“Inter” va “Roma”ning sobiq ustozi Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin
29 apr 2020 22:00
Yangiliklar


“Inter” va “Roma”ning sobiq ustozi Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin
Italiyalik 44 yoshli mutaxassis Andrea Stramachchoni Eron terma jamosi bosh murabbiyi bo'lish ehtimoli mavjud, deya xabar qiladi Janluka Di Marcio.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis hozirda Eron futbol federaciyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. U xorvatiyalik murabbiy Dragan Skochichning o'rnini egallashi mumkin. SHuningdek, ushbu lavozimga Albaniya milliy jamoasi sobiq ustozi Janni de Byazi ham davogar bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Stramachchonining so'nggi ish joyi Eronning “Istiqlol” (2019) jamoasi bo'lgan. U klubda atigi 2 oy ishladi va moliyaviy muammolar tufayli u erni tark etgan edi.
Eron JCH-2022 saralashi 2-raundining “C” guruhida 6 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
23:17
Eron kubogi. "Istiqlol" "Sanat Naft"ni mag'lub etib, finalga chiqdi, Masharipov zaxirada qoldirildi 4

Fikrlar