“Inter” Vertongen va Mertensni tekinga qo'lga kiritishi mumkin
19 fev 2020 23:46
Yangiliklar
“Inter” Vertongen va Mertensni tekinga qo'lga kiritishi mumkin
Milanning “Inter” klubi “Napoli” forvardi Dris Mertens va “Tottenhem” himoyachisi Yan Vertongen bilan shartnoma imzolashi mumkin, deya xabar bermoqda Calciomercato.
Milanliklar har ikkala futbolchi bilan mavsum tugagach, ular erkin agentga aylangach, shartnoma tuzishmoqchi. Ushbu holatda ular Italiya klubiga tekinga kelib qo'shilishadi.
Mertens “Napoli” bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. “Inter” futbolchiga xuddi “Napoli”dagi singari maosh taklif qilishi mumkin.
Vertongen esa katta ehtimol bilan mavsum yakunida “Tottenhem”ni tark etadi. London klubi unga yangi shartnoma taklif qilmagan.
Ayni paytda “Inter” Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi pog'onada bormoqda. Konte shogirdlari 24 uchrashuvda 54 ochko jamg'arishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar