So’nggi yangiliklar

18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  1 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  1 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  4 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  4

Intervyu. Abror Toshqo'ziev: "Metallurg" tarkibida muxlislar yana yangi nomlarni ko'rishadi" Yangiliklar

Intervyu. Abror Toshqo'ziev: "Metallurg" tarkibida muxlislar yana yangi nomlarni ko'rishadi"

Coca Cola Superligasining yangi mavsumiga qura tashlanganidan so'ng “Metallurg”ning o'tgan yilgi mavsumi birinchi goli muallifi Abror Toshqo'ziev bilan klub matbuot xizmati kichik intervyu tashkil qildi.

Abror mana yangi mavsumga qura tashlandi. Ilk turdagi raqiblar malum. "Metallurg" birinchi uchrashuvni safarda “Surxon”ga qarshi o'tkazadi. Taassurotlar qanday?

-  Qura jarayonini intizorlik bilan kutgandik. CHunki, qura amalda yangi mavsumni boshlab beradi-da: kimga qarshi, qachon o'ynashing kerakligini bilib olasan. Bu yil ham ikki mavsum avvalgidek chempionatni “Surxon”ga qarshi boshlarkanmiz. Qura jarayonidayoq 2019 yilgi Termizda bo'lib o'tgan o'yin yodimizga keldi. O'shanda Superligada debyutini o'tkazayotgan klubga qarshi ancha qiyin o'yin bo'lgandi. Maydon egalari tezkor gol kiritib, rejalarimizni chalkashtirib yuborgan, o'yin oxiriga kelgandagina mag'lubiyatdan qutilib qolgandik. Endi bu yil o'sha xatolarni takrorlamaymiz. Ilk o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va albatta muxlislarimizni xursand etamiz deb o'ylayman.

- Jamoa  2020 yilgi mavsumni ham safarda boshlagan edi va AGMK jamoasi darvozasiga kiritgan golingiz “Metallurg”ga bir ochko olib bergandi. Bu yil qanday bo'ladi?

-  Imkon berilsa, maydon tushsam, albatta o'tgan yilgi muvaffaqiyatni takrorlashga harakat qilaman. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, biz doimo g'alaba uchun o'ynaymiz. 

-  Muxlislar sizning maydonga qaytishingizni kutishmoqda. Davolanish jarayoni yakunlandimi?

-  Ha, Xudoga shukur, hammasi ortda qoldi. Jarrohlik amaliyoti ko'ngildagidek bo'ldi. Individual tarzda shug'ullanishni boshladim. Yana bir haftalardan keyin jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qo'shilaman. Umid qilamanki, chempionatning dastlabki uchrashuvlarigacha jismoniy formamni tiklab olaman.

-  O'tgan mavsum “Metallurg”ning asosiy tarkibi ettinchi o'rinni egallagandi. Yoshlar jamoasi esa mamlakat birinchiligining g'olibi bo'lishgandi. Bu yilgi rejalar qanday?

-  “Metallurg” so'nggi yillarda barqaror futbol namoyish etib, muxlislarimizni xursand etib kelmoqda. Ketma ket ikki mavsum 5-o'rinni egalladik. O'tgan yilgi natijamizdan ham ishqibozlarimiz qanoatlanishdi, deb o'ylayman. Bu yilgi maqsad va rejalarimiz avvalgi mavsumlardagi muvaffaqiyatni takrorlash, undan past natijani ko'rsatmaslik bo'ladi. Asosiy tarkib bir qator tajribali futbolchilar bilan kuchaytirildi. Rossiya terma jamoasida o'ynagan Evgeniy Makeev safimizga qo'shildi. O'zbekiston terma jamoasi hujum chizig'ida to'p surgan, sobiq jamoadoshimiz SHahzodbek Nurmatov qadrdon klubiga qaytdi. Yana bir hujumchi Ivan Nagaev ham o'z vaqtida “Metallurg”da porlab, kuchli klublar etiboriga tushgandi. Muxlislarimiz tarkibimizda yana bir qator yangi nomlarni ko'rishadi. Xullas, tayyorgarlik avjida. CHempionatning boshlanishini sabrsizlik bilan kutamiz. Yoshlar jamoamiz esa o'tgan mavsum plankani juda yuqori ko'tarishdi. Natijaga erishishdan, uni saqlab qolish qiyin deyishadi. Bu mavsum yoshlarimizga oson bo'lmaydi. Ammo har qanday vazifani bajarish jamoaning o'ziga bog'liq.

-  Abror, biz ham muxlislar nomidan sizning tezroq safga qaytishingizni tilab qolamiz. “Metallurg” esa yangi mavsumda ham grand jamoalarning “kushandasi”ga aylanishini, hujumkor, mazmunli o'yinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor bo'lishini istaymiz.

-  Rahmat, aytganingiz kelsin. Biz albatta Bekobod shahri ahlini, O'zbekiston metallurgiya kombinati ishchi va xizmatchilarini, shuningdek, ko'p ming sonli Toshkent viloyati futbol ishqibozlarini xursand etish yo'lida bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика