So’nggi yangiliklar

12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  0 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  0 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  1 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  2 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  2 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  12 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  5 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  1 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  4 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  4 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  33

Intervyu. Farhod Bekmurotov: "Agar etibor va moliyaviy holat yaxshi darajada bo'lsa, keyingi mavsum yuqori o'rinlarni egallaymiz" Yangiliklar

Intervyu. Farhod Bekmurotov: "Agar etibor va moliyaviy holat yaxshi darajada bo'lsa, keyingi mavsum yuqori o'rinlarni egallaymiz"

Oson bo'lmagan mavsumni o'tkazgan "Andijon" jamoasi o'tish o'yinida "Neftchi"dan ustun keldi va Superligada qolish masalasini ijobiy hal qildi.

Murosasiz va shiddatli o'tgan o'tish o'yinidan so'ng "Andijon" futbolchisi Farhod Bekmurotovni suhbatga chorladik.

- "Andijon"ning Superligada qolgani bilan samimiy tabriklaymiz. "Neftchi" bilan o'yin sizlar uchun oxirgi chora edi. Jamoa Superligada og'ir mavsum o'tkazganiga qaramay qisqa vaqtda mazkur uchrashuvga qadar tiklana oldi va g'alaba qozonib elitada qoldi...

- Tabrik uchun katta rahmat. "Neftchi" bilan o'ynab Superligada qolish taqdirimizga yozilgan ekan biz nima ham qila olardik. Mavsumdagi oxirgi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. 0:1 hisobida ortda borayotganimizda ham yutishimizga ishondim. Rahbarlar, muxlislar, oila azolarimiz va yaqinlarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. 

- Bu faoliyatingizdagi eng og'ir va murakkab mavsummi?

- Ha, shunday desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Pandemiya sabab ko'p uzilishlar va tanaffuslar yuzaga keldi. Qiyin mavsumni o'tkazdik.

-  Jamoani mavsum davomida to'rt nafar murabbiy boshqarishga ulgurdi. Lekin yakunda Otabek G'ulomxo'jaev jamoani Superligada olib qolish vazifasini uddaladi. Bunda futbolchilarga qay darajada qiyin bo'ldi? To'rtta murabbiy, to'rt xil qarash, to'rt xil uslub va falsafa...

- To'g'ri takidladingiz. Qiynlaganimiz rost.  Endi bir murabbiyning uslubiga moslashganimizda boshqasi keldi. Har bir murabbiyning o'ziga yarasha qarashlari, falsafasi, tushunchasi bor. SHu tomondan ham qiynaldik deya olaman. 

- "Andijon" joriy mavsumda juda ham kam gol urdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Hujumchilarimizga omad etishmadi deb o'ylayman. O'yinlarda juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, vaziyatlar yaratdik. Lekin oxirgi nuqtani qo'yish nasib qilmadi. Hujumlarni yakunlashda oqsadik. Agar yaratgan vaziyatlarimizdan samara chiqara olganimizda gollarimiz soni bundan ham ko'p bo'lardi. 

- Klub ikki mavsum Superligada qolish uchun kurashdi. Hozirda etibor oshgani va moliyaviy holat yaxshilanganini hisobga olsak navbatdagi mavsumda muxlislar qanday natija kutishlari mumkin?

- O'tgan yili bunchalik qiyin bo'lmagan edi. Turnir jadvalida o'ninchi pog'onani egallagandik, boz ustiga avvalgi mavsumda tajribali futbolchilar ham nisbatan ko'p bo'lganini aytish joiz.  Bu yil esa ko'proq yoshlarga ishonch bildirildi.  Ha, etibor va moliyaviy holat yaxshi bo'lib tursa keyingi mavsum yuqori o'rinlardan birini egallaymiz. 

- "Paxtakor" bilan kechgan bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edingiz. "Neftchi"ga qarshi uchrashuvga qanday tiklandingiz?

- Ha, Toshkentdagi o'yinda jarohat orttirib oldim. Ko'rdingiz, "Nasaf" bilan kubok uchrashuvida ishtirok etmadim. O'tish o'yiniga ikki kun qolganda mashg'ulotlarga qo'shildim. Murabbiylarimiz taktikalar ustida ish olib borishdi. Otabek aka o'yindan oldin oldilariga chaqirdilar va jamoaga yordam berishim kerakligini tushuntirdilar. "Neftchi" bilan og'riq qoldiruvchi ukol bilan o'ynadim. 

- Mag'lubiyatlar, xato va kamchiliklar jamoaga saboq bo'ldimi? To'g'ri xulosa chiqarildimi?

- Ha, mag'lubiyatlar kamchiliklarimizni ko'rsatib berdi. Har qanday xatodan to'g'ri xulosa chiqarish muhim. Murabbiylarimiz mashg'ulotlarda qaerda qanday xato qilganimizni ko'rsatib berishdi. 

- Otabek G'ulomxo'jaev qisqa vaqt ichida jamoada qanday o'zgarishlarga qo'l urdi?

To'g'risi, "Surxon"ga mag'lub bo'lganimizdan so'ng jamoadagi ko'pchilik tushkun holatida edi, Pro ligaga tushib ketish havfi oshgandi. Lekin, Otabek aka o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni qaytara oldi. O'z maydonimizda "Mashal"ni mag'lub etdik va bu g'alaba bizga o'tish o'yinida ishtirok etishimizni taminladi. Eng yaqin taqibchimiz "Buxoro" esa mag'lubiyatga uchradi. Muxlislarimizga oxirigacha qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib qolaman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика