So’nggi yangiliklar

11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  5 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  9 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Intervyu. Bahodir Qo'chqorov: "Bir kun kelib Ermatov bilan birga kitob yozamiz" Yangiliklar

Intervyu. Bahodir Qo'chqorov: "Bir kun kelib Ermatov bilan birga kitob yozamiz"

11 sentyabr kungi O'zbekiston - Eron uchrashuvida qirg'izistonlik hakamlar faoliyat olib borishdi.

Mazkur o'yinda o'zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo'lgan Bahodir Qo'chqorov ham qanot hakami sifatida ishladi. JARda o'tgan JCH-2010 va Braziliyada o'tga JCH-2014da Ravshan Ermatov brigadasida faoliyat olib borgan Qo'chqorovning Toshkentga kelganidan foydalanib u bilan suhbatlashdik.  

- Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Hamon hakamlik faoliyatini davom ettirayapman. Qirg'izistonda milliy chempionatda ishlayapman. Bundan tashqari Osh shahridagi futbol maktabining direktoriman. SHuning bilan birga Oshda futbol akademiyasida hakamlarni o'qitish guruhi ochilgan. Uch yildan buyon hakamlarga dars berayapman. Har 8 oyda hakamlar ushbu o'qishni bitirishadi. Hozirgi kunda ikki nafar shogirdim Ismoil Tolibjonov va Husan Jumaboev FIFA assistenti hisoblanadi.



- O'g'lingiz futbolchi ekanidan xabarimiz bor...

- To'g'ri. Bir necha yil davomida futbolga qatnashdi va yoshlar terma jamoasiga qabul qilingandi. Biroq yozda Ravshan Ermatov Issiqko'lga borganidan so'ng o'z fikrini o'zgartirib 17 yoshda hakamlik faoliyatini boshladi. Hakamlik maktabini tugatdi va hozirda birinchi, ikkinchi liga va bolalar futbolida hakamlik qilmoqda.

- FIFA hakamlarning yoshiga qo'ygan cheklovni olib tashlaganmi?

- Ha. Masalan men 48 yoshdaman, yaqinda 49ga to'laman. Oldinlari Jahon chempionatida ishlaydigan hakamlarning yoshi 45dan past bo'lishi kerak edi. Bugungi kunda ham OFK xalqaro o'yinlarni ishoni topshirishmoqda. Bir hafta oldin Malayziyada "Suzuki Kubogi" musobaqasida hakamlik qildik shogirdlar bilan. Undan oldin Livanda ishladik. Biz professionalmiz, shu bois OFK qaysi o'yinni topshirsa o'sha bahsda ishlayveramiz.

- Rossiyada o'tgan mundialda Ravshan Ermatov boshqargan o'yinlarni ko'rganingiz aniq. Sizning fikringiz qanday?

- Ermatov bu yilgi Jahon chempionatda eng qiyin o'yinda ishladi. Bekorga FIFA uni aynan mana shu o'yinlarga tayinlamadi. Ravshan bu uchrashuvlarda munosib ishladi. Ravshan Ermatov Jahon chempionatida 11ta o'yinda ishlab qo'ydi. Bu tarixda qoldi. Yaqin orada uning natijasini kimdir yangilay olarmikin? Bilmadim. Bir kun kelib Ermatov bilan birga o'tirib kitob yozamiz. O'sha kitobda barchasini bayon qilamiz. Qanchalik qiyinchiliklardan o'tganimiz haqida yozamiz. Qolgan hakamlar xafa bo'lishmasinu Ravshan erishgan natijaga hech kim yaqin 20-30 yilda erishmasa kerak. Abduhamidillo Rasulovning jarohat olishi esa bu taqdir. Futbol va jarohatlar chambarchas bog'liq.



- Siz JCH-2010da Rafael Ilyasov birga ishlagansiz. Ayni paytda u Rossiyada yashamoqda. U bilan aloqa saqlanib qolganmi?

- Albatta. Bugungi kunda Rafael Qozonda yashamoqda. Birinchi ligada hakamlik qilmoqda. Bilasizmi futbol qoidasi barcha joyda bir xil. Yaxshi oshpaz bo'lsa, yaxshi kosib bo'lsa unga istalgan joyda talab bo'ladi. Ilyasov ham tajribali hakam, shu bois unday yigit ishsiz qolmasligi aniq edi.

- Qirg'iziston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogiga chiqdi. Muxlislar terma jamoadan qanday natija kutishmoqda?

- Kuni kecha o'z maydonimizda Falastin bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Bosh murabbiy Aleksandr Krestinin Falastin bilan bahsga legionerlarni chaqirmagandi. Bugun Suriya bilan o'ynaymiz (suhbat 10 sentyabr kuni bo'lgan). Bu uchrashuvda esa legionerlar ishtirok etishadi. Qirg'iziston o'z tarixida birinchi bor Osiyo Kubogiga chiqdi. Demak oldinga siljish bor. Lekin bugungi kunda yoshlarda "pijonlik" ko'payib ketdi. Qirg'iziston terma jamoasida pul uchun o'ynash kerak emas, vatan uchun maydonda borini berish kerak. Mayli yutqazsin, lekin o'sha o'yindan keyin muxlislar olqishlab kuzatib qo'yishsin. SHaxsan o'zim Rossiyaga borib, mundial bahslarini stadionlardan ko'rdim. Rossiya terma jamoasi chorak finalda yutqazdi, lekin muxlislar futbolchilarni xalq qahramoni sifatida qo'llarida ko'tarib yurishibdi. Qirg'iziston terma jamoasi yangi tarix yaratishiga ishonaman. Qirg'izistonlik hakam Jahon chempionatida ishladi, endi terma jamoa chiqishi kerak. Murabbiylar xorij davlatlarida ishlashlari lozim, futbolchilar ham legioner sifatida o'ynashlari kerak. Bitta joyda o'ynayverish kerak emas.



- Faoliyatingizda shu kungacha ishlagan eng muhim o'yin qaysi?

- Hayotimda hech qachon yodimdan chiqmaydigan o'yin Yoxannesburg shahrida bo'lib o'tgan. JCH-2010 ochilish uchrashuvi, JAR va Meksika o'rtasidagi bahs. 1997 yil 26 may kuni faoliyatimdagi birinchi uchrashuvimni "Paxtakor" stadionida o'tkazganman. O'zbekiston va Kambodja o'rtasidagi o'yin men uchun debyut bo'lgan. Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin gol urganini bilaman, nazoratchi kim bo'lgani ham yodimda. Bu voqeaga ham darrov 21 yil bo'libdi.

- Yozda Ravshan Ermatov tatilni Issiqko'lda o'tkazgani haqida o'qidik. Siz ham dam olgani Toshkentga kelib turasizmi?

- 2006 yildan buyon Ravshan Ermatovning oilasi bilan yaqinmiz. Toshkentga kelsam mehonxonaga bormayman, yoki Ravshan yoki Abduhamidulloning uyida qolaman. Har yili yozda Issiqko'lga boradi. Oilaviy bordi keldi hakamlik tugaganidan keyin ham bo'ladi. Sababi Ermatov bilan birga qadrdonga aylanib ketganmiz. Aka-ukachiligimizga ko'z tegmasin. O'g'lim hakamlik qilayapti dedim. Toshkentga kelib Ravshanni uyida bir hafta yotib, malakasini oshirib ketadi. O'sh-Toshkent reysi ochiladi deyishmoqda. Ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona aloqalar yanada mustahkamlanmoqda. Qirg'iziston va O'zbekiston xalqlari aka-uka. Xudo xohlasa, birinchi O'zbekiston Jahon chempionatiga boradi, undan keyin Qirg'iziston ham mundialga chiqadi.



- Tajribali qanot hakami sifatida VAR tizimiga munosabatingiz qanday?

- VAR tizimi shaxsiy fikrim bo'yicha boshida bunga qarshi edim. Keyinchalik Rossiyadagi mundialga borganimda kerak narsa ekanligini tushunib etdim. Faqat muhim vaziyatlarda, yani ushbu tizim o'yin paytidagi 3ta vaziyatni (gol urilgan vaziyat, penalti belgilangan holat va kartochkani to'g'ri berish) tekshirish uchun ishlatilsa futbolda xatolar maksimal darajada kamayadi.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика