So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  0 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  0 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  0 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  25

Intervyu. Azamat Abduraimov: “Yosh futbolchilarni chempionlik xarakterida tarbiyalashimiz lozim” Yangiliklar

Intervyu. Azamat Abduraimov: “Yosh futbolchilarni chempionlik xarakterida tarbiyalashimiz lozim”

Ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan “CHig'atoy” maydonida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Osiyo chempionati final bosqichi keyingi yil Bahraynda bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada yuqori o'rinlarni egallash va mundial chiptasiga ega chiqish terma jamoani asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu borada bosh murabbiyning fikrlarini bilish maqsadida Azamat Abduraimov bilan suhbatlashdik.

- Dastlab yaqinda boshlangan tayyorgarlik haqida, ushbu yig'inni tashkil qilishdan maqsad nima edi?

- Osiyo chempionatiga chiqqandan keyingi, asosiy jamoa uchun ilk yig'in hisoblanadi.Ushbu yig'in davomida 2 yil ichida qilgan ishlarimizni tahlil qilishni maqsad qilganmiz. Biz minimal vazifani bajardik. Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l olishga muvaffaq bo'ldik. Bu juda muhim edi, chunik ikki yil oldin o'smirlar terma jamoasi saralashda qolib ketgandi. Endi jamoamiz oldiga yanada yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. Jahon chempionatiga chiqishni, medallarni qo'lga kiritishni istaymiz. Albatta, oson bo'lmasligini bilamiz. SHuning uchun, kelgusi yilgi rejalarni to'g'ri tayyorlashimiz va bolalarni jiddiy muosabaqaga har tomonlama hozirlashimiz zarur. Buning uchun futbolchilarni chempionlik xarakteri ostida tarbiyalashimiz kerak. Annaga ko'ra, dekabr oyining so'ngi kunlarida Qozog'istonga safar uyushtiramiz. U erda mamlakat akademiyasi terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz.

- Hali katta jamoada debyut qilmagan, etarlicha tajribaga ega bo'lmagan futbolchilarning harakatidan qay darajada qoniqish hosil qilyapsiz?

- Bizda do'stona jamoa shakllangan. Futbolchilarda harakter bor. Moskvadagi xalqaro turnirda ikkinchi o'rinni egallaganimizdan so'ng shogirdlarimning o'z kuchiga, qobilyatiga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Endi ular Evropaning eng yaxshi jamoalarini ham mag'lub eta olishimizni bilishadi, his qilishadi. So'ngi ikki yil ichida yigitlarning o'yin va maxorat jihatdan o'sganliklarini ko'rdim. 14-15 yosh o'tish davri hisoblanadi, turli holatlar bo'lishi tabiiy. Ammo, terma jamoani o'zagini deyarli aniqlab olganmiz.

- Yurtimiz iqtidorlar makoni. Iqtidorli futbolchilar bisyor. Faqat ularga etibor qaratilishi lozim. Siz aytgan yoshdagi o'yinchilar minglab, millionlab topiladi. SHunday ekan, selekciya jarayoni davom etyaptimi?

- Albatta. Selekciya ishlarini to'xtatganimiz yo'q. Noyabr va dekabr oylarida ikki bor 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan yig'in tashkil qildik. Konstituciya kuniga bag'ishlab o'tkazilgan turnirda qatnashdik va birinchi o'rinni egalladik. Bu terma jamoada asosiy jamoaga tortadigan va raqobatlasha oladigan o'yinchilar bor. Umuman olganda menda ular ijobiy taassurot qoldirdi deya olaman.



- Tan olamiz, o'smirlar terma jamoamiz xalqaro turnirlar, musobaqalarda yaxshi natijalar qayd etmoqda. Biroq, barcha ko'rdiki jamoa saralash bahslarida ancha qiynaldi. Ko'pchilikda etirozlar ham tug'ildi...

- Avval ham aytganman. Ikki yil oldin Osiyo chempionati final bosiqiga chiqa olmagandik. Yakunda uchinchi savatchadan o'rin oldik. Saralash o'yinlari shuni ko'rsatdiki, oldimizda turgan vazifani bajarish biz uchun qiyin kechdi. 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ruhiyat masalasi birinchi o'rinda turadi. Ularda bosim bor edi, boz ustiga xalqaro tajriba ham etarlicha emasdi. Hamma bizdan g'alaba kutardi. Bunday bosim bilan maydonga chiqish oson emasdi. Sodda qilib aytganda, natija uchun o'ynadik.

- Oldindagi rejalar haqida malumot bera olasizmi? O'tgan yil boshida terma jamoa deyarli hech qanday yig'in tashkil qilmagandi. Yoz oyi o'rtalariga kelibgina, 2019 yil hisobidan ilk xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi...

- Keyingi yil associaciya rahbarlari tayyorgarlik ko'rishimiz uchun mutlaqo boshqacha yondashuv bo'lishini, etibor yanada kuchaytirilishini takidlashdi. Bundan buyon har oyda yig'in o'tkazamiz, o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Yanvar oyida xalqaro muosabaqa doirasida Belarus, Belgiya va Finlyandiya bilan o'ynaymiz. Agarda tayyorgarlikni maromida olib borsak, Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnasha olamiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика