So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Intervyu. Joze Mourino: “Futbolda sovrinlar katta ahamiyatga ega” Yangiliklar

Intervyu. Joze Mourino: “Futbolda sovrinlar katta ahamiyatga ega”

AQSHda mavsumoldi turnesi mobaynida “CHelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino OAV vakillari bilan suhbatda bo'ldi. Unda mutaxassis sovrinlar, hakamlar va transferlar to'g'risida savollarga javob qaytardi.


- Joze, siz jamoa yangi mavsumda kamroq oldindan kutilganidek bo'lishini gapirdingiz. Aynan nimani nazarda tutdingiz?

- Bir bo'limda 4 to'p o'tkazib yuborishni! Jiddiy bo'lsam, bunday bo'lish bir necha xil uslub va variantga egalik qilishni anglatadi. Hozir tarkibimiz bir yoki ikki hujumchi bilan o'ynashga imkon beradi, avval bunday emasdi. Uch nafar ajoyib hujumchiga egamiz, ularning har biri yangi mavsum oldidan katta ishtiyoqqa ega.

Loik Remi Evro-2016 oldidan asosiy tarkibga kirishni xohlaydi, chempionat uning vatanida bo'lib o'tadi. Diego Kosta o'tgan mavsum oxirida jarohat sababli safdan chiqqanidan g'azabda va tezroq yuqori saviyaga qaytishni istaydi. Radamel Falkao britaniyalik ishqibozlar oldida o'zini ko'rsatib, hamon yuqori darajadagi hujumchi ekanligini isbotlash niyatida.

Ularning har biri ajoyib ruhiy yuksalishga ega. Qanotdagi futbolchilar hujumga katta kuch berishlari mumkin. Oldin Eden Azar bunday xususiyatga ega emasdi, endi esa u bu jihat ustida ishladi va o'zgardi. Villian himoyaga yordam bermoqda, Viktor Mozes ham shunday. Ramires ham qanotda o'ynaganda shunday holatda foydasi tegmoqda. Tarkib turlicha futbol o'ynashga qodir. Bu esa bizni avvaldan aytib bo'lmas darajaga olib chiqadi. Istalgan raqibga qiyinchilik tug'diramiz. Endi turli xildagi o'yinni ko'rsata olamiz.

- Falkao bilan holatga kelsak, siz turli sabablarga ko'ra mavsum yaxshi ko'rinish olmagan hujumchilar bilan ishlagansiz. Masalan, Andrey SHevchenko yoki Fernando Torres. Radamelni qay tariqa uyg'otishni rejalashtiryapsiz?

- Maxsus uslubim yo'q. SHunchaki unda “CHelsi”da yangi imkoniyatlar ochildi va u buni yaxshi tushunadi. U so'nggi mavsumni zo'r o'tkazmadi, biroq bu haqida gapirishni istamasdim. Vaziyatni uzoq muhokama qildik va Falkao bizga yordam berishga qodir degan xulosaga keldik. U faoliyatida o'zini ko'rsatib kelgan. “Portu”, “Atletiko” va “Monako”da jarohat olgunga qadar shunday bo'lgan. Yaqinda van Gal ham Falkaoning professionalligiga shubha yo'qligini takidladi.

- Eden Azar haqida qanday fikrdasiz?

- U jamoa bilan birga o'sib bormoqda. O'tgan mavsumda bazi holatlarda unga omad kulib boqdi. Jiddiy to'qnashuvlardan keyin u jiddiy jarohat olmadi. SHu bilan birga jismoniy va o'yin taraflama mahoratini oshirib bormoqda. U jamoa uchun foyda keltirishga urinadi, bekorga hakamlar bilan tortishib yurmaydi. Raqiblarni o'zini hurmat qilishga majbur etadi. Qiladigan ishim Edenning yanada o'sishiga yordam berish. Uning insoniylik taraflarini o'zgartirishni xohlamayman. U shundayligicha qolsin. Fantastik.

- CHempionlik qo'lga kiritilgach, futbolchilar mentaliteti o'zgardimi?

- Ular avvalgidek yaxshi insonlar sifatida qolishdi.

- Drogba va CHex ketgach, sizga ruhiy tomondan yangi etakchilar kerakmi?

-O'ylashimcha, yo'q. Oldin bizda uch sardor bor edi – Jon, Dide va Petr. Endi ikki nafar qoldi – Jon va Branislav Ivanovich.

Ivanovich sardor bo'lishga keragidan ortiq tayyor. U tajribali va jamoada ko'p mavsumlar o'tkazgan. Zarur xarakterga ega va barcha yigitlar unga hurmat bilan qarashini yaxshi biladi. Jon va Branislav misolida juda yaxshi sardorlarga egamiz. Kelajakda sardor bo'la oladigan futbolchilar bor. Misol uchun, Gari Kexill. U ham tajribali, klubda ko'p yillardan beri o'ynab kelyapti va Angliya terma jamoasidan vice-sardor sanaladi.

Mikel Terridan keyin klubda eng uzoq vaqtdan buyon o'ynab kelyapti. SHuningdek, Fabregasda ham sardor bo'lish uchun barcha xususiyatlar etardi. Azar yildan-yilga yuqori saviyali va oldiga katta maqsad qo'yib bormoqda. Biroq hozircha ikki sardorga egamiz.

- Azarda maydonda xarakter bo'yicha etakchi bo'lish imkoniyati bormi?

- U allaqachon maydonda etakchi. Masuliyatni o'ziga olishdan, bir o'zi qorong'i tonnelda yorug'lik qidirishdan qochmaydi. Tartibli o'yinchi, uni o'sib kelayotganlarga o'rnak sifatida ko'rsatish mumkin. SHu bilan birga terma jamoasida ikkinchi sardor hisoblanadi. U xuddi kecha kelgandek, lekin jamoada 4-mavsumni boshlashga tayyor turibdi. Eden, Fabregas, Kexill – ular bir kun sardorlar ro'yxatiga kira oladi. Azar shaxsiy muvaffaqiyatini takrorlash uchun kurashadi. Har yili eng yaxshi futbolchi nomini aniqlash uchun odamlar yangi qahramonlarni qidiradi. SHu sababli Eden bu nomni o'zida saqlab qolish maqsadida yanada kuchayib boradi.

- Eden Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan o'rtadagi farqni qisqartirdimi?

- O'ylashimcha, u allaqachon mamlakatning eng yaxshi futbolchisi. Angliyada ham shunday. Jurnalistlar unga Britaniyadagi eng yaxshi futbolchi unvonini loyiq ko'rishganini bilaman. Premer-liga top liga ekanligini inobatga olsak, Azar hozirning o'zida top futbolchilardan biridir.

Ikki yil oldin CHempionlar ligasida yarim finalga chiqdik, biroq Azar jarohat sababli ko'ngildagidek o'ynamadi. Madridda maydonga tushmadi, Londonda bemalol harakat qilmadi. Hal qiluvchi davrga u eng yaxshi sharoitda etib kelmadi. O'tgan yili esa turnirdan erta chiqib ketdik. SHu sababli unga mazkur musobaqada yaxshi ishtirok etishmayapti. Faqat g'alaba emas, balki Edenning imkoniyatlarini qanday namoyish etishi muhim.

- Azar Evropada eng yaxshi futbolchilar uchligiga kiradi dedingiz. Bu uni Ronaldu va Messi bilan bir qatorga qo'yadimi?

- Albatta, ayniqsa ularning o'tgan masvsumdagi ishtiroki bilan. Sovrinlarni yutish muhim, shundaymi? Messi “Barselona” bilan 3ta sovrin yutdi, mavsumni ajoyib o'tkazdi. Amerika Kubogida finalga etib keldi. U ko'p sovrinlarni yutish orqali yuqori saviyasini ko'rsatdi. Sovrinlarsiz futbol futbol emas. Ronaldu esa sovrin olmadi. Jamoasi bilan hech narsaga erishmagan o'yinchilarni alohida ko'rsatishni istamayman.

- Demak, Eden Ronaldudan kuchlimi?

- Oxirgi mavsum yakunlariga ko'ra, ha. Lekin Ronaldu fantastik futbolchi. U ishonib bo'lmas ko'p darajada gol urdi, men uni yomon futbolchi demayapman. SHunchaki har bir futbolchining asosiy darajasi jamoasi bilan erishilgan sovrinlar orqali o'lchanishi lozim.

- “Barselona” va “CHelsi” bilan yutilgan sovrinlar Fabregasni eng yaxshiga aylantirdimi?

- U deyarli hamma narsani yutgan. Jahon va Evropa chempioni. Endi u Angliyada sovrinlar qo'lga kiritishni boshladi. Uning faoliyati borgan sari sovrinlarga boy bo'lmoqda.

- Boshqa klub murabbiylari bilan munozaralardan rohatlanasizmi?

- Men jamoamning raqib bilan kurashidan zavq olaman, shogirdlarimning jiddiy turnirlardagi ishtirokidan rohatlanaman. Faqat munozaralardan emas.

- Manuel Pellegrini yozgi tatil vaqtida jamoangizning matbuot bilan muloqoti haqida fikr bildirishni davom ettirayotgani haqida qarashingiz qanday?

- Agar kishi yozgi tatilda men va yigitlar haqida gapirishda davom etsa, unda men aytadigan hech narsa yo'q. Tatilda men ketaman, hech kim bilan muloqotda bo'lmayman.Futbol haqida o'ylayman, biroq intervyu bermayman. Hech bo'lmasa shu paytda savollar, matbuot anjumani, uchinchi shaxslarning gapimga javob qaytarishlaridan xoli qolishni istayman. Agar boshqalar bu bilan shug'ullansa, ularning muammosi.

- Nima uchun Pellegrinini Pellegrino deb ataysiz?

- Tez-tez adashtirib yuboraman, chunki avval qo'l ostimda Pellegrino familiyali futbolchi bo'lgan. Bundan tashqari, futbolda Manuel Pellegrinidan tashqari yana Maurisio Pellegrino ham bor. Doim ularning familiyalarini adashtirib yuraman.

- “Manchester Siti”ning yangi transferlari haqida qanday o'ylaysiz?

- Sizda shuncha pul bo'lganda transferlar qanday bo'lishini aytish qiyin. Klubida yaxshi o'ynagan yuqori saviyali futbolchilarni sotib olasiz. Bazan futbolchilar avvalgi saviyani ushlab qolishga qiynaladi, lekin bu omadli transferlarga nisbatan kamroq ro'y beradi.

- Yaqinda Kevin de Bryuyne qo'l ostingizda o'zini ko'rsatish uchun etarlicha imkoniyat olmaganini aytdi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Uni saqlab qolishni istagandim. Biroq u menga asosiy tarkib uchun kurashishga qodir o'yinchi emasligini takidladi. Kevinga u ertangi kunga ishonadigan, kundalik ko'mak oladigan, ertangi bellashuvda asosiy tarkibda tushadimi yoki yo'qligini o'ylamaydigan jamoa kerak edi. U jamoamizdan ketishi haqida qaror qabul qilinganda men bundan xursand bo'lmaganman.

- U tarkibda raqobatni ushlab tura olmasmidi?

- U raqobatga dosh berish qiyinligini gapirmagan. U faqat har dam olish kunlari o'ynashni istashini aytgan. Men unga jamoada Mata, Azar, Villian, SHyurrle borligi va hech kim unga tarkibdan joyni kafolatlay olmasligini aytdim.

U “Xall Siti” bilan birinchi uchrashuvda maydonga tushdi. “Yunayted” bilan safardagi o'yinda harakat qildi. Keyin uni Evropa Superkubogi bahsida o'ynatmadim. 4-bahsda zaxirada qolib ketdi. O'shanda u jamoada baxtli emasligini takidladi. Kevin mashg'ulotlarda zarur darajada ishlamadi. Jamoaga unga ko'proq narsa bermasligini aytdi. Uning ishga munosabatini qabul qildim. “CHelsi”ni tark etish yaxshiroq bo'lishi qaror qilindi. Klub yaxshi taklif topdi va uning ketishidan ko'p pul ishlab oldi. De Bryuyne yangi jamoada o'zini ko'rsatdi.

- U ketganda bundan xafa bo'ldingizmi?

- Yo'q, unchalik emas. Har bir o'yinchining o'ziga xos jihatlari mavjud. Biz oldinga qarab yuramiz. De Bryuyne sotildi, biz pulga ega bo'ldik. “Volfsburg” va futbolchining o'zi transferdan qoniqish hosil qildi. Barcha xursand va men Kevinga eng yaxshi narsalarni tilab qolaman.

- “Arsenal” jamoangizdan 2-darvozabonni sotib olib, baxtlidek ko'rinmoqda. Bundan ajablandingizmi?

- Ular ajoyib posbonni qo'lga kiritishdi. Ular shu poziciyani kuchaytirishlari zarur edi. Ularda Aleksis Sanches, Mesut Ozil, Kalum CHembers, Mate Debyushi kabi futbolchilar bor va jamoa sovrin uchun kurashishga tayyor. Angliyada hozir raqobatbardosh 5 klub mavjud. Ulardan 4tasi ECHLga chiqadi va biri chempion bo'ladi.

- “Arsenal” oxirgi paytlarda xarajatni kamaytirishni yo'qqa chiqardimi?

- Buni hisoblash uchun kalkulyatorni oling. Aniq javob olishga hisoblab chiqing. Kosta, Fabregas hamda Begovich. SHnayderlin va boshqalar. Aleksis va CHex. Benteke va Balotelli. Hisoblashdan keyin o'zingiz uchun syurprizga duch kelasiz.

- Tez orada “CHelsi” bilan yangi shartnoma imzolashingiz kutilmoqda. Klub ECHLni yuta oladi deb hisoblaysizmi?

- Vada bera olmayman. “CHelsi” Angliyadagi eng yaxshi jamoalardan biri ekanini aytishim mumkin. Ingliz jamoalari hozir ECHLga katta etibor bilan yondoshadi. Yaqin yillarda ligada kuchlilar qatorida bo'lishni istaymiz. Hozir esa jamoa bilan yana 4 yil qolish niyatida ekanligimni takidlay olaman.

- Hakamlarga nisbatan qarashingiz o'zgaradimi?

- Yo'q. Ularning ishidagi qiyinchiliklarni bilaman. Men hissiyotliman, hakamlarning bazi qarorlarini tushunib, qabul qilaman. Faqat seriyali xatolarni emas. Kam miqdorda xato qilish o'yinning bir qismi. Biroq ular ko'payishi yaxshi emas. Bu o'yinda xatolar hakam, murabbiy va futbolchi tomonidan yo'l qo'yilishi mumkin.

- Hakam xato qilsa, u chetlatilishi kerakmi?

- Ularga ruhiy bosimni engish uchun tatil berish kerak. Hakamlarga Xovard Uebb kabi o'z vaqtida jahon futbolida eng yaxshi hakamlardan biri bo'lgan etakchi ham xalal qilmasdi.

- Hakamlarga talab futbolning dastlabki davrlariga qaraganda ortdimi?

- O'yin qiyinroq bo'lib bormoqda. Golni aniqlash tizimi ishga tushirildi. Endi to'pning chiziqni kesib o'tgani haqida muammo bo'lmaydi. “Tottenxem”ning “Old Trafford”da Roy Kerroll bilan bog'liq yoki Luis Garsiyaning CHempionlar ligasidagi goli singari vaziyat yuzaga kelmaydi. Bunday holatlar yakun topdi. Lekin futbolda xatolar hamisha bo'ladi. Futbolchilar hakamlar bilan til topishishga harakat qiladi. Ammo ularning xatolarini tushunish va qabul qilish baribir qiyin.

- Yangi mavsumda ham sizga qarshi kampaniya tashkil etiladimi?

- O'shanda men ataylab qilingan ishdan ko'ra ketma-ket xatolar ekanligini takidlaganman. “Sautgempton” bilan penalti va Fabregasga simulyaciya uchun kartochka. “Tottenxem” bilan o'yinda Matichga nisbatan qo'pollik uchun penalti berishmadi. Malum davrda bizga qarshi xatolar qilindi. Bu yoqimsiz bo'lgandi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика