"Inter"ga "Napoli" etakchisi kerak
04 dek 2019 20:13
Yangiliklar


"Inter"ga "Napoli" etakchisi kerak
"Inter" "Napoli" futbolchisi Dris Mertensning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Het Nieuwsblad" xabariga ko'ra, Milan klubi futbolchi bilan kelasi yilning yozida, yani, uning klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin o'z safiga qo'shib olmoqchi. Uning transferini Antonio Kontening o'zi istamoqda. U "CHelsi"daligida ham Mertens bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rgandi.
"Napoli" ham o'z futbolchisini saqlab qolishga urinmoqda. Biroq Xitoy klublari anchagina yaxshi maosh taklif qilayotganliklari uchun Dres "Napoli" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Ushbu mavsumda 32 yoshli Mentens "Napoli" tarkibida barcha turnirlarda 18 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar