Yunayted”i deb aytish mumkinmi?

- Yo'q, hozircha bu mening jamoam emas. Nima uchun? CHunki bizga yana uyg'unlik va o'yinda ijodkorlik lozim. “Barselona” darvozasiga ikkinchi gol ajoyib urildi. Va futbolchilar faqat mashg'ulot orqali emas, balki o'zlari shunday holatlarni o'yinda sodir etishlari kerak. Keyin biz bularni omuxta qilamiz. Bizga ijodkor o'yinchilar kerak. Masalan, “CHelsi”da Eden Azar, Villian va Oskar bor, ularning bari ijodkor futbolchilar. Bu darvozasi oldida “avtobus” qo'yib oladigan jamoalarga qarshi uchrashuvlarda juda muhim ahamiyatga ega. Biz ijodkorlikni yanada oshirishimiz shart.

- Buni amalga oshiradigan futbolchilar bormi?

- Albatta, bizda Runi, Mata, Depay, Yang, Yanuzay, Uilson va Errera bor. Biroq barchasi taqqoslaganda ko'rinadi. Yang mavsumni zo'r o'tkazdi, lekin u baribir Neymar emas. Biz aynan shunday saviyadagi jamoalar bilan raqobat qilishimiz zarur.

- Jamoa ishqibozlariga klub sovrinlarini topshirish paytida so'zlagan nutqingiz maqul keldi. Bu oldindan tayyorlanganmidi?

- Yo'q, barchasi o'sha erda sodir bo'ldi. Nimalar deyishni avvaldan mo'ljallamagandim. O'shanda mavsumdan keyingi hissiyotlarimni so'zladim. Oqshom oilaviy bayramga o'xshagandi va men “YouTube”dan joy olishni o'ylamagandim. Lekin siz haqiqiy Lui van Galni ko'rdingiz. “CHelsi”ni safarda dog'da qoldirganimizda, chempionlikka yaqin bo'la olish imkoniyatiga ega bo'lganimizni gapirdim. O'shanda raqibdan yaxshiroq o'ynab, mag'lubiyatga uchraganmiz. Raqib yagona imkoniyatdan gol urdi, biz esa o'yinning bazi qismida to'p nazoratini 80 foizga etkazib, to'p kiritmadik. Biz ideal futbolga yaqin o'ynadik. Ularni engganimizda farqni 5taga qisqartirib, “CHelsi”ga bosim o'tkazgan bo'lardik. “CHelsi”da Azar, “Siti”da Aguero istalgan vaziyatda to'p kiritishi mumkin. “Barsa”da Messi, Neymar va Suares mavjud. Biz bu jamoalar bilan raqobatlashishimiz kerak. SHunday ekan, bizga ijodkorlik borasida aynan shunday saviyadagi o'yinchilar zarur.

- Bu ish sizga tashqaridan ko'ringandek yoqadimi?

- Murabbiy ishonch hosil qilgan birinchi narsa klub rahbariyatining qo'llab-quvvatlashidir. Bu klubda meni ular juda qo'llashmoqda. Yana muxlislar ham bor. Bu oson emas, lekin biz o'zimizga ishonamiz.

“Barselona” fantastik jamoa, lekin Neymar va Messi bilan ular kuchliroq. Biroq ularning shunday tarkibiga qarshi o'ynash ham oson bo'lmadi. Bu mavsumga tayyorgarlik jarayoni va alohida gapirish to'g'ri emas. Biz ushbu jamoaga qarshi raqobat qila olishimizni tushunib olishimiz kerak. Umid qilamanki, CHempionlar ligasida to'qnash kelsak, aynan shunday bo'ladi.

- Lui van Gal qo'l ostida muvaffaqiyatli futbolchi bo'lish uchun nima kerak?

- O'yinchi va jamoaviy o'yinchi sifatida nima qilish lozimligini aniq tushunish lozim. Faqat o'z poziciyang emas, balki boshqa poziciyalarda qanday o'ynash zarurligini tushunish kerak, bir-biriga yordam berish shart. Bunday holatda jamoa kuchliroq bo'ladi. SHu sababli faqat o'z poziciyangizda emas, balki jamoa muhtoj bo'lgan holatlar bo'yicha ham kuchayib borish kerak.

- Krishtianu Ronalduda sizga zarur yulduzlik maqomi bor. U “Old Trafford”ga qaytishi mumkinmi?

- Mumkin, biroq ayni paytda bu imkonsiz.

- Bu ishqibozlarga yoqqan bo'lardi, sizga-chi?

- Ha, albatta. Biroq hozir buning iloji yo'q.

- Nega?

- CHunki uning klubi, Ronaldu va “Manchester Yunayted” bor. Va klub qancha sarflashni xohlashini tushunish lozim.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика