So’nggi yangiliklar

10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  1 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  1 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  2 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  16 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  3 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  7 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  4 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  6 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  4 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  2

Intervyu. Dani Alves: “O'ylagan narsamni gapiraman” Yangiliklar

Intervyu. Dani Alves: “O'ylagan narsamni gapiraman”

Teglar :  Dani AlvesBarselona
32 yoshli braziliyalik himoyachi Daniel Alves “Barselona” tarkibida ishonchli harakatlari bilan muxlislar mehrini qozongan.

“FIFA.com”ga bergan intervyusida u Braziliyada futbolni rivojlantirish, ilk klubi, hozirgi muvaffaqiyatlari va boshqa masalalar xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Dani, 13 yildan beri Ispaniyada yashaysiz. Bu ko'chish sizga shaxs sifatida qanday tasir ko'rsatdi? Braziliyadan eng farqli jihat deb nimani ko'rasiz?
- SHubhasiz, tasiri katta bo'lgan. Evropada o'smirlikdan katta hayotga o'tishga to'g'ri kelgan. Bu erda shaxs va futbolchi sifatida o'sib borishga tajriba uchun imkoniyat bo'lgan. O'shanda to'g'ri qarorga kelganman deb o'ylayman. Braziliya bilan solishtirsak, eng katta farq odamlarda. U erda tribunalarda ishonib bo'lmas darajada holat yuzaga keladi. Ispaniyada esa omma o'zini boshqacha tutadi, ular hissiyotni ko'rsatishda o'zlarini ancha bosishadi. Ular ancha xotirjam. Bunga ko'nikasan, chunki sevimli ish bilan shug'ullanib, ortiqcha narsalarga etibor bermaysan.


- Braziliyalik futbolchilar juda erta boshqa mamlakatlarga ko'chib o'tishadi. Bu yaxshimi yoki yomon?
- Yomon. Albatta, oilasini taminlash maqsadida shunday yo'l tutiladi. Hozir Braziliyada oddiy bo'lmagan vaziyat hukm surmoqda. Futbol klublarida yosh iqtidorlarni ushlab qolishga imkoniyat etmaydi. Ular yaxshiroq va faoliyatini davom ettirish uchun qulay joylarni qidirishadi.

- SHu sababli Braziliya va Argentinada avvalgi o'n yillikka nisbatan kamroq yuqori saviyadagi futbolchilar etishib chiqayotganiga qo'shilasizmi?
- Qisman. Terma jamoalar mamlakat futbolni ifoda etadi. Braziliya va Argentina yutuqlari tufayli hurmatga sazovor. Lekin futbol joyida turmaydi, u rivojlanib boradi va biz bu taraqqiyotdan ortda qoldik. Biz eng yuqori saviyada raqobatbardoshlikni saqlash uchun harakat qilamiz. O'yinchilar jahonning eng kuchli chempionatlarida paydo bo'lishmoqda. Terma jamoani doimo yuqori cho'qqida ko'rishni istagan bo'lardik.

- Braziliya va o'smirlik paytingizga qaytamiz. Mashhur bo'lishni xohlagansiz. Rostdan ham bolaligingizdan dastxat berishni mashq qilganmisiz?
- Ha! O'zimni musiqa yoki futbolga bag'ishlashimni bilgandim. Har ikki holda ham dastxat berishimga to'g'ri kelardi. Lekin shunday muvaffaqiyatlarga erishishni o'ylamagandim – buyuk klub va Braziliya terma jamoasi futbolchisi bo'lishni. Bolalikda kamroq narsalarni orzu qilgandim. Asl holat esa kutganimdan ham oshib ketdi.


- Mashhurlikning salbiy taraflari ham bormi?
- Albatta. Futbolni o'rab turgan narsalar yoqmaydi. Sportni yoqtiraman, biroq u “sariq matbuot” tomonidan haddan tashqari etibor bilan kuzatiladi. Bu o'yinga zarar etkazadi. Doimo kimningdir nazari ostida turamiz. Avval qiziqish maydonda ro'y berayotgan narsalarga qaratilardi. Hozir uning atrofiga ko'chib chiqilgan.

- Bunga faol qarshidek taassurot uyg'otasiz. Nega?
- CHunki yuzaga kelgan holatda ozroq charchadim. Men futbol va maydondagi o'yinchilar haqida ko'proq gapirishlarini istardim. Futbolchilar o'zlari topayotgan maoshni qanday oqlayotgani, qanday yashayotgani, maydonga tushish uchun qanday kurashayotgani, aynan maydonda kurash olib borishlarini takidlashlari lozim. Biroq o'z fikringni aytayotganda norozilar topiladi. CHunki odamlar faqat maqtovni eshitishga ko'nikkan, tanqidni emas. Biroq bu shaxsiy fikrim, tushunyapsizmi? Menga baribir: menda aniq fikr bo'lsa, uni aytaman. SHundan keyin menga yaxshi yoki yomon munosabatda bo'lishlari muhim emas. Men erkin odamman va fikrlarimni bildiraman.


- Unda futbolga bog'liq savolga o'tamiz. Siz o'ynayotgan hozirgi “Barselona” eng kuchli deb hisoblaysizmi?
- Oxirgi 5-6 yilda shunchaki ajoyib jamoani ko'ryapmiz. Odamlar bunday saviyani saqlab qolmasligimizni takidlashgan bir paytda biz qaytamiz va uni yana namoyish qilamiz. Bu har bir o'yinchi orzu qilishi mumkin bo'lgan futboldagi barqarorlik saviyasidir. Biz g'alabalarni kollekciya qilamiz, cho'qqida qolishga intilamiz. G'alabalarimiz garovi shunda. Navbatdagi raqib juda yaxshi tayyor ekani va bizdan ustun kelishi mumkinligini yaxshi tushunamiz, lekin bunday g'oliblik ruhiga boshqa jamoani ko'rmayman. Bu ishonib bo'lmas holat. Futbolning haqiqiy muxlislari uchun “Barsa” hayratlanishga sababdir.

 - Diqqat markazda odatda Messi, Suares va Neymar bo'ladi. Buyuk futbolchilar qatorida Dani Alves qaysi o'rinni band etadi?
- Kameralar faqat bazi o'yinchilarga ular rostdan buyuk bo'lgani uchun qaratiladi. Lekin takrorlayman, futbol faqat hujumdan iborat emas, u – jamoaviy o'yin. Masalan, sherigim Xaver Maskerano oxirgi jahon chempionatini ajoyib o'tkazdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchilari qatoridan o'rin olishga haqli edi. U ampluasi bo'yicha buzuvchi va matbuot uni shuning uchun tilga olmaydi. Men maydonda doim mendan kutishayotgan va sheriklarimga zarur narsalarni amalga oshirishga harakat qilaman. Men to'liq manoda jamoaviy futbolchiman. Bunday munosabat “Barsa” futbolchilarida mujassam. G'alabalarimiz sababi shunda. SHuncha yulduzni bir jamoada birlashtirish oson emas. Ularning oddiy bo'lib qolishi ham oson emas. Hozirgi kunda jamoamiz barchaning hurmatiga sazovor bo'lishi sababi shu.


- “Barsa”dan keyin faoliyatingizni qaerda davom ettirasiz?
- O'z vaqtida faoliyatimni o'zim boshlagan “Baiya”da tugatishga vada berganman. Ular menga o'shanda futbol hayotiga yo'llanma berganiga minnatdorchilik bildirishni shu tariqa maqsad qilganman. Bu men va klub uchun foydali bo'lgan holda faoliyatimning yakuniy qismini o'sha erda o'tkazaman. Yaxshi holatda bo'lib, kutayotganlarni aldashni istamayman. Bunday variant barchani qoniqtirib, menga faoliyatimni “Baiya”da tugatishga yordam beradi deb umid qilaman.
Men musiqa, moda va sayohatga qiziqaman. Ulardan birini hayotga olib kirishning o'zi ajoyib, uchalasi bo'lsa yana yaxshi. Ular meni ilhomlantiradi, men yoqtirgan narsam bilan shug'ullanaman xolos. O'zimni kelajakda futbolda ko'rmayman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика