So’nggi yangiliklar

10:11ПСЖ президенти журналистнинг саволига кескин жавоб қайтарди  0 09:45Тиаго Силва янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  12 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  7 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  17 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  14 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  5 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  94 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  44 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0

Intervyu. Islom To'xtaxo'jaev: "OKMKni pul yoki boshqa sabab emas, Mirjalol Qosimov faktori tufayli tanladim" Yangiliklar

Intervyu. Islom To'xtaxo'jaev: "OKMKni pul yoki boshqa sabab emas, Mirjalol Qosimov faktori tufayli tanladim"

Hozirda Navoiyning "Qizilqum" klubida faoliyatini davom ettirayotgan tajribali himoyachi Islom To'xtaxo'jaev va "Neftchi" muxlislari o'rtasida onlayn muloqot tashkil etildi.

OKMK yo'qotishlarni o'rnini to'ldirish, poziciyalardagi raqobatni oshirish maqsadida ikki nafar futbolchini qo'shib oldi. Himoyachi Islom To'xtaxo'jaev va yarim himoyachi Sardor Mirzaev ayni paytda "konchilar" bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Ular ikkinchi davrani olmaliqliklar safida boshlaydi. Bu borada dastlab Islom To'xtaxo'jaevning yangi jamoasidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

- Transferlar oynasi ochilishiga yaqin siz haqingizda ko'p xabarlar bolaladi. "Turon", "Navbahor" jamoalariga o'tishingiz borasida mish-mishlar ko'p uchradi. OKMK tanlovini kutilmagan desak to'g'ri bo'ladimi?
- Boshqa variantlar orasida OKMKning taklifi maqul keldi. Bu erda asosiy faktor Mirjalol Qosimov bo'ldi. Ushbu murabbiy boshqargan klublarda shu paytgacha o'ynamagandim. Bilasiz milliy terma jamoada hali juda yosh bo'lishimga qaramay Mirjalol Qosimov imkoniyat bergan.

- "Navbahor" Islom To'xtaxo'jaevga katta summa taklif qilayotganini eshitdik. SHamol bo'lmasa darahtni uchi qimirlamaydi. Namangan chorlovida biroz bo'lsa ham haqiqat bormi?
- To'g'risini aytganda O'zbekistondan boshqa jamoalar bilan aloqa qilmagandim. Klub bosh direktori Bahodir Mirzaev O'zbekistonga qaytganimda birinchi bo'lib OKMK bilan muzokara o'tkazishni aytgandila. Qolganlar bilan muzokaralarga kirishmadim, desam ham bo'ladimi. Bu erda mablag' yoki boshqa narsalarni o'ylamadim. Yuqorida aytganimdek asosiy omil - Mirjalol Qosimov. Maqsadim qo'limdan kelgancha jamoaga yordam berish.

- Qatardagi faoliyatingiz erta tugashiga nima sabab bo'ldi?
- Yomon jamoada o'ynamadim. Lekin Qatarda legionerlar limitida o'zgarish bo'ldi. Oldin 4+1 bo'lsa, hozir 5ta istalgan mamlakatdan legioner olishi mumkin. Faqatgina OCHLda o'ynaydigan jamoalargina osiyolik futbolchilarni jalb qiladi. Hozir u erda bozor qizigan. O'yin amaliyoti bo'ldi, lekin jamoa bilan to'rtinchi o'rinni egalladik. Boz ustiga murabbiy o'zgardi. SHartnomam ham tugagandi.

- Qatardan bizga olib kiradigan eng muhim va asosiy jihat nima, deb o'ylaysiz?
- SHaroitlarni tan olish kerak yuqori. Oddiy misol, 5 yoshli bolaga  mashg'ulot uchun eng zo'r maydonni berishadi. O'zbekistonda mana endi maydonlar holati yaxshilanyapti. O'yindan oldin suvlar sepib qo'yilmoqda. Bu narsa o'yinga katta tasir qiladi. To'pni yurishini tezlashtiradi. Ayniqsa texnik va kombinacion o'yin ko'rsatadigan jamoalar uchun bu muhim hisoblanadi. Bir jihatn takidlashim kerakki, O'zbekistonda muxlislar futbolni Qatardan ham ko'proq yaxshi ko'rishadi.

- Jahon chempionati uchrashuvlarini stadiondan tomosha qilish Qatardagi faoliyatingiz davomida unutilmas voqea sifatida yodda qoldimi?
- Jahon chempionati alo darajada tashkillashtirildi. Toshkent shahardek joy, lekin stadionlar orasi juda yaqin. Kichkina joyda noqulayliklar bo'ladi, deb taxmin qilgandim. Ammo bari yaxshi o'tdi. Tashqarida 50, stadion ichida 25-30 daraja issiq. Qulayliklar yaratilgan.

- CAFA musobaqasida O'zbekiston finalda yana Eronga mag'lub bo'ldi. Forslarga qarshi avval o'ynagan futbolchi sifatida bunga qanday izoh bergan bo'lardingiz?
- Tan olish kerak Eron futboli biznikidan kuchli. Eron, Koreya, Yaponiya terma jamoalari O'zbekistondan yuqori. Lekin ularni yutishga harakat qilishimiz kerak.

- Terma jamoada Srechko Katanecning imzosi ko'rinyaptimi?
- Ko'z tegmasin yigitlar yaxshi o'ynashyapti. Futbolchilar Katanec nima istayotganini tushunib olishgani bilinib turibdi. Ular uchun doim duodamiz. Osiyo kubogida munosib natija kutamiz.

- Erondan uchralgan mag'lubiyat Osiyo kubogi oldidan yana kuchli raqiblarni yutishimizga shubhalarni oshirmaydimi?
- Osiyo kubogi o'z nomi bilan kubok. Guruhdan qiyinchiliksiz chiqamiz. Avstraliya bilan ham bemalol o'ynasak bo'ladi. To'g'risini aytish kerak Katanecni nima uchun olib keldik? O'zbekistonlik muxlislarga buncha mablag' sarflashmaydi. Kuchli raqiblarni yutish uchun xorijlik mutaxassisni jalb qilishgan. Umid qilamanki, Qatarda kerakli natijani qo'lga kirita olamiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика