So’nggi yangiliklar

00:56"Реал" афсонаси билан шартномасини бир йилга узайтиради  1 00:322016 йилги Golden Boy соҳиби ва Европа чемпиони ПСЖга қайтади  0 00:13Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" меҳмонда "Галатасарой"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  0 23:45А Серия. "Рома" Римда "Ювентус"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:30Серия А. "Милан" - "Женоа" 3:3   0 23:25Бундеслига. "Айнтрахт" - "Байер" 1:5   0 23:20АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 23:15АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 23:10Серия А. "Кальяри" - "Лечче" 1:1   0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  16 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  14 22:07Гнабри "Реал" билан ўйин олдидан: "Ўйинни ўлдириш керак"  4 21:42Илёс Зейтуллаев: "Ҳозир камроқ гапириб, кўпроқ ишлашимиз керак"  12 21:23Роналду "Интер Майами"га ўтиши мумкин — журналист Абдулазиз Ал Осаими  22

Intervyu. Islombek Ismoilov: "Murabbiyning hayoti o'yindan-o'yingacha" Yangiliklar

Intervyu. Islombek Ismoilov: "Murabbiyning hayoti o'yindan-o'yingacha"

2008 yillardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun bu yil katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Islombek Ismoilov boshchiligidagi terma jamoamiz U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi. Guruhdan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda 2025 yilgi U-17 Osiyo Kubogiga yo'llanma olishadi va keyingi manzil Jahon chempionati. Bu terma jamoaning ham 2006 yillar singari salohiyati yuqori baholanmoqda. Xo'sh, ularning tayyorgarligi qanday ketmoqda? SHu va boshqa mavzularda Islombek Ismoilov bilan suhbatlashdik. 

- 2008 yillar terma jamoasini qabul qilib olganingizga 2 yil bo'ldi. Bu yil U-17 Osiyo chempionatiga saralash bahslari bo'lib o'tadi. Qaysidir manoda futbolchilar, murabbiylarning mehnatlari samarasini ko'radigan palla yaqinlashyapti...

- Ikki yil avval Usmon Qudratovichning taklifini o'zim uchun yangi chaqiruv sifatida qabul qilgandim. "Turon"dan ketganimdan so'ng murabbiylik faoliyatimda uzilish bo'ldi. Qiziqarli loyiha ekanligi uchun taklifga rozilik berdim. SHu paytgacha ko'p musobaqalarni kuzatgan holda futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik. Terma jamoadagi har bir yig'in, musobaqa murabbiyga ham, futbolchiga ham o'sishiga yordam beradi. Buni o'ziga yarasha masuliyati bor. Bu erga kelganidan so'ng murabbiy ham, futbolchi ham ikki barobar ko'proq mehnat qiladi, chunki raqobat bor. Yana bir turtki bu xalqaro uchrashuvlar. Istaymizmi yoki yo'q bu o'z tasirini o'tkazadi. O'FA rahbariyati ko'plab xalqaro o'yinlar tashkil qilib bermoqda. Bu bizga foyda. 

- Ayrim hollarda yillab yig'in o'tkazilganda ham terma jamoa optimal holatga kirib olmasligi yoki aksincha vaziyat kuzatilishi mumkin. Bugungi terma jamoa rasmiy o'yinlargacha o'zining eng yaxshi holatiga chiqib oladimi? CHunki bu yoshda har yig'inda har xil holatda bo'lishadi...

- Eng muhimi qoniqish hosil qilmasligimiz kerak. Futbolda 2 ta holat bor. Oldinga yoki orqaga harakatlanasiz. O'rtada turishning iloji yo'q. Oldimizda turgan yo'l qiyin yo'l. Bizdan oldingi terma jamoalar Osiyo va Jahon chempionatlarida yaxshi natijalar ko'rsatishdi. Ularni o'rnak sifatida ko'rsatamiz. Har bir yig'indan keyin tahlil qilib chiqamiz. SHunchaki yig'ildik va mashg'ulot o'tkazdik qabilida ish qilmaymiz. Aniq vazifa va maqsadni qo'yamiz. Tayyorgarliklar orqali rasmiy o'yinlarga kelganda jamoa optimal holatda turishi zarur. O'ylaymanki, oktyabr oyidagi turnirga jamoa o'zining eng yaxshi sport formasida etib boradi. Saralashdan keyin Osiyo va Jahon chempionati kutib turibdi. Har bir murabbiyning o'z strategiyasi va yo'li mavjud. Hammasini reja qilib tuzib chiqqanmiz. 

- Klublar miqyosidagi Islombek Ismoilovni qiziqqon, hissiyotlarga beriluvchan sifatlari orqali taniganmiz. Terma jamoa boshqa daraja. 2 yil ichida terma jamoa sizni qanchalik o'zgartirdi?

- To'g'ri, "Turon"da murabbiylikni endi boshlagan paytlarim edi. O'ziga yarasha hissiyotlar jo'sh urgan. Bilasizmi, har bir o'yinda murabbiyning elkasida ulkan bosim turadi. O'yingacha bo'lgan jarayondagi bosimning o'zi katta jarayon. Siz o'yin kuni qanday natija qayd etilishini bilmaysiz. Murabbiyning hayoti o'yindan-o'yingacha. G'alaba qozongan taqdiringizda ham stresslar tark etmaydi. Mazkur holat xarakater bilan bog'liq. Har bir odam mag'lubiyatni yomon ko'radi. Men ham shundayman. "Turon"dan so'ng ortga qarab xatolarimni angladim. Ustozlardan maslahatlar oldim. "Murabbiylik faoliyatda bosiqroq bo'lishing kerak, shundagina uzoqqa bora olasan",- degan tanbehlar eshitdim. Asosiy tanbehni otamdan eshitaman. Qaerdadir yutqazasiz, yutasiz. Murabbiy shu orqali toblanadi. 

- "Turon"ga yana qaytamiz. Terma jamoaning ilk yig'ini vodiyda o'tkazilgan. Keyingi yig'inda ro'yxatda yana o'zgarishlar ro'y berdi. Tarkibda raqobatni shakllantirish uchun tanlov imkoniyati qanchalik ko'p bo'ldi?

- Dastlabki yig'inni Namangan FA tashabbusi bilan shu erda olib borganmiz. 6 ta yig'ingacha terma jamoa uchun juda ko'p futbolchilarni sinovdan o'tkazdik, 15dan oshiq musobaqalarni kuzatdik. Bitta musobaqa bir hafta davom etsa, bitta futbolchini finalgacha 6 ta o'yinini ko'rasiz. Iqtidorlar O'zbekistonda juda ko'p. Murabbiylar yaxshi ishlayapti. SHuning hisobiga ham iqtidorli yigitlar etishib chiqmoqda. Nima uchun bizda yaxshi murabbiylar yo'q deyishadi? Qarang, o'zbekistonlik yigitlar Angliyani yutmoqda. Ispaniyani "ko'mib" tashlayapti. Ularni shu o'zimizning oddiy murabbiylar tarbiyalagan. Xorijdan kelib dars berib ketmagan. BO'SM, BO'FM, futbol akademiyalari murabbiylari bitta futbolchi uchun qancha mehnatini ketkazmoqda. Demak murabbiylarimizning salohiyati bor. Past darajada emasmiz. O'zbekiston Angliyani yutib ketmoqda. Ularning tarkibida qaysi klublarda tarbiyalangan? "Arsenal", "Manchester Siti" va hokazo. Murabbiylar o'sishi uchun yanada ko'proq imkoniyat berishimiz kerak. Ularning salohiyati kelayotgan legioner murabbiylarnikidan ancha yuqori. 

- Murabbiy sifatida barcha futbolchilarni terma jamoada o'ynashini istayman . Lekin imkoniyatimiz 25 nafar futbolchiga etadi. OFKni reglamenti, tartibi bor. Deylik 14 yoshdan ularni terma jamoaga jalb qilgan bo'lsak, klubidagi murabbiylar shu vaqtgacha selekciyani amalga oshirib bo'lgan. SHaroiti yo'q BO'SMdan ham iqtidorni ko'rib akademiyasiga olib kelgan. Kimdir 7 yoshdan boshlagan, yana kimdir 10 yoshdan. Iqtidor har qanday sharoitda yuzaga chiqadi. Iloji boricha chekka joylargacha etib borishga harakat qilyapmiz. Hozir 15-16 yoshga kirgan futbolchi o'sha joyda o'zining jamoasida zo'r bo'lishi mumkin. Lekin yaxshi akademiyada tayyorgarlik ko'rayotgan futbolchiga eta olmaydi. Agar "Bunyodkor", "Paxtakor"dagi yigitlarni qarasangiz 80-90 foizi qishloqdan, viloyatdan kelgan bo'ladi. Terma jamoada Toshkentdan 3-4 nafar futbolchi to'p tepmoqda. Jamoada eng munosiblari o'ynaydi. Bir yil bizga yordam bergan futbolchida pasayish bo'ldi, o'rniga boshqasi yaxshiroq darajaga chiqdi. O'sha futbolchi tarkibga kiradi. Terma jamoa meniki emas, xalqniki. Deylik menda 3-4 yil kutish uchun vaqt yo'q. Bu terma jamoa 2025 yilda tugaydi va yigitlar katta yoshdagi terma jamoaga o'tadi. Bizning sharoitimizda kim munosib, tayyor bo'lsa va o'yin uslubiga mos tushsa o'ynaydi, tamom.

- Murabbiylar tarbiyalayapti. Malum bir bosqichgacha etkazib bermoqda. Ammo katta futbolda yoki futbolchi o'zgarmoqda, yoki yaxshi murabbiy qo'liga tushmayapti? Balki mentalitet shunday holatga tushirib qo'ymoqda...

- Dunyoda qancha odam futbol bilan shug'ullanadi. Angliya, Franciya O'zbekistondan qachon futbolchi kelar ekan deb kutib o'tirgani yo'q. Bunga faqat o'zimizning mehnatimiz, izlanishlarimiz evaziga erisha olamiz. Ular ham oldiga shunday talabni qo'yadi. Raqobat katta. SHu holatda ham kuchli beshlikda o'yinchilarimiz to'p tepmoqda. Legionerlarimiz ko'paydi. Husanov "Lans"da, SHomurodov Italiyada. Hozirgi o'zbek futboli uchun normal holat. Agar tizm yanada rivojlantirilsa, bundan ham yuqori natijaga erisha olamiz. Qo'limizda oltin bor. Faqat yanada ishlov berishimiz kerak. 

- Islombek Ismoilov va "Turon". 2020 yil Pro ligadagi debyut mavsumingizdayoq jamoani Superliga sari etakladingiz. Ammo "Turon" bugungi kunda Birinchi ligada...

- "Turon" murabbiylik faoliyatimda Islombek Ismoilov bo'lib tanilishimda yordam bergan. SHu klub orqali odamlar mehnatimizni ko'rishdi. To'rtta odamni etiboriga tushdik. "Turon" yaxshi loyiha edi. Biroq hayotda doim ham odam istagani yuzaga chiqavermaydi. Klub yana o'zining holatiga qaytishiga ishonaman. Yaypanda o'zim uchun tajriba orttirdim. 2 yil ichida barchaning harakati samarasi o'laroq Superligaga olib chiqdik. Kichkina tumanga katta futbol havosini olib kirdik. Oson ish emas. Katta viloyatlar o'z jamoasini elitaga olib chiqolmayotgan paytda Yaypanga Superliga keldi. Eslasangiz raqobat juda kuchli edi. "Neftchi", "Dinamo", "SHo'rtan" qarshiligini engishimizga to'g'ri kelgan. Superligaga yo'l olishimiz ham o'ziga xos shov-shuvli tus olgandi. 

- Dunyoga tanitgan o'yinni qanday xotiralar bilan eslaysiz? Hakamni hushtagi chalindi va hissiyotlar boshlandi...

- Pro liga tugashiga 3 ta tur qolganida ikkinchi o'ringa ham rozi edik. Lekin kutilmaganda mo'jiza yuz berdi. Oldindagi 3 ta o'yinda faqat g'alaba va raqobatchilarimizning ochko yo'qotishini kutish. shundagina to'g'ridan-to'g'ri elita eshiklari ochilardi. Bilmadim hozir bunga o'zim ham ishonmayman. Buni qarangki, 2 ta o'yinda yutdik. "Neftchi" bilan bahs esa final maqomida. Futbolchilarga alohida rahmat aytaman. Unutib bo'lmaydigan hissiyotlarni berishgan. Tasvirlash qiyin. 

- Eng yosh murabbiy sifatida bu ishni qilgansiz. Yulduzlik kasali kabi davrdan Bungacha o'tib bo'lgandingizmi yoki bu narsa ro'y bermaganmi?

- Yonimda doim otam-onam bu narsaga yo'l qo'yishmaydi. Kimligimizni eslatib turishadi. Yulduzlik kasali yaxshi narsa emas va u to'g'ri yo'lga boshlamaydi. 

- Superligada yo'l qo'ygan xatoyingizni bilasizmi?

- O'ziga yarasha xatolar o'tgan. Kimnidir ayblash niyatim yo'q. Natija bo'lmaganidan keyin murabbiy javob beradi. Aynan natija barcha narsani yuvib yuboradi. Rahbariyat hamma sharoitlarni yaratib bergan. Qaerdadir tajribasizlik qilganman. Yoshman, Superligadagi birinchi ishim. O'shanda ham o'yin jihatidan hech qaysi klubdan kam bo'lmaganmiz. "Lokomotiv"ni yutib turgan joyimizda 2:2 durangga aylanib ketgan. Buyog'i futbolchining vijdoniga havola. Omad ham etishmagan. "Paxtakor", "Lokomotiv", "Navbahor" bilan durang o'ynaganmiz. Bitta "Nasaf"ga o'yin jihatdan yutqazganmiz. Buni tan olaman. 

- "Turon"ga qanday vaziyatda yana qaytishingiz mumkin?

- Klubning oyoqqa turishida kichkina hissa qo'shganimizdan xursandman. Mendan keyin nimalar bo'lgani qorong'i. Har ko'rganingizda yaxshi damlar yodingizga tushadi. Klub rahbarlari baza, stadionni ko'tarib olib ketishgani yo'q. O'zlaridan nimadir qoldira olishdi. Qaytamanmi? Buni vaqt ko'rsatadi. Siz ko'p narsalarni istaysiz. O'sha vaqtda klubda kim rahbar bo'ladi. Nasibamiz qo'shilgan bo'lsa nima uchun yordam bermasligim kerak?

Reyting: +8   

Fikrlar

   
01 may 16:51:16
Абдураҳим Албеков
Ха Сизни эсладим, жон куйдириб ҳақиқатни жахл билан айтиб чиққан видеонгиз чиқган эди, омадингизни берсин
   
30 apr 09:19:25
(qòqon-1912 prostasuper)
Turon akademiyasi yana rivojlanadi inshaalloh va asosiy jamoaga sizni taklif etib butun oʻzbek xalqini larzaga keltiramiz nasb. Turonni omborini KALAMUSHLAR bosdi talon taroj qildi nomardlar.
   
29 apr 11:00:47
Mashhurbek Toraboyev
Бу хам кундузда
   
26 apr 21:25:35
Aziza Nuritdinova
())))
   
26 apr 12:37:53
Норбек Пирназаров
Мана шунака мураббийдан 5 та булса Узбекистон Жахонда номер 1 булади иншоллох.
   
26 apr 05:30:55
Man_Utd Norin
Omad tilaymiz ! Yaxshi zo'r murabbiy bo'lib yetilsin Kapadzega raqobat kerak
-1   
26 apr 13:01:51
Izzatillo89!
Янги қон, мураббийлар орасида. Зўр фикрлапти. Бу бола тўғри гапиргани учун жазоланган мураббий ўз вақтида.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика