So’nggi yangiliklar

14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  0 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  25 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  6

⚽️ Intervyu. Eldor SHomurodov: "Yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yinimiz bo'lgani uchun SHveciyaning qaysi tarkib bilan tushishi muhim emas" Yangiliklar

⚽️ Intervyu. Eldor SHomurodov: "Yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yinimiz bo'lgani uchun SHveciyaning qaysi tarkib bilan tushishi muhim emas"

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov SHveciya poytaxti Stokgolm shahrida championat.asia saytiga intervyu berdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Stokgolmdagi "Friends Arena" o'yingohida SHveciya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 

Ayni paytda mamlakat poytaxtida bo'lib turgan saytimiz muxbiri Tolibjon Qosimov mazkur uchrashuv oldidan Eldor SHomurodov bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning malum qismini etiboringizga havola etamiz.  Suhbat jarayonida futbolchi Srechko Katanec, SHveciya bilan o'yin, "Roma" va Joze Mourino haqidagi savollarga batafsil javob berdi.

- Terma jamoa ixtiyoriga etib kelganingizga ko'p bo'lgani yo'q. SHunday ekan, ertangi bahsga qay darajada tayyorsiz?

- "Roma" bilan so'nggi uchrashuvdan so'ng ikki kun dam olish imkoni ham bo'ldi. SHveciya bilan kechadigan uchrashuvga har tomonlama tayyorman. Hozirda chempionatimiz davom etayotganligi bois futbolchilar yaxshi sport formasida. Terma jamoaga kelganda kayfiyat doim yuqori bo'ladi.

- Ko'pchilikning etiborini tortayotgan jihat – SHveciyaning iqlimi va havosidir. Nima deb o'ylaysiz, mashg'ulot o'tkazish, to'p tepish uchun ob-havo qulaymi?

- Ob-havo ajoyib. Bu er ko'proq Genuyaning havosiga o'xshar ekan. Rim biroz issiqroq. Futbol o'ynash uchun qulay. 

- Ertangi bahs shaxsan siz uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega? 

- Juda ham muhim. Yangi murabbiy qo'l ostida o'yinimizni shakllantirish uchun ham kerakli o'yin. 

- Srechko Katanecning bu boradagi fikri qanday? 

- O'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani uchun o'yin tomonlama o'zimizni ko'rsatishimiz lozim. CHunki natija ko'proq rasmiy uchrashuvlarda asqatadi. Birinchi navbatda o'yinimizni shakllantirib olishimiz darkor. 

- Ikki kundan beri mashg'ulotlarda ishtirok etib kelyapsiz. Srechko Katanecning mashg'ulotlarida yangilik bormi siz uchun? Oldingi murabbiylarda yo'q jihatlarni sezdingizmi?

- Eng yomon ko'rganim murabbiylarni taqqoslash. Lekin boshqa murabbiylarga nisbatan mashg'ulotlar intensiv o'tmoqda. 

- Srechko Katanec mashg'ulotlarda ayniqsa, hujum zonasidagi mashqlarda har bir xatodan so'ng to'xtatib o'zi o'rgatmoqda. Oldinlari bunday uslub futzalda Xose Mariya Mendes paytida bo'lardi. Sizning mazkur jarayonga munosabatingiz qanday?

- Futbolchilar uchun bu foydali, deb bilaman. O'yinda turli vaziyatlar yuzaga keladi. Bunda qanday yo'l tutish kerakligini murabbiy yaxshi biladi. Murabbiy ko'proq tushuntirsa, o'rgatsa, futbolchining ishonchi ortadi. 

- Sloveniyalik murabbiy boshchiligida terma jamoamizda qanday o'yin ko'ramiz? Himoyaviy yoki hujumkor?

- Hali to'liq fikr bildirish qiyin. Boisi mashg'ulotlarda ikki kun ishtirok etdim. Biroq kechagi mashg'ulotlarni olib qaraganda, hujumkor futbol ko'rsatamiz. Muxlislarga O'zbekiston hujumkor o'ynasa yoqadi. Kuchli jamoalarga qarshi himoyaviy o'ynash kerak bo'ladi. Himoyasiz futbol o'ynash qiyin. 

- SHveciya bir necha kun oldin rasmiy o'yinda Ispaniyani mag'lub etdi. Qaysidir manoda O'zbekiston bilan o'yinda etakchilarga dam berishi ham mumkin. Bu bizning foydamizga ishlaydimi yoki zararimizga? Mahorati yuqori bo'lgan futbolchilarga qarshi o'ynash foydaliroq bo'ladi, nazarimizda...

- Yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yinimiz bo'lgani uchun raqibning qanday tarkib bilan maydonga tushishi muhim emas. O'ylashimcha, SHveciyaning ikki tarkibida ham yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Birinchi navbatda, futbolchilar murabbiyning ko'rsatmalarini tushunib olishi zarur. SHundoq ham terma jamoada ko'p bo'lmaymiz. Asosiysi, Katanecning yangi taktikasiga ko'nikib olishimiz.



Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика