So’nggi yangiliklar

11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  0 11:18Каннаваро: "Янги ўйинчилар иштирок этаётган Дубайдаги йиғин қизғин ўтмоқда"  2 10:40Мемфис Депай БАА клублари эътиборида  1 10:20Дани Алвес профессионал футболга қайтиши мумкин  2 09:55Сардор Раҳмонов фаолиятини Тошкент клубида давом эттиради  3 09:35Санжар Қувватов: "Ҳозир натижа учун ўйнайдиган эмас, захирани ўйлаб иш қиладиган пайт"  2 09:10Бугун футбол. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнам билан ўйнайди  2 08:50Ироқ чемпионати. Мурод Бобожоновдан дебют гол, Қосимов ҳам майдонни қуруқ тарк этмади  5 08:25Абубакир Шукуруллаев: "Бунчалик тез имконият беришади деб ўйламаган эдим"  2 08:00"Металлург" тайёргарликни бошлади. Таркибда янги футболчилар бор  6 00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  5 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  4 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  2

"Inter"ning kamida ikkita golida Pike aybdor Yangiliklar

"Inter"ning kamida ikkita golida Pike aybdor

Pike istalgan markaziy himoyachini zaxira o'rindig'iga o'tqizib qo'yishga vada bergandi.

Ammo uning yakunlash vaqti kelgan ko'rinadi.


Xalqaro o'yinlar tanaffusi paytida "Barsa" ikki eng kuchli markaziy himoyachilardan ayrildi – Arauxo va Kunde terma jamoalarda jarohat oldi. Natijada kataloniyaliklar safida CHempionlar Ligasi o'yinida Xavi mavsum oralig'ida xayrlashishni istagan – uzoq muddatli sardor va jamoa etakchisi Jerar Pike asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Jerar Pike o'ziga nihoyatda ishonib, "Barselona"ning asosiy tarkibida maydonga tushish niyatida ekanligini aytgan edi.

"Agar sizda jasorat bo'lsa, "Barsa"ga dunyoning eng yaxshi himoyachisini olib keling. U o'rinbosar bo'ladi", – degandi Pike Laporta bilan suhbatda.

Himoyachilar olib kelindi, natijada Pike tarkibdan joy olish uchun 5-shaxsga aylandi, biroq imkoniyat berilgach, omadsizlikka yuz tutdi.

Birinchidan, birinchi gol bilan bo'lgan epizodda u Barella tomon jarima maydonchasiga ketayotgan to'pni o'tkazib yubordi va hatto "ishonchli tarzda" qo'llarini yoyib, qolgan himoyachilarni bo'shashtirdi.



Bunisi mayli – uzatma paytiga etibor bering – Jerar shunchaki ofsaydda uxlab qoldi – agar u vaqtida bir-ikki qadam oldinga o'tganida "Inter"ning ikki futbolchisi ham o'yindan tashqari holatda qolardi, gol esa hisoblanmasdi.

 


Hujumda baland bo'yli himoyachidan xavf yo'q edi, ammo himoyada u o'yinning eng muhim pallasida jamoasiga pand berdi, o'sha vaqtda Levandovski hisobni tenglashtirdi va butun jamoa uchinchi – g'alaba golini urish uchun yugurdi.

Qarang, Pike darvozabon (!!!) Onanadan uzatmani qabul qilib, jarima maydonchasiga yaqinlashib, Gozensni golli uzatma bilan taminlagan Lautaroni qanday o'tkazib yubordi.



Aytish joizki, "Barsa" o'tkazib yuborgan uchta gol ham jamoa faxriylarining xatolaridan so'ng sodir bo'ldi – ikkinchi gol urilgan epizodda Serxio Busketsning uzatmasi to'g'ri Xakan CHalxanogluga borib tushdi, keyin turkiyalik futbolchi Lautaro Martines tomona uzun pasni amalga oshirdi. Hujumchi birgabir vaziyatda Garsiyani aldadi va darvozani chiroyli tarzda nishonga oldi.


ECHL. Dramatik kechgan bahsda "Barselona" "Inter" bilan durang o'ynadi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика