So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Intervyu. Dostonbek Hamdamov: Lushan, terma jamoa va Eldor SHomurodov haqida Yangiliklar

Intervyu. Dostonbek Hamdamov: Lushan, terma jamoa va Eldor SHomurodov haqida

“Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov uchun birinchi davra omadli keldi desak yanglishmaymiz.

Sababi Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan futbolchi birinchi davrada o'z klubi safida 9ta gol urib to'purar bo'ldi. Biroq “Bunyodkor” klubi uchun mavsumning birinchi yarmi oldingilaridan ko'ra juda omadsiz keldi. Sababi jamoa ko'plab o'yinlarda imkoniyatni boy berdi. Oqibatda Sergey Lushan istefoga chiqdi. Bugungi kunda uning o'rniga kelgan Mirjalol Qosimov vaziyatni o'nglashga urinmoqda. Biz Hamdamov bilan suhbatimizni aynan birinchi davra haqidagi savol bilan boshlashga qaror qildik.

- Birinchi davra haqida qanday fikrdasiz?

- Birinchi davra “Bunyodkor” uchun omadsiz kelganini barcha ko'rib turibdi. Har yili "Bunyodkor" OCHL pley-off bahsidan so'ng negadir o'yinimiz qovushmaydi. Buning sababini aniq bilmayman. Lekin statistika shuni ko'rsatmoqda. Fevral oyidagi o'yinda juda yuqori saviyada o'ynaymiz, g'alaba qozonamiz, lekin keyin negadir pasayish bo'ladi. Bir qator muhim bahslarda kerakli ochkolarni boy berib qo'ydik va natijada o'zimizga yarashmagan.


- Birinchi davrada oliy ligadagi qaysi jamoalar sizni qoyil qoldirdi?
- Ko'plab jamoalarning o'yinlari yoqdi. Hech kim kutmagan natijalar ko'p qayd etildi. Ammo ular orasida Samarqandning "Dinamo" klubini alohida takidlashni istardim. Bu jamoa bizga qarshi o'yinda juda ham yaxshi va sifatli o'yin ko'rsatdi. Yosh futbolchilarga ega bo'lgan “Dinamo” bir nechta chiroyli g'alabalarni ham qo'lga kiritdi.

- “Dinamo” safida “Bunyodkor”ga tegishli bo'lgan Javohir Qahramonov o'ynaydi. Uning imkoniyatlariga qanday baho berasiz?

- Uni juda yaxshi taniyman. Javohir yaxshi saviyadagi futbolchi sanaladi. Qizig'i aynan u “Bunyodkor” bilan o'yinda bizga gol urib ketgandi (kuladi).  

- Qaysi o'yin yoki o'yinlar “Bunyodkor” uchun eng omadsizi bo'ldi?

- Ko'p bahslarda omadimiz kelmadi. Agar bittasini aytish kerak bo'lsa Toshkentda Navoiyning “Qizilqum” klubi bilan o'yin. O'sha bahsda umuman o'yinimiz chiqmadi. Gol o'tkazib yubordik va yakunda o'z maydonimizda mag'lub bo'ldik.

- Sergey Lushanga nima etishmadi yoki qaerda xato qildi deb o'ylaysiz?

- Menimcha Sergey Ivanovich katta xato qilmagan. U futbolchilarga qo'lidan kelganicha ko'rsatma berdi, mashg'ulotlarda ham tinim bilmay ishlardik. Maydonda murabbiy emas futbolchi o'ynaydi. SHu bois mag'lubiyatlarda asosiy ayb futbolchilarda deb o'ylayman.

- Mirjalol Qosimov jamoaga kelgach nimalar o'zgardi?

- Bilasiz har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi, taktikasi va ko'rsatmalari bo'ladi. Lushan va Qosimov turlicha murabbiylar hisoblanishadi. Ularning o'yin falsafalari turlicha. Mashg'ulotlarda va o'yinimizda o'zgarishlar yuzaga keldi.


- Qosimov jamoada raqobat yo'qligini aytdi. Bunga qo'shilasizmi?
Murabbiy shunday dedimi demak bu to'g'ri. Barcha futbolchilar asosiy tarkibga kirish uchun mashg'ulotlarda astoyidil ishlashadi.

- “Bunyodkor” hozirgacha 13ta gol urdi shundan 9tasi sizning hisobingizga yozildi. Hujumchi bo'lmay turib bunga qanday erishdingiz?

- Har qanday futbolchi, u hujumchi bo'ladimi yoki yarim himoyachimi avvalo g'alaba qozonish hamda gol urishga urinadi. Ko'p gol urishimda jamoadoshlarimning ham xissasi katta deb hisoblayman. Butun jamoa hujum qiladi, shunchaki yakunlovchi pallada ko'proq men paydo bo'ldim. Ko'p narsa omadga ham bog'liq.

- Ayni paytda “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmaev to'purar bo'lib turibdi. Yil oxirida to'purar bo'lish imkoniyatingiz qanday?

- Albatta to'purar bo'lish uchun oxirigacha kurashamiz. Mavsum oldidan o'z oldimga aynan to'purar bo'lish maqsadini qo'ygandim. SHu sari intilaman. Bundan tashqari qancha ko'p gol ursam jamoaga ham shuncha foyda bo'ladi.

- Dostonbek Hamdamov xorijga ketishga qachon tayyor bo'ladi?

- Bir tomondan tayyorman ham deb o'ylayman, boshqa tomondan tayyormasman ham deb o'ylayman. Hozirga qadar menga hech qanday taklif bo'lmadi. Balki boshqa jamoalar klubga taklif bilan chiqishgandir, unisidan xabarim yo'q. O'smirlar va olimpiya terma jamoalari safida Evropa jamoalariga qarshi o'ynaganmiz. Ular bilan ham o'ynasa bo'ladi. SHu bois kuchli ligalarda ham o'ynay olaman deb o'ylayman.

- Ikkinchi davrada jamoa o'z oldiga qanday maqsadlar qo'yadi?

- Jamoa mavsum oldidan ham, yangi rahbariyat kelganidan keyin ham vazifa o'zgarmadi. Yani chempionlik sari intilish va kubokni qo'lga kiritish bosh maqsadimiz. Hali oldinda ikkinchi davra o'yinlari bor. Yozda tarkibimiz kuchayishi haqida gap so'zlar bo'lmoqda, demak hali imkoniyatimiz bor.  

- Nima deb o'ylaysiz muxlislarni yana stadionga qaytarish uchun nimalar qilish kerak sizningcha?

- CHiroyli o'yin ko'rsatib, ularga maqul keladigan hujumkor harakat qilishimiz hamda g'alabalarga erishish lozim. SHu orqali muxlislar yana stadionga qaytishlari mumkin.

- O'zbekiston milliy terma jamoasining ko'plab yig'inlarida ishtirok etdingiz. Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Imkoniyat saqlanib qolgan, barchasi o'z qo'limizda. Faqat g'alaba sari intilish kerak. O'zbekiston xalqi shuni kutmoqda. Oldindagi ikki o'yinda g'olib chiqsak albatta Rossiyaga boramiz.


- Hamdamovni qachon terma jamoa asosiy tarkibda ko'ramiz?
- Barchasi murabbiyga bog'liq. Terma jamoada o'ynashni har bir futbolchi o'ynashni istaydi. Demak men hozir boshqalarga raqobatda yutqazayapman. Nima ham qilardim klubdagi o'yinlarim orqali yanada kuchayishga va terma jamoaga loyiq ekanligimni ko'rsatishga urinaman. Raqobat bo'lgani yaxshi.

- Eldor SHomurodov sizning yaqin do'stingiz. Unga nima bo'ldi? Qosimov ham uning o'yini qoniqarsiz deb aytdi, bu mavsum oliy ligada umuman gol ura olmadi. Yoki shaxsiy hayotida nimadir muammo bormi?

- SHaxsiy hayotida hech qanday muammolar yo'q. Menimcha u charchagan. Sababi klubga qisqa muddatli dam berilganida u milliy termaga ketadi, tinimsiz yig'inlar va o'yinlar charchatgan bo'lishi mumkin. Bu mening fikrim xolos. “Bunyodkor” safida gol ura olmayotganiga kelsak shunchaki maydonda omadi kelmayapti. Har qanday futbolchida bunday davr bo'ladi.  

- Suhbat so'nggida yana nimalar deyishni istardingiz?

- Barchani hayit ayyomi bilan tabriklayman. Oilalariga baxt va totuvlik tilayman. Terma jamoamiz va “Bunyodkor” klubi ishtirokidagi o'yinlarda stadionga kelib qo'llab-turishlarini so'rab qolaman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика