So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  4 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

“Inter”ning kuchayishiga yordam beradigan 6 transfer Yangiliklar

“Inter”ning kuchayishiga yordam beradigan 6 transfer

Xo'sh, yangi mavsum “neradzurri” kuchli jamoa bo'lishida kimlar unga yordam berishi mumkin?

Mana yoz ham keldi. Ko'plab Evropa grandlari jiddiy xaridlarga qo'l urish payida turibdi. Bazilari esa klubiga mashhur "yulduz"larni taklif qilishga ham ulgurdi. “Inter” – dunyoning eng etiborga loyiq klublaridan biri. U hozirda tarkibini kuchaytirishga muhtoj bo'lib turibdi. Ehtimol, klub yangi bosh murabbiyi Antonio Konte yozda “neradzurri” safiga kelib qo'shiladan o'yinchilar ro'yxatini tuzib chiqqandir. Bugun Milan klubiga uchun ideal bo'lgan nomzodlar bilan tanishib chiqamiz.

Aleksis Sanches

Muvaffaqiyatsiz o'tgan ikki mavsum Sanchesning faoliyati oxirlab qolgan degan to'xtamga kelishga majbur qilmoqda. Ammo chililik yangi mamlakatda o'ziga bo'lgan ishonchni qaytara olishiga kichik bo'lsa-da, umid bor.

“Yunayted” Sanchesni juda katta summaga xarid qilganida, APL tarixidagi eng omadsiz transferlardan birini amalga oshirgan edi. Xo'sh, endi kimdir unga ikkinchi bor imkon berishga jurat qila olarmikan? Yo'q. SHu sababli, undan qutilish uchun yagona imkon — uni ikki yillik ijara huquqlari asosida “Inter”ga berish.

Xuan Mata

U futboldagi eng yoqimtoy inson bo'lsa kerak. Mata maydonda ham, maydon tashqarisida ham juda ko'plab foydali ishlar qilgan. Uning “Yunayted”dagi faoliyati o'z nihoyasiga etgan ko'rinadi. 31 yoshli futbolchi yangi shartnoma imzolashga harakat qilayotgani yo'q.

O'zi u bilan shartnoma imzolagandan bir mano bormikan? Kim bilsin?! U endi futbol elitasi vakili emas, lekin “Inter” ham “Real” emas-da... Italiyaliklar Matega bir necha yillik shartnoma taklif qilishlari mumkin.

Jerom va Kevin-Prins Boatenglar

“Inter”ning yuqoridagi rahbarlari ikki transfer — Jerom va Kevin-Prins Boatenglarni klubga olib kelishga umid qilishmoqda. Bittasini sotib olsang, ikkinchisi tekin deganlaridek, ular birgalikda shu jamoaga kelishlari mumkin. Kafolatlangan muvaffaqiyat.

Ammo hammasi ham biz aytganchalik oson emas. Ularning nimaga erishishini oldindan aytish qiyin. Kevin-Prins Boateng Italiyaning “Milan” klubi safida o'ynab ko'rgan. SHu sababli, unda adaptaciya jarayoni bo'yicha muammolar bo'lmasa kerak. Qolaversa, yomon o'yinchi emas. Axir “Barselona”da faoliyat yuritadi-ku?! Uning ukasi ham iqtidorli o'yinchi, lekin u haqida oldindan bir nima deyish qiyin.

Villian

Ko'pchilik jamoalar uni o'z safiga olishni istaydi. Lekin bugungi kunda u “CHelsi”ning asosiy tarkib o'yinchisi emas. SHunday ekan, “Inter”ga borishning ayni vaqti. Italiyaliklar 32 yoshli yarim himoyachi uchun yaxshigina summa taklif qilishgan. Futbolchi bundan faqat xursand bo'lsa ajabmas.

Garet Beyl

U ECHLda dodimizni berib, Maykonning faoliyatiga "nuqta qo'ygani" yodingizdami?

Evropaning har bir klubi, “Real” va “Barsa”dan tashqari, Beylni olishni istaydi. Biroq bitta muammo – hech kim bunga o'zida jurat topa olmayapti. Uning "Qirollik klubi" yana 3 yillik shartnomasi bor. “Real” esa uelslikni osonlikcha qo'yib yuborish niyatida emas. Ammo ikki yillik ijara mobaynida haftasiga 350 ming funt to'lpb, uni o'z safiga qo'shib olishlari mumkin. Bu ham yaxshi variant.

Filippe Koutino

Bazi sabablarga ko'ra, "Inter" muxlislari sevimli klublari futbolchilarning faoliyatini "qaytadan boshlashga" ko'maklasha oladi deb hisoblashadi. Lekin Koutino bilan buning butkul aksi bo'lgan edi. U erda braziliyalik o'yinlarni asosan chetdan kuzatib o'tirdi. Keyin esa “Liverpul” paydo bo'lib, uni haqiqiy yulduzga aylantirib yubordi.

Bugungi kunda ko'pchilik u haqida yana salbiy fikrlar bildirmoqda, ayniqsa “Barselona” muxlislari! Katta ehtimol bilan uni yaqin kunlarda ijaraga berib yuborishsa kerak. Balki u o'sha tanish shahriga qaytar?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика