So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  8 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Intervyu. Doniyor Narzullaev: "Terma jamoaga munosibligimni isbotlashim kerak" Yangiliklar

Intervyu. Doniyor Narzullaev: "Terma jamoaga munosibligimni isbotlashim kerak"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi joriy mavsumda ham ajoyib o'yin ko'rsatgan holda barqarorlikni saqlab qolishni uddasidan chiqmoqda.

O'tgan davr mobaynida jamoa sifatida shakllanishga ulgurgan va bu ishni bugungi kunda ham davom ettirayotgan "Metallurg"ning natijalari ham yildan-yilga yaxshi ko'rinish olib boryapti. Jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlarda futbolchilar ham katta hissa qo'shmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Deylik, SHahzod Ubaydullaev, Evgeniy CHumak va boshqalar. Bugungi suhbatdoshimiz Doniyor Narzullaev ham o'zining faol harakatlari bilan bosh murabbiy Andrey SHipilovning ishonchini qozonmoqda. Ayni vaqtda u jamoasining eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi. Yaqinda ushbu futbolchini suhbatga chorlab bir qator savollar bilan yuzlandik.

-  Hech kimga sir emas, avvalgi yillar davomida Qarshining "Nasaf" jamoasi sharafini munosib himoya qildingiz. SHu jamoa orqali muxlislarga tanildingiz. Klubni tark etishingizni asosiy sabablaridan biri nima? Qaroringizni Ro'ziqul Berdiev qanday qabul qildi?

- "Nasaf" jamoasi bilan o'rtadagi shartnomam tugagan edi. Qishda boshqa jamoalardan takliflar bo'ldi. Yakunda shu qarorga keldim. Murabbiyimiz buni to'g'ri tushundi.  

- "Metallurg"ni tanlashingizga turtki bo'lgan omil nima?

- Yangi jamoada o'zimni sinab ko'rish istagi tug'ildi. Bu jamoa mana uchinchi yildirki barqaror o'yin ko'rsatmoqda. "Metallurg"ga tezda moslashib ketdim. 

- "Nasaf"dan ketib nima yo'qotdingiz? "Metallurg"da o'zingiz uchun nima kashf qildingiz?

- "Nasaf"ni tark etib hech narsa yo'qotmadim. SHunchaki faoliyatimni boshqa jamoada davom ettirishni xohladim. "Nasaf" hamisha yuragimda qoladi. "Metallurg"da murabbiyimiz meni ko'proq hujumda o'ynatmoqda. Ularni ishonchini oqlashga harakat qilaman. 

- Avvalgi yillarda "Nasaf" tarkibida "Metallurg"ga qarshi ko'p bor maydonga chiqqansiz. Xo'sh klubga kelib o'zingiz guvoh bo'lgan narsalar, o'zgarishlar, taassurotlar qanday bo'ldi?

- Men ko'rgan oldingi yillarga qaraganda ish yaxshi va proffessional tarzda yo'lga qo'yilgan. Mashg'ulotlarda barcha sharoitlar yaratib berilgan. 


- Joriy mavsumda "Metallurg" tarkibida ajoyib  ko'rsatkich qayd etmoqdasiz. Ko'p uchrashuvlarda jamoaning hujumi siz orqali rivojlanmoqda. Ko'plab gollarga assistentltik qilmoqdasiz. Bu moslashish va murabbiyning falsafasini uslubini tezda tushunib olganingizdan dalolat beradimi?

- Bunday natijalarga erishishimda murabbiylar shtabi va jamoamiz tarkibidagi barcha futbolchilarnin o'rni katta. Andrey SHipilov ishonch bildirgan holda menga maydonda erkin o'ynash huquqini berdi. O'zimga berilga imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmoqdaman. 

-  Aksariyat ishqibozlar sizni terma jamoaning navbatdagi yig'iniga jalb etilishingizni kutishgan edi. Baribir ko'pchilik futbolchilar terma jamoa libosida maydonga tushishni istashadi va shunga yarasha mehnat qilishadi. Bu borada o'zingizdan qanday kechinmalar o'tdi?

- Milliy terma jamoa bu millatning yuzi. To'g'ri aytdingiz milliy terma jamoa libosida maydonga tushish har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. SHu qatori men ham terma jamoamizda to'p tepishni istayman. Lekin, fikrimcha bunga hali erta. O'z ustimda ko'proq ishlashim kerak. Terma jamoaga munosib ekanligimni muxlislarga o'z o'yinlarim orqali isbotlashim kerak.

- "Metallurg"ni mavsum yakunida sovrindorlar qatorida ko'rishimiz mumkinmi? Jamoa asta-sekin bunga yaqinlashmoqda. Ikki yil mavsumni beshinchi o'rinda tugatdi. Jamoa yildan-yilga shakllanmoqda...

- Maqsadimiz avvalgi mavsumdagi natijani yanada yaxshilash. Xudo xohlasa shu tempda davom etsak albatta sovrinli o'rinlardan birini egallaymiz. Buni sensaciyaga qiyoslash noo'rin. CHunki, murabbiylar shtabi qattiq mehnat qilmoqda.


 

- Galdagi savol siz uchun faoliyatingizda muhim ahamiyat kasb etadigan Xitoydagi Osiyo chempionati haqida. Bilishimizga qaraganda o'yindan oldin qalin qor yoqqani sababli bahs boshqa kunga qoldirilishi mumkin bo'lgan ekan...

- Uchrashuv komissari maydon holatini ko'zdan kechirib o'ynasa bo'ladi degandi. G'alaba qozonib xalqimizga xursandchilik ulashgan edik. Ha, Vetnam finalga qadar raqiblarini penaltilar seriyasida mag'lub etib kelayotgan edi. Lekin, Ravshan Haydarov bunga ko'p ham urg'u bermaganlar. O'zlaringni o'yinlaringni o'ynanglar degandilar. 

- O'zbekiston Yaponiya va Koreya kabi termalarni yirik hisobda taslim qilgan edi. Menimcha o'shanda ular o'rtaga olimpiyada yo'llanmasi qo'yilmagani uchun bu qadar kuchsiz harakat qilgandi. Bu yilgi Osiyo chempionatida esa Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya umuman boshqacha harakat qildi...

- O'shanda ular bizga yirik hisobda taslim bo'lganiga qaramasdan o'yin bobida yaxshigina qarshilik ko'rsata olishgandi. Bu safar esa o'rtaga olimpiyada yo'llanmasi tikilgani uchun bor kuchlarini tashashdi va haqli ravishda olimpiyadaga yo'llanma olishdi. Bizning yigitlarda musobaqa davomida bosim katta bo'ldi. Bu o'yinda ham bilindi. 

- Demak, "qor jangi"dagi chempionlik tasodif tufayli qo'lga kiritildi?

- Finaldagi g'alabani tasodifga qiyoslash butun jamoani mehnatini yo'qqa chiqarishdek gap degani.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика