So’nggi yangiliklar

00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  0 00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  12 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  13 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22

Intervyu. Eldor SHomurodov: “Rostov”dagilar o'zbek futbolini yaxshi bilishadi” Yangiliklar

Intervyu. Eldor SHomurodov: “Rostov”dagilar o'zbek futbolini yaxshi bilishadi”

Yozda O'zbekiston terma jamoasi va Toshkentning “Bunyodkor” klubi azosi Eldor SHomurodov Rossiya premer-ligasining “Rostov” jamoasiga ko'chib o'tgan edi.

Hujumchi yangi klubi safida bir necha o'yinlarda ishtirok etishga ulgurdi. Bosh murabbiy Leonid Kuchuk o'zbekistonlik futbolchini “Zenit” bilan o'yinda asosiy tarkibda tushirgani ham etiborga molik. Biz SHomurodov bilan bog'lanib yangi klubidagi taassurotlari bilan qiziqdik.

- “Rostov”dagi ilk taassurotlar qanday?
- Taassurotlar yaxshi. Yangi jamoa, yangi chempionatga moslashish uchun barbir ozroq vaqt kerak bo'ladi. Hozir yaratganga shukr hammasi yaxshi. Asta sekin jamoaga moslashib borayapman.

- Juda kam maydonga tushayapsiz. Bunga nima sabab bo'lmoqda: Raqobatmi yoki boshqa narsa?

- To'g'ri kam maydonga tushayapman. Sabablari ko'p. Bu erda birinchi navbatda jismoniy kuchga etibor qaratilar ekan. Aynan shu tomonlama raqobatda engilayapman. Jamoada futbolchilarning jismoniy holatini oshirib boradigan murabbiy ishlaydi. SHu inson bilan qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazayapman. Endi barchasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman. Kam o'ynayotganim o'zim uchun ham yoqimsiz holat, ammo men bu erga kelishimdan oldin raqobat kuchli bo'lishini juda yaxshi bilganman. Bu o'zimning tanlovim bo'lgan, shu bois afsuslanmayman.


- “Rostov” bosh murabbiyi Leonid Kuchukka qanday tarif bera olasiz?
- Bosh murabbiy Rossiya chempionatidagi taktik tomonlama eng kuchli mutaxassislardan biri hisoblanadi. Juda ham qattiqqo'l. O'yinlarda barchaga imkon beradi. Har bir o'yinda 2-3 nafardan o'zgarish bo'ladi. Mashg'ulotlar tugagach bazida o'zi qolib hujumchilar bilan individual tarzda ishlaydi. Inson sifatida ham hurmat qilaman, barcha futbolchilar bilan birdek gaplashadi.

- Jamoada qaysi futbolchilar bilan boshqalarga nisbatan yaqinroqsiz?

- Barcha bilan bir xil munosabatdaman. Alohida bitta futbolchini ayta olmayman. Mashg'ulotlar vaqtida jamoadoshlarim bilan suhbatlashib, hazillashib turamiz. Yigitlar bilan tez chiqishib ketdim.

- “Rostov” ayni paytda musobaqa jadvali o'rtasida bormoqda. Klubning ushbu mavsum uchun maqsadi qanday?

- “Rostov”ning maqsadi mavsumni kuchli beshtalikda tugatib keyingi mavsum Evropa ligasi musobaqasida o'ynash. Ayni paytda beshinchi o'rindagi jamoadan bir ochkoga ortda qolayapmiz holos. Hali mavsum uzoq davom etadi.

- SHahar haqida nima deya olasiz? Uning ijobiy va salbiy tomonlarini sezdingizmi?

- Rostov shahri menga yoqdi. Hozirgi ob-havosi O'zbekistonga o'xshash. Lekin qishda qanday bo'lishini bilmadim (kuladi). Barchasi ajoyib, hozircha salbiy tomonlarini ko'rganim yo'q.

- Klub sizga qanday sharoitlar yaratib berdi?

- “Rostov” menga yashashim uchun alohida kvartira olib berdi.

- Mahalliy muxlislar haqida qanday fikrdasiz?

- Rostovlik muxlislar juda ajoyib. Futbolni qattiq sevishadi. Bazida klubimiz safardan g'alaba bilan qaytsa aeroportga 200-300 odam bizni kutib olgani chiqadi. Uydagi har bir o'yinimizda stadion deyarli muxlislar bilan to'ladi. Odamlar “Rostov”ga chin ko'ngildan muxlislik qilishlari sezilib turadi.


- 2018 yil ushbu shahar Jahon chempionati o'yinlariga mezbonlik qiladi. Ayni paytda bu erda mundial shukuhi sezilayaptimi?
- Albatta sezilmoqda. Mundialga tayyorgarlik qizg'in ketmoqda. SHaharning ko'plab joylarida katta qurilishlar davom etmoqda. Jahon chempionatini mahalliy futbol muxlislari sabrsizlik bilan kutishmoqda.

- Bugungi “Rostov”ning etakchisi va muxlislar yoqimtoyi kimlar?
- Belaruslik Timofey Kalachev hamda moldovalik Aleksandr Gackan jamoa etakchilari hisoblanadi. Bu mavsumda Kalachev 4ta, Gackan esa 2ta gol urishning uddasidan chiqqani so'zimga isbot bo'la oladi. Ularni muxlislar juda yaxshi ko'rishadi. Umuman olganda "Rostov"da kuchli futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi.

- Rossiyalik futbolchilar bilan bemalol gaplasha olishingizni bilamiz. Boshqa legioner futbolchilar bilan suhbatlashishda qiyinchilik bo'lmayaptimi?

- Hech qanday muammo yo'q. Aslida futbolchilar o'zaro futbol tilida gaplashishadi. Jamoada uch nafar tarjimon bor. Agar juda bir-birimizni tushuna olmasak ular yordam berishadi.

- “Rostov”ning asosiy tarkibidagi ilk bahsni “Zenit”ga qarshi o'tkazdingiz. Jahon yulduzlariga qarshi o'ynash qiyin ekanmi?

- “Zenit” bilan o'yindan ajoyib taassurotlar qoldi. Asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushganim uchunmi o'yin tempiga tushib olish ancha qiyin bo'ldi. Yulduzlarga qarshi o'ynash shunchaki ajoyib. O'sha bahsdan o'zim uchun juda ko'p narsa oldim.

- Klub matbuot xizmati qanday ishlaydi?

- Matbuot juda yaxshi ishlaydi. “Rostov”da ikki nafar matbuot kotibi va ikki nafar fotograf bor. Mashg'ulotlar va o'yinlardan to'liq fotogalereyalar rasmiy saytda taqdim etiladi. Bundan tashqari klubni va uning futbolchilarini reklama qilish bilan shug'ullanuvchi alohida xodim ham ishlaydi.

- “Rostov”ning bu mavsumdagi maqsadini aytdingiz. Eldor SHomurodovning bu mavsum uchun maqsadi qanday?

- Faqat bu mavsumni oladigan bo'lsak Rossiya chempionatiga tezroq ko'nikib ketish hamda “Rostov” safida imkon qadar ko'proq o'yin o'tkazish. Bir so'z bilan aytganda tajriba to'plash.


- SHu darajaga etishingizda kimlarga rahmat aytasiz?
- Barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman. Ota-onamdan boshlab, “Mashal” akademiyasi, “Mashal” asosiy jamoasi va “Bunyodkor”da kimlar bilan ishlagan bo'lsa barchaga rahmat aytaman. Hamma murabbiylarimga minnatdorchilik bildiraman.

- Sobiq klubingiz “Bunyodkor”ning natijalarini kuzatayapsizmi? Jamoa O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi...

- Ha albatta, “Bunyodkor”ning har bir uchrashuvi natijasini ko'rib boraman. Tomosha qilishga imkon bo'lsa o'yinlarini ko'raman. Jamoadagi deyarli barcha yigitlar bilan gaplashib turibman. O'zbekiston kubogi finalida “Bunyodkor”ga omad tilayman. Bundan tashqari oliy ligada ham ularga omad yor bo'lsin.

- “Rostov” safida o'zbek futboliga taaluqli futbolchilardan kimlarni tanishar ekan?

- Xabaringiz bo'lsa kerak, bir vaqtlar bu jamoada Andrey Akopyanc va Nikolay SHirshov kabi hamyurtlarimiz o'ynashgan. Ko'pchilik ularni yaxshi eslashar ekan. Aytgancha yaqinda Nikolay SHirshov bilan ko'rishdim. U O'zbekiston xalqiga salom aytdi. “Rostov” klubi yordamchi murabbiyi Dmitriy Kirichenko o'z vaqtida Sergey Ivanovich Lushan bilan birga o'ynagan va yaqin do'st ekan. Jamoadoshlarim orasida Vagiz Galiulin, Vitaliy Denisov bilan birga o'ynagan futbolchilar ham bor.

Narzulla Saydullaev  

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика