So’nggi yangiliklar

13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  0 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   1 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  2 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  7 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  0 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  7 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  15 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0

Intervyu. Feliks Sanches: "O'ylaymanki, Kopa Amerikadagi ishtirok Qatar termasi uchun foydali bo'ladi" Yangiliklar

Intervyu. Feliks Sanches: "O'ylaymanki, Kopa Amerikadagi ishtirok Qatar termasi uchun foydali bo'ladi"

Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

Qatar terma jamoasining BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi-2019da chempion bo'lishida ushbu mutaxassisning qo'shgan hissasi nihoyatda katta. Feliks Sanches murabbiylik sohasini bosqichma-bosqich olib bordi. U avval bolalar bilan ishladi va sekin-asta kattalar futbolini qo'lga oldi. 

Endilikda Qatar terma jamoasining asosiy maqsadi 2022 yil shu mamlakatda o'tkaziladigan jahon chempionatida o'zini ko'rsatish hisoblanadi. Ungacha esa jamoa Kopa Amerika-2019da ishtirok etadi. Malumki, ushbu musobaqada Osiyodan Qatar bilan birgalikda Yaponiya ham qatnashadi. 

Malumot uchun, ispaniyalik murabbiy Qatarda 2006 yildan beri faoliyat olib boryapti. Dastlab u "Espayr" akademiyasida bolalarni shug'ullantirdi. Murabbiy 2014 yil o'z nomini Osiyoga yoydi. O'shanda uning shogirdlari U-19 Osiyo chempionatida zafar quchib, U-20 jahon chempionatida qatnashdi. Keyin esa milliy terma jamoa miqyosida katta yutuqqa erishdi. BAAdagi g'oliblikdan so'ng federaciya rahbariyati Feliks Sanches bilan shartnomani JCH-2022 oxirigacha uzaytirdi. 

- Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogida misli kutilmagan natijaga erishdi. Bu JCH-2022 yo'lida katta qadam bo'ldi. Nima deb o'ylaysiz, Kopa Amerikadagi ishtirok ham jamoa uchun foyda beradimi? 

- Siz har doim o'z oldingizga maqsad qo'yib shu bo'yicha harakat qilishingiz kerak. Qatar katta mundialga hozirlik ko'rmoqda. Biz navbatdagi jahon chempionatida shunchaki mezbon sifatida o'ynamaymiz, balki o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Kopa Amerikadagi ishtirok esa biz uchun JCH-2022 yo'lida ajoyib start bo'ladi. Biz bunda Janubiy Amerikaning kuchli jamoalariga qarshi bahs olib boramiz. Guruhimizda Argentina, Kolumbiya va Paragvay kabi nomdor jamoalar bor. Ishonamanki, biz har o'yinda katta tajriba to'playmiz.


- Bu musobaqada Qatar terma jamoasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz? 

- Tarkibimizda yoshlar ko'p. Ular kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushib tajriba to'plashadi. Men o'yindan o'yinga jamoaning o'sib borishini xohlayman. Albatta, agar biz keyingi bosqichga chiqsak, bu meni nihoyatda xursand qiladi. 


- Kopa Amerikaga qadar Qatar terma jamoasi Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. SHuningdek, musobaqaning guruh bosqichida Argentina bilan bahs olib borasiz. Har ikki jamoada ham yulduz bor: Neymar va Messi. 

- SHubhasiz, bu ikki futbolchi juda mashhur va ko'p narsaga qodir. Ularga qarshi to'p tepish futbolchilarimiz uchun katta dars bo'ladi. Lekin ruhiy tomondan sinib qolmasligimiz aniq, chunki bizda ham kuchli futbolchilar bor. Men hozirda Neymar yo Messi haqida o'ylayotganim yo'q, aksincha bu ikki jamoaga kuchli raqib sifatida qarayapman.


- Qatar futbol federaciyasi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatdan so'ng shartnomangizni uzaytirdi. Buni mukofot sifatida qabul qildingizmi? 

- SHu o'rinda Qatar futbol federaciyasi prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Al Taniga alohida rahmat aytishni xohlardim. U kishi meni doim qo'llab keldi va ishonch bildirdi. Al Tani menga terma jamoada ishlash imkonini berdi, yo'qsa murabbiy sifatida Osiyo Kubogini yuta olmagan bo'lardim. Albatta, yangi shartnomani mukofot sifatida qabul qildim va bu o'z navbatida yanada ko'proq ishlashimiz kerakligini anglatadi. 


- Qatarga borgach avvaliga bolalar bilan ishladingiz. Keyin vaqt o'tib milliy terma jamoa bosh murabbiyi darajasiga chiqdingiz. Har bir murabbiy bosqichma-bosqich o'sib borishi kerak deb hisoblaysizmi? 

- Albatta. Xuddi futbolchilar kabi murabbiy ham o'sib boradi. Futbolchi birdaniga yulduz bo'lib qolmaganidek, murabbiy ham o'zidan o'zi chiqib qolmaydi. Hech bir murabbiy ishni yuqoridan boshlamaydi. Nomdor mutaxassislarga qarang, ularning har biri mashhurlikka erishish uchun katta dovonni bosib o'tishgan. Men turli yoshdagi futbolchilar bilan ishlaganman va ularning nima o'ylayotganini juda yaxshi bilaman. 


- JCH-2022ga uch yarim yil vaqt qoldi. Sizda musobaqaga tayyorgarlik rejasi bormi? 

- O'ylaymanki, bu borada menga Qatar futbol federaciyasi katta yordam beryapti. Osiyo Kubogidan oldin SHveycariya, Islandiya, Ekvador bilan o'ynab yaxshigina tajriba olgandik. Endi bo'lsa Braziliyaga qarshi o'ynaymiz, shuningdek Kopa Amerikada qatnashamiz. SHuning o'ziyoq tayyorgarlik yaxshi bo'lishidan darak beryapti. Bundan tashqari JCH-2022 saralash bosqichida ham ishtirok etamiz. 


- Osiyo Kubogi-2019da g'olib bo'lishingizni qachon his qildingiz. Bunga qaysidir o'yindagi g'alaba turtki berdimi? 

- Biz musobaqada 7ta o'yin o'tkazdik. Guruh bosqichining oxirgi turida Saudiya Arabistonini mag'lub etishimiz katta turtki berdi. Guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'l oldik va o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. Guruhdan chiqqach Iroq bilan o'ynadik, stadion to'la iroqlik ishqibozlar edi, ammo o'zimizni yo'qotib qo'ymadik. Keyinchalik Janubiy Koreyani ham mag'lub etib bu ishni uddalay olishimizga to'liq ishona boshladim. Musobaqa mezboniga qarshi bahsda to'rtta gol urdik. So'ngra oxirgi qadam qolgandi va Yaponiyaga qarshi finalni ham o'z foydamizga hal qildik. 


- Nima deb o'ylaysiz, qatarlik futbolchilar Evropa ligalarida o'ynab keta oladimi? 

- Ha. Futbolchilarimiz Osiyoda etarli darajada tajriba to'plab Evropaga ketishga tayyor. O'ylaymanki, Kopa Amerika musobaqasidan keyin ayrim o'yinchilar Evropaga yo'l olishadi. Agar shunday bo'lsa, bundan hammamiz xursand bo'lamiz. 


- Qatar futboli rivojida "Espayr" akademiyasining o'rni qay darajada? 

- Juda katta degan bo'lardim. Aynan shu erda o'qib tahsil olgan futbolchilar Osiyo Kubogi g'olibi bo'lishdan oldin 2014 yil U-19 Osiyo chempionatida zafar quchishdi. Biz shuningdek U-23 Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni egalladik. Bu yilgi Osiyo Kubogida oltin medallarni qo'lga kiritdik. Bularning hech biri tasodif emas. Akademiyadan Almuaz Ali, Saad Al SHib kabi futbolchilar etishib chiqdi. Demak, shuncha mehnat zoe ketmabdi. 

X.Xoliqov tayyorladi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика