So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  1 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  7 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

Intervyu. Jaba Jigauri: “Farg'onada evropacha muhit bo'ldi, uchinchi gol qo'lga tekkandi. Osiyo jamoalaridan taklif bor” Yangiliklar

Intervyu. Jaba Jigauri: “Farg'onada evropacha muhit bo'ldi, uchinchi gol qo'lga tekkandi. Osiyo jamoalaridan taklif bor”

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi uchun mavsum ikki xil suratda yakunlanmoqda.

Dastlabki bosqichda ochkolar yo'qotgan jamoa ikkinchi davrada ishonchli o'yinlar ko'rsatib, yaxshi natijalarga erishdi. Shu jarayon va umumiy mavsum haqida jamoaning etakchilaridan biri – Jaba Jigauri fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– “Neftchi” bilan o'yin haqida.

– Birinchi navbatda “Neftchi”ni chempionlik bilan tabriklayman. Ularning bunga munosib ekaniga ishonaman. O'yin og'ir o'tdi, raqib yuksak motivaciya bilan maydonga tushdi.

– Stadiondagi atmosfera, muxlislar bosimi sezilmadimi?

– Bu kabi muxlislarga to'la stadionda o'ynash har bir futbolchi uchun orzu. “Neftchi” uchun bu o'yin amalda chempionlik finali edi. Biz esa o'z salohiyatimizni to'liq ko'rsata olmadik. Lekin bosim xalaqit qilmadi – aksincha, Evropa o'yinlaridagiga o'xshash atmosferada harakat qildik.

– Ushbu o'yindan oldin jamoada kuchli motivaciya borligi aytilgandi…

– Moliyaviy tomonlarni oshkora muhokama qilish to'g'ri emas, bu jamoaviy sirimiz. Lekin ayta olamanki, “Qizilqum” o'z motivaciyasiga ega, chunki o'z uslubiga tayangan holda o'ynaydi. Afsuski, kecha buni to'liq namoyish eta olmadik. Hakamlik haqida ham bir og'iz aytaman: uchinchi gol qo'lga tekkani yaqqol ko'rindi. Ammo bu futbol – xatolar uning bir qismi. Oldinda yana imkoniyatlar bor.

– Mavsum jamoa uchun kutilganidek yakunlanyaptimi?

– Mavsumni ijobiy baholayman. Birinchi davrada past o'rinlarda edik, ikkinchi davrada yangi murabbiy bilan o'yinimiz sezilarli yaxshilandi. Hozirgi kunda sakkizinchi o'rinni egallash imkoni bor. Albatta, kuchli beshlikni ham ko'zlagan edik, ammo umid qilamanki, keyingi mavsum natijalarimiz yanada yuqori bo'ladi.

– Ikki murabbiy orasidagi farqlar natijaga qay darajada tasir qildi?

– Nikola Lazarevichning o'z falsafasi bor edi, ammo bu ish bermadi va jadvalda pastga tushib ketdik. Nimada muammo bo'lganini aniq aytolmayman. Keyin jamoani yosh murabbiy qabul qilib oldi – u hali tajriba to'plamoqda, kelajagi bor mutaxassis, hali o'z so'zini aytadi. Ikkinchi davrada o'yinimiz qanday o'zgarganini o'zingiz ham ko'rdingiz.

– Keyingi mavsum rejalari?

– Yaqin vaqtlarda klub bilan suhbatlashaman. Qolamanmi yoki yo'q – barchasi klub rejalariga bog'liq. Shu bilan birga boshqa mamlakatlar va Osiyo jamoalaridan takliflar bor. O'zbek klublari ham qiziqish bildiryapti. Yaqin kunlarda kelajagim aniqlashadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
24 noy 11:36:19
salom salom
TO'RI 3-GOL QO'LGA TEGDI KEYIN ESA GOLGA AYLANDI BUNI HAMMA BILADI.
SIRK DAVOM ETADI
   
24 noy 22:29:38
Red Devil UZB
Худди хисоб 2:2 булиб турган пайтда Нефтчи 3 голни уриб галабани илиб кетгандек вахима килишмасин. Узи 2:0 га ютиб турган пайтда Кизилкум зурга 1 та гол урволди. 3-голни хисобламаган такдирдаям 4-голни урдику. Негативчилар бор булсин-ей!
   
24 noy 17:41:40
Абдукарим Каххоров
Қўлга тегиб 3- гол ҳисобга олинмаганда ҳам Нефтчи яна 1-2 та гол уриб кетарди менимча.
Аброр Исмоилов ва йововичлар ўйинчи кучайтириш учун захирада ушлаб туғилган бўлса.
   
24 noy 17:03:14
Тўлқин Хайит
Насафга қайтақол, ҳарқалай базилардан яхши ўйнардинг.

-1   
24 noy 13:24:06
Azim Ismailov
Umidjon R foydalanuvchining fikriga javob berish
Кулга эмас елка пасига тегябди бу хеч нимани узгартррмайди
Табиий холатда кулига теккан кули билан уйнамаган Бу варни фикри юкоридаги эса жигаури фикри холос
-2   
24 noy 13:17:40
Umidjon R
salom salom foydalanuvchining fikriga javob berish
TO'RI 3-GOL QO'LGA TEGDI KEYIN ESA GOLGA AYLANDI BUNI HAMMA BILADI. SIRK DAVOM ETADI
Кулга эмас елка пасига тегябди бу хеч нимани узгартррмайди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика