So’nggi yangiliklar

21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  24 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  0 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  3 20:10"Арсенал" чемпионлик парадини режалаштирмоқда  6 19:52Про лига. "Арал" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  4 19:30Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Металлург" "Бунёдкор"дан устун келди  0 19:06Бернардески "Торонто" билан шартномасини узайтириш борасида музокаралар олиб бормоқда  0 18:43Хави Симонс ПСЖга қайтмайди  6 18:01Мбаппесиз. ПСЖ келаси мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 17:37Футзал бўйича Олий лига. ОКМК "Динамо" дарвозасига 5 та тўп киритди, Элбек Тўлқиновдан хет-трик!  0 16:55АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:30"Челси" вакили 2018 йилнинг сентябридан буён илк бор АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси бўлди  2 16:05Гавининг тикланиш жараёни ноябрь ойигача чўзилиши мумкин  0 15:41Рис Жеймс машғулотларга қайтди  0 15:14"Боруссия" Дортмунд таркибни "Челси" ҳужумчиси билан кучайтирмоқчи  4

Intervyu. Farruh Ibrohimov - "Xorazm"ning starti, "Lokomotiv"dagi oltin davrlar va ispaniyalik murabbiy haqida Yangiliklar

Intervyu. Farruh Ibrohimov - "Xorazm"ning starti, "Lokomotiv"dagi oltin davrlar va ispaniyalik murabbiy haqida

"Xorazm" jamoasi qishki transferlar vaqtida tarkibiga Superliga havosini ko'rgan tajribali futbolchilarni jalb qildi.

Bobur Qosimov, Mo'min Meliev, Oybek Nurmatov, Farruh Ibrohimov kabi futbolchilar o'z tajribasi bilan jamoaning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shishga harakat qilishmoqda. Farruh Ibrohimovni muxlislar "Lokomotiv", "Metallurg"dagi faoliyati orqali yaxshi tanishadi. Futbolchi o'tgan mavsumni "Buxoro"da o'tkazgandi. Ibrohimov bilan avvalgi jamoalari, Pro liga va boshqa mavzularda suhbatlashdik. 

- Dastlabki 3 ta turda "Xorazm" peshqadam turnir jadvalida bo'lib turgandi. "Qo'qon-1912" bilan o'yinda jamoaga nima bo'ldi? Startdagi natijalar aldamchi edimi?

- To'g'ri aytdingiz. Mavsumni yomon boshlaganimiz yo'q. 3 ta turdan so'ng birinchi o'rinda ketayotgan edik. Biz faqat sababini qilamiz. Qolgani xudodan. Farg'onada biroz bo'lsa ham omadimiz kelmadi. Jamoadagi barcha harakat qildi. Qaysidir joyda bo'shashdik va xatolarga yo'l qo'ydik. Hozir aybdorni qidirishni mavridi emas. Barchamiz birlashib navbatdagi o'yinlarga tayyorlanishimiz kerak. 

- Jismoniy, taktik tayyorgarlik o'z yo'liga. Bu mag'lubiyat ruhan tasir qilmaydimi?

- O'yinni ko'rib chiqib xatolar ustida ish olib boramiz. Bu mag'lubiyatni tezda unutamiz. O'ylaymanki, tasir o'tkazmaydi. Jamoamizda xarakter borligini ko'rsatamiz. Mavsum endi boshlandi. Hali o'yinimizni yana kuchaytira olamiz. Hech qaysi jamoadan qo'rqmaymiz va hurmat qilamiz. 

- Faoliyatingizda ilk bor quyi ligada to'p tepyapsiz. Pro ligada qaysi tomonlama yangiliklar ko'rdingiz?

- Pro liga jamoalari bilan avval ham to'qnash kelganim bois tasavvur bor edi. Asosiy o'zgarish sifatida maydonlar sifati yaxshilanganini aytishim mumkin. O'yinlar ham oson o'tmayapti. Har bir turda kurash kechmoqda. Superligaga chiqish uchun barchada imkoniyat bor. Pro liga shu paytgacha ancha o'sishga erishgani ko'rinib turibdi. 

- Faoliyatingizni "Lokomotiv"da boshlagansiz. Bungacha bo'lgan bosqich haqida gapirib bersangiz?

- 2015 yil "Paxtakor"dan "Lokomotiv-BFK" safiga borib qo'shilganman. U erdan meni o'rinbosarlar tarkibiga jalb qilishgan. Katta futbolgacha Dilshod aka Nuraliev qo'l ostilarida to'p tepganman. Futbolchi bo'lishimda ularning hissalari katta. Yigit kishining boshiga tushadigan qanday qiyinchilik bo'lsa, barchasidan xudoning marhamati bilan oila azolarim yordamida birga o'tib kelganmiz. U paytlarni ko'p eslashni istamayman.  

- "Lokomotiv"da o'ziga hos oltin davr bo'lgan. O'sha vaqtlarda klub muntazam sovrindor bo'lib kelgan. OCHL qatnashgan. Tarkibda yulduzlar to'p tepgan. Xotirangizda nimalar qolgan?

- Mazkur jamoada futbolchilik davrimning eng yaxshi onlari o'tgan deb hisoblayman. U erdagi muhit, oila, bunday futbolchilar bilan ishlash barchaga orzu. "Lokomotiv"da nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham o'sishga erishdim. 


- "Metallurg" bu faoliyatning cho'qqisi bo'ldimi?

- Bekobodda eng yaxshi o'yinlarimni ko'rsatishga harakat qildim. U erda menga Luisma Ernandesning ishonchi, futbolchilarga munosabati yaxshi darajaga chiqishimga turtki bo'ldi. To'g'ri natijalar yaxshi bo'lmagandir. Lekin murabbiyning shogirdiga bo'lgan munosabati o'sish yoki o'smasligiga tasir qilishini tushundim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика