"Inter" yozgi transfer oynasida Pogbani sotib olmoqchi
24 noy 2018 16:50
Yangiliklar
"Inter" yozgi transfer oynasida Pogbani sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Malumotlarga ko'ra, Italiya klubi yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun yozda franciyalik futbolchini sotib olishga umid qilmoqda. Pogbani sotib olish g'oyasi "Yuventus" sobiq sport direktori, hozirda "Inter"da ishlayotgan Juzeppe Marottaga tegishli.
Agar transfer muvaffaqiyatsizlikka uchrasa "Inter" "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yoki "Real" xavbeki Luka Modrichni xarid qilishga urinib ko'radi.
Oldinroq, Pogba "Yuventus"ga qaytishga rozi bo'lgani elon qilingan edi.
Fikrlar