So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

Intervyu. Doston Hamdamov: “Singapurning eng xavfli nuqtasi - hujum” Yangiliklar

Intervyu. Doston Hamdamov: “Singapurning eng xavfli nuqtasi - hujum”

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha poytaxtimizdagi “Jar” stadionida Singapurga qarshi so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotini olib bordi.

Mashg'ulotlar yakunlangach Doston Hamdamov bilan bo'lajak o'yin haqida suhbatlashdik. 

- Terma jamoa azolarini murabbiylarning ko'rsatmalarini quvnoq kayfiyatda bajarishga intilayotganini nima bilan izohlash mumkin?

- Umuman olganda buni kayfiyat yaxshiligi bilan bog'lash o'rinli bo'ladi. Yaman bilan o'yinni esdan chiqarib, oldinda kutayotgan Singapurga qarshi tayyorlandik. 


- Keyingi turda qo'lga kiritilgan uch ochko orqali imkoniyatlarimizni yaxshilab olish ehtimoli mavjud. Demak bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Futbolchilarda bosim yo'qmi? 

- Nasib qilsa vatanmizga g'alaba bilan qaytishga va xalqimizni xursand etishga harakat qilamiz. Muvaffaqiyat uchun bor kuchimizni ishga solamiz.



- O'z o'yiningiz haqida nima deya olasiz? Boisi Ektor Kuper davrida qanotlarda yakkalanib qolardingiz, endi esa keng maydon bo'ylab harakatlanyapsiz...

- Har bir murabbiyning o'ziga yarasha taktikasi va falasafasi bor. Berilayotgan ko'rsatmalarni mukammal tarzda bajarayotganimiz uchun o'yinmiz chiqyapti. Boshqa gap yo'q. Jamoa qay darajada ahil va inoq bo'lsa, g'alabalar soni ko'p bo'ladi. 


- Singapurning eng xavfli nuqtasi qaysi deb o'ylaysiz?

- Menimcha oldingi chiziq. Ular to'pni yo'qotgan zahotiyoq kuchli pressinga o'tishadi. Munosib va jiddiy qarshilik ko'rsatishadi deb o'ylayman. Ikki terma ham uch ochko uchun maydonga tushadi. 



Abdulaziz suhbatlashdi   


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика