

Tadbirda qirg'izistonlik FIFA referisi Bahodir Qo'chqorov xalqaro faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilindi. Qo'chqorov Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan maxsus sovg'a bilan taqdirlandi.

Bahodir Qo'chqorov hakamlik faoliyatini 1997 yilda boshlagan. Uning birinchi xalqaro uchrashuvi O'zbekiston hamda Kambodja yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi JCH saralash o'yini bo'lgan. Qo'chqorov Ravshan Ermatov brigadasi bilan 2010 va 2014 yillardagi JCHda 9ta uchrashuvni boshqargan.
