"Inter" yozdagi bosh transfer maqsadini belgilab oldi
30 may 2022 15:40
Yangiliklar


"Inter" yozdagi bosh transfer maqsadini belgilab oldi
"Inter" yozda "CHelsi" hujumchisi Romelu Lukakuni xarid qilmoqchi.
U tez orada A Seriyaga qaytishi mumkin.
Milanliklar belgiyalik hujumchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yubordi. O'yinchining o'tishiga shaxsan bosh murabbiy Simone Inzagi qiziqish bildirmoqda.
Lukaku 2021 yilning avgustidan beri "CHelsi"da o'ynaydi. U London klubiga "Inter"dan 113 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar