So’nggi yangiliklar

"Inter", "Yuventus" va "Tottenxem" "Jenoa" to'purariga davogar Yangiliklar

"Inter", "Yuventus" va "Tottenxem" "Jenoa" to'purariga davogar

"Neradzurri" poygada peshqadamlik qilmoqda.

"Jenoa" hujumchisi Albert Gudmundsson uchun "Inter", "Yuventus" va "Tottenxem" kurash olib boryapti. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.

Ayni paytda futbolchi uchun kurashda "neradzurri" etakchi bo'lib turibdi. "Qora-ko'klar" allaqachon "grifonlar" bilan bog'langan va yaqin kelajakda futbolchining agenti bilan uchrashmoqchi. Futbolchining transferi kamida 30 million evro bo'lishi kutilmoqda.

Islandiyalik futbolchi "Jenoa"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari sanaladi. 26 yoshli hujumchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
22 mar 11:32:38
Haqiqat-2
Ювега келса зур буларди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика