"Inter"ning asosiy futbolchilaridan biri jamoani tark etadi
22 iyu 2019 10:28
Yangiliklar


"Inter"ning asosiy futbolchilaridan biri jamoani tark etadi
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartiradi.
Klub bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchiga futbolchiga uni keyingi mavsumdagi rejalariga kiritmaganligini aytgan.
Qayd etish kerakki, Perishich faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. "Qizil iblislar" futbolchiga 2017 yozida ham qiziqish bildirishgan.
Futbolchiga manchesterliklardan tashqari "Arsenal" hamda "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Xorvatiyalik futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar