So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  4 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

Intervyu. Kiran Tripper Angliya va Ispaniyaning farqi, Simeone va jamoadagi roli haqida Yangiliklar

Intervyu. Kiran Tripper Angliya va Ispaniyaning farqi, Simeone va jamoadagi roli haqida

"Atletiko"ning angliyalik himoyachisi intervyuda Ispaniya chempionatiga o'tganidan mamnunligini aytdi.

Kiran Tripper deyarli bir yil oldin Londonning shimolini Madridga o'zgartirgan edi, ammo himoyachi o'z qaroridan hech ham afsusda emas. Angliya terma jamoasi himoyachisi o'tgan yozda "Tottenxem"dan "Atletiko"ga o'tdi va dunyoning eng zo'r murabbiyi deb hisoblaydigan Diego Simeone qo'l ostida tez suratlar bilan rivojlanayotganligiga amin bo'lmoqda.

29 yoshli himoyachi o'zining bergan intervyusida yangi mamlakatdagi hayot, "Mister" deb hurmat qiladigani argentinalik mutaxassis bilan munosabatlari, shuningdek "Tottenxem" va "Atletiko" o'rtasidagi farqlar haqida gapirdi.

O'tgan yozda Tripper kutilmaganda "Atletiko"ga 20 million funt evaziga o'tib, 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi faoliyatidagi katta o'zgarishlardan so'ng o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bu juda ham hayratlanarli ish bo'ldi. Xotinim va ikki farzandim men uchun qadrlidir, shu sababdan men uchun avvalo ularga qulay bo'lgan joyni topishim muhim edi. Biz Madriddan aynan shunday joyni topdik va hayotimiz ancha osonlashdi.

Ispan tilini o'rganish jarayoni davom etmoqda, ammo men gapira olishimdan ko'ra ko'proq narsani tushunaman. Menga imkon qadar yaxshi moslashishim uchun yordam berayotgan insonlar bor. "Atletiko" jamoasi shunchaki fantastik. Albatta, yangi tilni o'rganish - uzoq muddatli jarayon, ammo men bu borada muvaffaqiyat qozonishga harakat qilyapman.

"Atletiko"dagi ilk kunimdan boshlab bu erdagi barcha inoq ekanligiga amin bo'ldim - jamoadoshlar, murabbiylar shtabi va klubning boshqa xodimlari. Men darhol bu er menga yoqayotganligini tushundim. Yoqimli muhit - men uchun eng muhimi.

Ispaniyadagi hayot Buyuk Britaniyanikidan tubdan farq qiladi. Bu erda bo'lganingizda, hamma qanchalik bir-biriga yaqinligini o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz. Hattoki klub bazasiga borganingizda ishchilar va qo'riqlash xizmati xodimlari sizni quchoqlashadi. Angliyada esa bu narsaning qanday bo'lishini o'ylamaganman ham.

Tez-tez maydonga tushmaydigan futbolchilar orasida ham ko'ngli qolgan insonni ko'rmaysiz. Angliyada esa murabbiylar futbolchilarni tarkibga kiritmasa, ular qattiq g'azablanishlari mumkin. Hamma ularni tanlanishini xohlaydi, ammo bu erda unday narsa yo'q. Hamma kuladi va hazillashadi, kayfiyatsiz odamni esa umuman ko'rmaysiz.

"Atletiko" birdaniga Diego Simeone bilan La Liga sovrini, Ispaniya Kubogi, UEFA Superkubogi va Evropa Ligasidagi ikki g'alaba bilan juda ham muvaffaqiyatli bo'lib ketdi. Tripper argentinalik mutaxassisni Madridga ko'chib o'tishdagi asosiy sababchilardan biri ekanligini tan oldi.

Ehtimol, bazida til muammoasi sabab bir-birimizni tushunishimiz qiyin bo'lar. Simeone ingliz tilida kichik iboralarni talaffuz qilishga harakat qiladi, ammo bu maydonda muammo emas. Men u o'yinchilaridan nimani talab qilayotganini bilaman. Men unga nima kerakligini va jamoadan nima kutayotganligini bilaman.

Menimcha, uning qanchalik yaxshi murabbiyligini hamma biladi. Uning futbolga bo'lgan nazari o'yin paytida ham yaqqol seziladi. Simeone aqlbovar qilmas murabbiy va men undan o'rganish imkoniyatiga egaman. Simeone doim yosh o'yinchilarni quchoqlayotganini ko'rish mumkin. Uning ishga bo'lgan munosabatini ko'rib kayfiyatingiz ko'tarilmay qolmaydi. Men uni "Mister" deb atayman, bu ispanchasiga "boss" degan manoni anglatadi.

Simeone dunyoning eng yaxshi murabbiyimi? SHaxsan men uchun, ha. U bilan ishlashga muvaffaq bo'lganingizda, uning qanchalik yaxshi ekanligini tushunasiz. Ha, ko'plab yaxshi mutaxassislar bor: Klopp, Gvardiola... SHon Daych! Simeone sifat va professionallik darajasi jihatidan ajoyib.

SHon Daych - ajoyib menejer. "Byornli"ga kelgan paytim, u faoliyatimda o'sishimga katta tasir ko'rsatgan. Men yosh va ahmoq edim va yaxshiroq bo'lishim kerak edi, ammo Daych oldimga kelib, dedi: "Etar". Men yaxshi ko'radigan ajoyib murabbiy. Kim biladi deysiz, men yana uning jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'larman.

Tripper uning "Tottenxem" va "Atletiko"dagi rollari farqini aytdi.

- Angliya Premer-ligasida tez-tez oldinga intilishga harakat qilganman. "Atletiko"da esa qachon hujumga qo'shilish va qachon himoyada qolish eng yaxshi variant ekanligi bo'yicha tushunchaga ega bo'lyapman. SHubhasiz, men o'zimga kerakli bo'lgan himoyamni kuchaytira olaman. Himoyaviy o'yinda rivojlanish uchun "Atletiko"dan boshqa yaxshi joy yo'q deb hisoblayman.

Hammasi mashg'ulot maydonidan boshlanadi. Diego Simeone siz bilan yakka tartibda ishlaydi va men uchun murabbiyning shogirdlari bilan aloqasi eng muhimidir. O'ylaymanki, bu borada u juda kuchlidir.


Bir kun kelib Korreaning hayotidan kino olinadi: yurak operaciyasi, papa bilan uchrashuv va jinoyatchilar tumanidagi bolalik 


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика