So’nggi yangiliklar

14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  0 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0

The Guardian nazariga tushgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat Yangiliklar

The Guardian nazariga tushgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat

Kuni kecha xabar berilganidek Britaniyaning mashhur The Guardian nashri 2002 yilda tug'ilgan dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari ro'yxatini elon qildi.

Etiborli jihati Ansu Fati, Mustafa Kapi, Matias Arezolar bilan bir qatorda O'zbekistonlik yosh iqtidor sohibi Jasur Jaloliddinovni ham etirof etdi. O'zbekiston U-19 terma jamoasi bilan Tailanddagi xalqaro turnirda ishtrok etayotgan futbolchi biz bilan aloqaga chiqib saytimizga  intervyu berdi. 

- Jasurbek , Tailanddagi musobaqani yirik mag'lubiyat bilan boshladinglar. Balki Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistonga berilgani futbolchilarga hotirjamlik berayotgandir..

- Turnir oldidan  koreyalik tengqurlarimiz bilan o'ynashni xohlagan edik. SHunday bo'ldi ham. Albatta biz istasak, istamasak hotirjamlik bo'ladi. CHunki hammaga ham bunday imkoniyat berilavermaydi. 

- Janubiy Koreya bilan o'yindagi natija sizningcha adolatlimi? Hisob o'yinga mos bo'ldimi ?

- Tan olish kerak, o'yin davomida Koreya bizdan ustun bo'ldi. Hech qanday rejamiz o'xshamadi. O'yin davomida biz hotirjamlikka berildik, buning o'ziga yarasha sababi bor. Biz oldin Belgiya, Franciya, SHotlandiya bilan bahslarda yaxshi o'ynab, maksimal natija qayd etgandik. Lekin ishontirib aytamanki biz bundan ko'prog'iga loyiqmiz. CHunki Koreya Evropa jamoalaridan kuchli emas. Bu uchrashuv biz uchun dars bo'ldi. Endi biz kimga qarshi qanday o'ynash kerakligini tushunib etdik. 

- Musobaqadagi tashkiliy ishlar, uchrashuvlarni  boshlanish vaqtlari ko'ngildagidekmi?

- Tashkilotchilik borasida muammo yo'q. Uchrashuvlarni vaqtlari biroz noqulayroq. Soat uchda boshlanadi, juda issiq, dim havo nafas olishni qiyinlashtiradi. SHu tarafdan muammoga uchrab o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata olmayapmiz. 

- Jahonga mashhur bo'lgan  Britaniyaning The Guardian nashri sizni jahonning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kiritganiga munosabatingiz qanday? 

- To'g'risini aytsam kutmagan edim. Birinchi ko'rganimda uncha tushunmadim. Internetni aylanib ko'rganimdan keyin anglab etdim. Mexnat qilishdan to'htashga haqqim yo'q endi. Mendan yanayam ko'pini kutishadi. 


Abdulaziz suhbatlashdi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика