So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  123 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  2 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

Intervyu. Igor Sergeev: “Burak Yilmazdan bilmaganlarimni o'rganaman” Yangiliklar

Intervyu. Igor Sergeev: “Burak Yilmazdan bilmaganlarimni o'rganaman”

O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeev iyul oyi boshida Xitoy Superligasi ishtirokchisi “Beyjing Goan” klubiga ko'chib o'tdi.

O'tgan yil oliy liga to'purari bo'lgan futbolchi Xitoy klubiga ijaraga berilgani elon qilindi. Biz legionerga aylangan Sergeev bilan suhbatlashishga qaror qildik. Dastlabki savolimiz tabiiyki transfer qanday sodir bo'lgani bilan haqida bo'ldi.

"Beyjing Goan" va "Paxtakor" o'zaro muzokara o'tkazishdi. Yakunda toshkentliklar meni Xitoy klubiga ijaraga berishdi. Bundan albatta xursand bo'ldim", - deya o'z fikrlarini boshladi Igor Sergeev.  

- Klub sizni qanday qabul qildi?
- Klub yaxshi qabul qildi. Barcha yigitlar meni qo'llab quvvatlashmoqda. Hozircha til borasida biroz qiyinchiliklar bor. Ammo men barchasidan qoniqayapman. Bundan tashqari jamoada do'stim Egor Krimec ham borligi menga ko'nikish uchun yordam bermoqda. Murabbiylar ham menga yordam bermoqda. Rahbariyat ham o'yinlarga kelib futbolchilarga omad tilamoqda, bu albatta quvontirmay qo'ymaydi. Bir so'z bilan "Beyjing" yaxshi qabul qildi deya olaman.



- Xitoyda dastlabki kunlarda sizni nima xayron qoldirdi?
- Odamlarning juda ko'pligi. Mehmondo'st xalq. Bu erda ko'plab ruslar bor ekan. Rus va o'zbek taomlari pishirliadigan restoran va kafelar ham bor ekan. Bu erda barchasi reja bo'yicha tashkil etiladi, yani tartib eng yuqori darajada.

- Bosh murabbiy sizdan nima kutmoqda?
- Hujumchidan nima kutish mumkin? Gol albatta. Meni aynan shu bois ham jamoaga olib kelishgani tabiiy hol. Qanday gol urishim muhim emas. Albatta murabbiyning o'z taktik o'ylanmalari ham bor, ularga ko'nikish qiyinchilik tug'dirmaydi.

- Burak Yilmaz bilan raqobatlashish qiyin bo'lmayaptimi?
- Men yangi jamoaga keldim. Yangi muhit, yangi mamlakat, yangi mentalitet. Qiyinchiliklar bor. Ammo Xitoyda o'yinlar juda ko'p va taqvim juda zich. SHu bois ikkalamizga ham imkon berilishiga ishonaman. Barcha o'yinlarda bitta o'yinchini o'ynatishning imkoniyati yo'q. U juda yuqori darajadagi futbolchi hisoblanadi. Burakdan bilmaganlarimni o'rganaman. Raqobat? Buni murabbiy hal qiladi deb o'ylayman.

- Xitoy Superligasida o'ynashga ulgurdingiz. Taassurotlar qanday?
- Ajoyib. Kuchli liga, kuchli jamoalar, tezroq, keskin o'ynashadi. Faqat Xitoyda havo biroz dimroq ekan. Bunga tezda ko'nikish mumkin. Umuman olganda taassurotlar ajoyib.

- “Beyjing Goan” va “Paxtakor”ning mashg'ulotlari nimalarda farq qilar ekan?
- Barcha narsa. To'g'ri odatiy harakatlar dunyoning barcha klublarida bir xil. Ammo mashg'ulotlar jarayoni butkul boshqacha. Mashg'ulotlar O'zbekistonda mashg'ulotlar kechki payt o'tkazilardi, Xitoyda esa mashg'ulotlar tongda bo'lmoqda.

- Jamoaning va shaxsan sizning maqsadingiz qanday?
- Mening maqsadim jamoaga tezda qo'shilib ketish. Har bir vaziyatdan gol urish, o'sishda davom etish. Hali juda ko'p mehnat qilishim kerak. Klub Xitoy poytaxti sharafini himoya qiladi. Bitta yaxshi inson aytgandi: “Beyjing Goan” ham “Paxtakor”, faqat Xitoyda joylashgan. Har bir musobaqa va har bir o'yinda g'olib bo'lishni istaydi. Klub katta tarixga ega. Kamdan-kam himoyaviy futbol ko'rsatib asosan vertikal hujum qiladi. “Beyjing” doim o'z oldiga faqat maksimal maqsadlarni qo'yadi.



- Legioinerga aylandingiz. Bu terma jamoadagi faoliyatingizga qanday tasir qiladi? Buni qanday ijobiy va salbiy jihatlari bor?
- To'g'risi men buni faqat ijobiy tomonlarini ko'rayapman. Har holda xorij klubida o'ynayman bu terma jamoaga faqat foyda keltiradi deb o'ylayman. Bu men uchun yangi chorlov va yangi maqsadlar sari intilish imkoniyati beradi. Nasib qilsa “Beyjing Goan”dagi faoliyatim orqali O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham ko'p foyda keltiraman.

- “Paxtakor” klubi va uning muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?
- “Paxtakor”ga faqat va faqat omad tilayman. Ikkinchi davradagi barcha o'yinlarda g'olib bo'lishini istayman. Agar shunday bo'lsa muxlislar ham xursand bo'lishadi. Jamoadan juda minnatdorman, u menga barchasini berdi. Qaerda bo'lsam ham butun yuragim va qalbim bilan ushbu klub muxlisi bo'lib qolaveraman. Har doim chempion bo'lishini va sovrinlar yutishini tilayman. Mening ketganimdan xafa bo'lgan muxlislarga nima deyman? Xafa bo'lmanglar, hayot davom etadi. “Paxtakor” o'z akademiyasi bilan mashhur. Hali mendan ham kuchli hujumchi etishib chiqadi. Bunga ishonaman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика