So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Intervyu. Jorjino Veynaldum: “Tajriba qiyin paytda yordam beradi” Yangiliklar

Intervyu. Jorjino Veynaldum: “Tajriba qiyin paytda yordam beradi”

“Liverpul” klubi “Nyukasl”dan gollandiyalik futbolchi Jorjino Veynaldumni sotib oldi. “Qizillar” bilan shartnoma imzolagan futbolchi klub rasmiy saytining savollariga javob qaytardi.

- Jorjino, “Liverpul” klubiga xush kelibsiz. Bu erga o'tishingizni qanchalik kutdingiz?
- Buni juda kutgandim. “Liverpul” ajoyib tarixga ega katta klub va uning safida o'ynash har bir futbolchining orzusidir.

- Bazida o'yinchilar qaror qabul qilishdan oldin sheriklari, murabbiylari bilan maslahatlashadi. O'tishingiz to'g'risida bu klub nimani anglatishi borasida kim bilandir suhbatlashdingizmi?
- Do'stlarim bilan gaplashdim. Ular menga bu ajoyib jamoa ekanini aytishdi. Jonjo SHelvini yaxshi bilaman. U menga “Liverpul”ning qanchalik katta ekani haqida aytib berdi.

- U nima haqida gapirdi – muhit, stadion tariximi?
- Ishqibozlar to'g'risida “Nyukasl” bilan bu erga o'ynash uchun kelganimdayoq bilardim. Ular jamoani qo'llab-quvvatlashi va qo'shiq kuylashini ko'rganman. Lekin u menga shaharni yoqtirib qolishim va klubda juda yaxshi insonlar ishlashini aytdi. Bundan rohatlanishim to'g'risida gapirdi.

- Bungacha ingliz klubida o'ynagansiz. “Nyukasl”da o'tkazgan mavsumdan keyin o'zingizni to'liq tayyor deb hisoblaysizmi?
- Atrofimdagi odamlar vazifamni osonlashtirmoqda: faqat futbol haqida o'ylashim etarli. “Nyukasl”da ham etiborimni futbolga qaratishga uringandim va bu foyda bergandi. Har bir o'yindan zavq olishga intilaman – ko'pincha bu ish berdi. Ligadan tushib ketish hududida yurganingda zavq olish qiyin, lekin men Premer-ligadagi birinchi mavsumni yaxshi o'tkazdim deb hisoblayman.


- O'tgan mavsumdagi 11 gol muvaffaqiyatli mavsumni bildiradi. Uydagi o'yinlarda yaxshi o'ynadingiz, buning sababi nimada?
- Bilmayman! Uyda jamoa sifatida yaxshi o'ynadik, ammo safarda unchalik ijobiy taassurot qoldirmadik. Bu tushib ketishimizning asosiy sababi bo'ldi. Men uchun qaysi uchrashuvda gol urishning ahamiyati yo'q. Poziciyamda buni amalga oshirganimdan xursand bo'lishim lozim, chunki ko'plab yarim himoyachilar bu bilan maqtana olmaydi. Hisobingga 11 gol yozib qo'yish aksariyat yarim himoyachilar uchun orzu, yana buni birinchi mavsumda amalga oshirish. Qaerda gol urishning farqi yo'q. Muhimi, vazifangni bajarib, jamoa uchun g'alabalarni qo'lga kiritishdir.

- Sizga qaerda o'ynash yoqadi? Bazida buni aniqlab olish oson bo'lmaydi.
- O'ylashimcha, hujumkor futbolchi sifatida yaxshiroq o'ynayman, chunki tez harakat qilaman va raqib darvozasini himoya ortidan ishg'ol qilishim mumkin. Bu men uchun ideal vazifa sanaladi. Gollar ura olaman. SHu bilan birga o'tgan yilda bo'lgani singari boshqa poziciyalarda ham o'ynayveraman.

- “Liverpul” hujum chizig'ida Koutino, Firmino, Lallana kabi ajoyib ijrochilar o'ynashadi. Ular bilan birga maydonga tushish imkoniyatini kutyapsizmi?
- Albatta. Yaxshi sheriklar bilan yonma-yon o'ynashdan doim xursand bo'lish kerak. Ular ajoyib o'yinchilar va ular bilan ishlashimni ko'rsatishni orziqib kutyapman.

- Nega beshinchi raqamni tanladingiz?
- “Feyenoord” uchun 9 yil avval o'ynashni boshlaganimda aynan shu raqamni olgandim, chunki boshqalari band edi. PSVda 10-raqamni tanlagandim. “Nyukasl”ga o'tgach, tanlash imkoni yuzaga keldi: bo'sh bo'lgan 5-raqam yangi mamlakatda ajoyib start ekani haqida o'yladim. Bu erga kelganimda ham uni tanlashga qaror qildim.

- “Feyenoord” uchun 16 yoshda o'ynashni boshlagansiz. Bunday erta maydonga tushish qanchalik qulay bo'lgan?
- Ajoyib edi. Barchasi juda tez ro'y bergan. Ungacha o'zimdan 2 yosh kattalar bilan o'ynardim. Ular menga 16 yoshimda debyut o'tkazishimga imkon berishgan. Bu borada menga omad kulgan – barchaga ham bunday vaqtli o'ynash nasib etmaydi. Faoliyatimga hozir nazar tashlasam, menda bir qator ko'tarilish va pasayish bo'lganini ko'raman. Bu meni shaxs sifatida rivojlantirgan.


- Ko'p narsaga erishdingiz: klublarni almashtirdingiz, Angliyaga kelishdan oldin Gollandiyada eng yaxshi futbolchi deb topildingiz. Bungacha to'plangan tajriba faoliyatingizning ikkinchi qismida sizga yordam berishini his qilasizmi?
- Ha, tajriba hamisha yordam beradi. Ayniqsa, bari sen istagan ko'rinishda ketmayotganda. Mavsumdan ko'p narsa o'rgandim. U yaxshi ko'rinishda kechmadi, lekin kurashish nima ekanini haqiqiysiga ko'rdim. Afsuski, bu etarli bo'lmadi. Yakunda ligadan tushib ketdik, biroq bu meni yanada kuchliroq qildi. Yangi mamlakat, yangi klub va o'yinchilarni tanidim. Yil mobaynida ko'p narsalarni o'rgandim.

- Dirk Kuyt jamoada uzoq vaqt o'ynagandi. Uning o'yinlarini eslaysizmi?
- Rostdan u juda yaxshi o'ynagan. Kuyt “Feyenoord”dan bu klubga o'tgandi. Rayan Babel ham “Liverpul” uchun o'ynagan. Faoliyatidagi eng yaxshi lahzalarni Dirk aynan shu erda o'tkazgan.

- “Liverpul”ni tashqaridan kuzatgansiz va jamoa nimalarga erishishi mumkin deb o'ylaysiz? O'zingiz nimaga ega chiqishni istaysiz?
- Hamma narsa ro'y berishi mumkin. O'tgan mavsum “Lester” chempionga aylandi. Bu boshqa ko'plab jamoalar uchun kurashish kerakligini o'rgatdi. “Liverpul” – buyuk tarixga ega klub, lekin hamisha yangi tarix yaratishga urinish va uning bir bo'lagiga aylanishga intilish lozim. Men aynan shuni xohlayman. Bu erga g'alaba qozonish uchun keldim. Buning uchun qo'limdan kelganini ishga solaman.

- Yurgen Klopp haqida taassurotlaringiz qanday?
- U juda ajoyib inson, biroq hozircha u bilan ishlash imkoniga ega bo'lamadim. Uning murabbiy sifatida o'zini tutishi va o'yindan zavq olishini kuzatishni yoqtirganman. Klopp ishga borini beradi va u bilan ishlashni boshlashni orziqib kutyapman. Bir marta ko'rishib, suhbatlashdik. SHundan keyin “Liverpul” bilan shartnoma tuzishni istadim. Klubga o'tishni meni ishontirdi.


Behzod Nazarov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика